Har ikkisida ham miqdor teng. 65. Geograya fanidan savol: Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Kenya, Braziliya, Kongo. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?
Bu mamlakatlar ekvatorda joylashgan. 66. Kulgili savol: Tuyaga qushning tuxumini bostirsa nima bo’ladi?
Isrof bo’ladi. 67. Yuliy Sezar g’animlar o’qiy olmasligi uchun mahy maktublarini maxsus shrift bilan yozar edi. Mana maxsus shriftda yozilgan so’zga namuna: nblubd. Shriftni tushunganlar bu so’zni maktab deb o’qishgan. Namunaga diqqat bilan qarab aytingchi, mahfiy shriftning qoidasi nima edi?
Ushbu mahy shriftning qoidasi so’z yozishda har bir harfning o’zini emas, o’zidan keyin keladigan harfni yozish edi. 68. Topishmoq: Dengiz ham emas, yer ham emas. Unda kema ham suzmaydi, odam ham yurmaydi.
Botqoqlik 69. Bir podsho u bilan suhbatga kelgan kishilarni taxt oldidagi sherning ochiq og’ziga qarab gapirishni talab qilgan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, shoh nega shunday yo’l tutgan?
Shohning qulog’i og’ir bo’lgan. Sher unga rupоr vazifasini bajargan. 70. U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’i, u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. Bu qaysi qush?
Pingvin 71. Nurotada bu narsa juda ham ko’p. Bu narsaga quyidagicha nomlar ham qo’yilgan: Mastak, Zuli, Zulqor, Mozor, Begli, Tayla, Maston. Nurotadagi bu nomlar nima narsaga qo’yilgan?
Buloqlarga 72. Oddiy savol: Nimaning 5 ta barmog’I bor, tirnoqlari yo’q?
Qo’lqop 73. Sherlok Xolms va Doktor Vatson Londonning bir chekkasidagi qahvaxonaga kirishadi, chekkadagi stulga borib o’tirishadi. Xolms qahvaxona xo’jayiniga “Ilgari qahvaxonangizda to’s-to’polonlar bo’lib turarmidi?” – deb so’raydi. Xo’jayin og’zi ochilib buni qayerdan bildingiz deb so’raydi. Xolms buni qayerdan bilgan edi?
Xolms o’tirgan stulini surmoqchi bo’lganda uni polga qotirib tashlanganini bilgach, ko’p to’polonlarda stullari sinishidan to’ygan xo’jayinning stullarni yerga qotirib tashlaganini fahmlaydi. 74. Kulollar kattta-katta xumchalar yasaganda og’iz qismini qalinroq, tub qismini yupqaroq qilib tayyorlashadi. Savol: nega tub qismi yupqaroq qilinadi?
Xumchalar olovda ko’p toblanadi, og’iz qismi yorilib ketmasligi uchun qalinroq qilinadi.
75. Matematik boshqotirma. Qirg’oqqa 2 yosh bola va 1 katta odam kelishdi. Ular daryoning u betiga o’tibshlari kerak. Qirg’oqda 1 ta qayiq bo’lib u 2 yosh bolani yoki 1 odamni ko’tara oladi xolos. Ular o’ylab ko’rib buning yechimini topishdi. Siz ham yechim izlab ko’ring.