Probirkaga 2-3 ml oqsil eritmasi quying va uning ustiga bir necha ml natriy gidroksid eritmasidan, so'ngra ozgina mis (Il)-sulfat eritmasidan qo'shing.
Ksantoprotein reaksiyasi
Probirkaga 2-3 ml oqsil eritmasi quyib, ustiga 0,5-1 ml konsentrlangan nitrat kislota eritmasidan qo'shing (bu ishni ehtiyotkorlik bilan bajaring).
Mustaqil xulosa uchun topshiriq Oziq-ovqat mahsulotlarida oqsil borligini qanday isbotlash mumkin?
Oqsillar bilan bajariladigan rangli reaksiya mohiyati nimadan iborat?
«Tolalar» namunalarini ko'rib, quyida keltirilgan chizmadan foydalanib tabiiy va sun'iy tolalar namunalari bilan tanishing. Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1. Qanday belgilariga ko'ra tabiiy tolalarni sun'iy tolalardan farqlash mumkin?
eritmalarining ta'sirini o'rganish Stakanga polietilen parchasi solib, ustiga ozgina suv quying.
Bir bo'lak polietilen naycha yoki (polietilen pardadan boshqa) polietilendan iborat narsani asbestlangan to'r ustiga qo'yib ehtiyotlik bilan qizdiring. Shisha tayoqcha yordamida polietilen buyumning shaklini o'zgartiring.