1. Nima uchun ko'k rang faqat birinchi probirkada paydo bo'ldi?
2. Kraxmalning gidrolizi
Probirkaga kraxmal kleysteridan 2 ml quying, unga 6 ml suv qo'shing va ehtiyotlik bilan 0,5-1 ml H2S04 eritmasidan tomizing. Aralashmani 5 minut davomida qaynating, so'ngra uni natriy gidroksid eritmasi bilan neytrallang va ozroq yangi tayyorlangan mis (Il)-gidroksid cho'kmasidan qo'shing. Probirkani yana qizdiring.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq Kraxmal H2S04 ishtirokida qizdirilganda, unda qanday hodisa sodir bo'ladi?
Sariq va qizil rangli cho'kmalar paydo bo'lishi nimalardan dalolat beradi?