Yog'larning eruvchanligi, ularning to'yinmaganligini isbotlash, yog'larning sovunlanishi
1. Yog'larning eruvchanligi
Bir probirkaga 2 ml benzin, ikkinchisiga suv, uchinchisiga etanol, to'rtinchisiga benzol, beshinchisiga esa tetraxlormetan quying. Hamma probirkalarga bir bo'lakdan yog' solib silkitib chayqating.
2. Yog'ning to'yinmaganligini isbotlash
Bir probirkaga 2 ml kungaboqar moyi, ikkinchisiga zig'ir moyi, uchinchisiga bir bo'lak qattiq hayvon yog'i soling. Probirkalarning hammasiga oz-ozdan bromli suv quying (uchinchi probirkani yog' suyuqlanguncha oldindan qizdirib oling).