Fan : Kimyo. Sana



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə101/235
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#40876
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   235
9-sinf kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Ishlatilishi. Temir boshqa metallar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metalldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bog'liq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari hisoblanadigan - po'lat va cho'yandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida - qora metallar deb, boshqa metallardan ajratilgan. Po'lat va cho'yan bilan esa keyingi mavzuda tanishamiz.

Biologik ahamiyati. Temir biologik jihatdan eng muhim elementlardan bin hisoblanadi. Tirik tabiatda o'simliklar, hayvonlar organizmlarida uchraydi, ko'plab fermentlar tizimiga kiradi. Ba'zi oqsillar bilan birikmalari esa o'ta katta ahamiyatga ega. Masalan, inson va hayvonlar organizmida qonning roli qandayligi, uning funksiyalari bizga biologiya kursidan ma'him. Qonning kislorod tashiy olish qobiliyati undagi eritrotsit tanachalari bilan bog'liq. Shu eritrotsitlarning asosini temir ioni va globin oqsili tashkil etadi: gemoglobinning bir molekulasida to'rtta Fe+2 ioni bo'ladi.

Temir muskul to'qimasida 0,018 %, ilikda (0,03-3,8)-102 %, qonda 447 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 6-40 mg iste'mol qilinishi kerak. Zaharli miqdori 200 mg. O'ldiruvchi miqdori 7-35 g. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 4,2 g miqdorda bo'ladi.




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin