Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni:
Tuzihshi va fizik xossalari. Ko'p atomli spirtlar gomologik qatorining dastlabki vakillari etilenglikol (ikki atomli) va glitserin (uch atomli) bo'lib, ularda va boshqa ko'p atomli spirtlarda gidroksiguruh turli uglerod atomlarida joylashadi, bitta uglerod atomida birdaniga ikkita gidroksiguruh bo'lmaydi, chunki bunday birikma nihoyatda beqaror modda bo'ladi (faqat suvli eritmasida mavjud bo'luvchi karbonat kislota bilan solishtiring). Etilenglikol va glitserin - rangsiz, siropsimon suyuqlik, shirin ta'mga ega, suvda yaxshi eriydi. Etilenglikol zaharli, glitserin gigroskopik, zaharli emas, organizm tomonidan yengil o'zlashtiriladi:
Kimyoviy xossalari. Gidroksiguruh tutganligi uchun ko'p atomli spirtlarning xossalari bir atomli spirtlarnikiga o'xshash bo'ladiOrganik va mineral kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qiladi:
Nitroglitserin - og'ir moysimon suyuqlik, yengil silkinish ta'sirida, qizdirilganda portlaydi. Tibbiyotda va dinamit tayyorlashda ishlatiladi. Glitserinning karbon kislotalar bilan ta'sirlashuvidan m~rakkab efirlar hosil bo'ladi .Mis alkogolyatlari yorqin-moviy rangga ega bo'ladi. Ko'p atomli spirtlarning mis (II)-gidroksid bilan ta'sirlashuvi ularga sifat reaksiyasi bo'lib xizmat miladi.