Yangi mavzuni bayoni:
Qadim davrlardanoq insonlar xo'jaliklarida nafaqat mineral, balki o'simlik va hayvonlardan olinadigan moddalardan ham foydalanib kelishgan. Bu moddalar oziq-ovqat, kiyim-kechak va insoniyatning rivojlanib borishi jarayonida dori- darmon, bo'yoq, pardoz-andoz vositalari va boshqalarni tayyorlash uchun ishlatilib kelingan. Insonga o'simlik va hayvon mahsulotlari bo'lgan: qand, yog'-moy, efir moylari, bo'yovchi va kayfiyatni o'zgartiruvchi moddalar qadim davrlardan ma'lum. Barcha sanab o'tilgan moddalar faqat o'simlik va hayvon hayotiy faoliyati yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari bo'lib, shuning asosida «organik moddalar» tushunchasi pay do bo'lgan va ularni o'rganuvchi bo'lim organik kimyo deb atala boshlagan.
Olimlar orasida uzoq vaqtlar organizmlar hayotiy faoliyatidan ajratib olingan moddalarning tuzilishini aniqlash va sintez qilish imkoni yo'qligi, organik moddalar alohida «hayotiy kuch» orqali vujudga keladi (vitalistik ta'limot; "vis vitalis"- hayotiy kuch) degan xato fikr shakllanib qoldi. Lekin, keyinchalik bu xato fikrdan voz kechishga majbur qiluvchi dalillar olina boshlandi.
Insonga dastlab ma'lum bo'lgan organik moddalar: sirka, vino, shakar, efir moylari, bo'yoqlar.
Organik birikmalar tarkibiga kiruvchi elementlar: uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt.
Dastlab organik moddalardan - oksalat kislota va mochevina sintezlangan (nemis olimi F.Veler, 1824-1828).
Anilin sintezi (rus olimi N.N.Zinin, 1832).
Sirka kislotasi sintezi (nemis olimi G.Kolbe va ingliz olimi Franklend, 1848).
Sun'iy yog'simon modda sintezi (fransuz olimi M.Bertlo, 1854).
Shakarsimon modda sintezi (rus olimi A.M.Butlerov, 1861).
Organik birikmalar tuzilishiga ko'ra zanjirii: to'yingan CnH2n+2 (uglerod o'zidan tashqari to'rtta boshqa atomlar bilan bog' hosil qilgan), to'yinmagan qo'shbog'li CnH,n (ikki uglerod atomi orasida qo'shbog' bor >C=C<) va to'yinmagan uchbog'li CnH,n(ikki uglerod atomi orasida uchbog' bor -C=C-) hamda halqali: to'yingan C H, to'yinmagan, aromatik uglevodorodlarga bo'linadi.
Hozirgi vaqtda o'simlik va hay von organizmlarida uchrovchi ko'plab moddalar (vitamin, gormon, bo'yoqlar) hamda tirik tabiatda uchramaydigan moddalar (sun'iy va sintetik tolalar, sintetik kauchuk, plastmassalar, qishloq xo'jaligi zararkunan- dalariga qarshi kurashish vositalari, antibiotiklar, dori-darmonlar va b.) sintez qilib olingan.
Dostları ilə paylaş: |