Probirkaga 2-3 ml oqsil eritmasi quying va uning ustiga bir necha ml natriy gidroksid eritmasidan, so'ngra ozgina mis (Il)-sulfat eritmasidan qo'shing.
Ksantoprotein reaksiyasi
Probirkaga 2-3 ml oqsil eritmasi quyib, ustiga 0,5-1 ml konsentrlangan nitrat kislota eritmasidan qo'shing (bu ishni ehtiyotkorlik bilan bajaring).
Mustaqil xulosa uchun topshiriq Oziq-ovqat mahsulotlarida oqsil borligini qanday isbotlash mumkin?
Oqsillar bilan bajariladigan rangli reaksiya mohiyati nimadan iborat?
20-laboratoriya ishi
Tabiiy va sun'iy tolalarning namunalari bilan tanishtirish
«Tolalar» namunalarini ko'rib, quyida keltirilgan chizmadan foydalanib tabiiy va sun'iy tolalar namunalari bilan tanishing. Mustaqil xulosa uchun topshiriq
1. Qanday belgilariga ko'ra tabiiy tolalarni sun'iy tolalardan farqlash mumkin?
Tabiiy 21-laboratoriya ishi
Polimerlar xossalarini: termoplastlikligini, ularga oksidlovchilar, ishqorlar, kislotalar
eritmalarining ta'sirini o'rganish Stakanga polietilen parchasi solib, ustiga ozgina suv quying.
Bir bo'lak polietilen naycha yoki (polietilen pardadan boshqa) polietilendan iborat narsani asbestlangan to'r ustiga qo'yib ehtiyotlik bilan qizdiring. Shisha tayoqcha yordamida polietilen buyumning shaklini o'zgartiring.
Qizdirilgan polietilen soviguncha kutib turing, so'ngra uning shaklini yana o'zgartiring.
Bir parcha polietilenni tigel qisqich yordamida alangaga tutib, uni kuydiring.
Mayda-mayda polietilen parchalaridan bir nechtasini: bromli suv quyilgan probirkaga;
kaliy permanganat eritmasi quyilgan probirkaga soling; ikkala probirkani ichidagi eritmasi bilan birga qizdiring.
Bir necha etilen parchalarini: kons. H,S04 quyilgan probirkaga;
kons. HN03 eritmasi bor probirkaga;
d) natriy gidroksidning suyultirilgan eritmasi bor probirkaga soling va uchchala probirkani qizdiring.