Mustaqil xulosa uchun topshiriq Zangori rangli eritma nima? Ushbu tajriba nimani isbotlaydi? Nima uchun probirkadagi eritma qizdirilganda, avval sariq, so'ngra qizil cho'kma paydo bo'ladi? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
Probirkaga 4-5 ml suv quyib, ozgina kraxmal qo'shing va aralashmani chayqating. Hosil bo'lgan suspenziyani probirkadagi qaynab turgan suvga eritmani doimo chayqatib turib, oz- ozdan qo'shing. Hosil bo'lgan kleysterni 1:20 nisbatda sovuq suv bilan suyultiring va 2 ta probirkaga 3-5 ml dan quying. Bitta probirkaga esa kaliy yodid eritmasidan qo'shing.