Fan : Kimyo. Sana


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə196/235
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#40876
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   235
9-sinf kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: 

Davriy qonun kashf qilingunga qadar moddalar va ular orasidagi o'zaro tabiiy bog'liqlik Al Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, M.V.Lomonosov, I.Debereyner, L.Meyer, U.Odling, J.Nyulends, J.Dyuma, A.Shankurtua kabi ensiklopedist olimlar tomonidan turli usullar bilan izohlashga harakat qilinganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.

Davriy qonun tabiatda mavjud bo'lgan kimyoviy elementlar orasida o'zaro tabiiy bog'lanish mavjudligini ilmiy jihatdan asoslab beruvchi umumiy qonun ekanligi bilan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.

1869-yilda D.I.Mendeleyev tomonidan davriy qonun ta'riflangan vaqtda 63 ta kimyoviy element mavjud edi.

Hozirgi kunda ma'lum bo'lgan 109 ta kimyoviy elementning 46 tasi davriy sistema qonuniyatlari asosida kashf qilingan.

Kimyoviy bog'lanishlar, valentlik, elektromanfiylik, oksidlanish darajalari kabi fundamental tushunchalami ta'riflash va asoslab berish uchun ham davriy qonunning ahamiyati cheksizdir.

Davriy qonundan kelib chiqadigan bir qator tushunchalar moddalarning tuzilishi haqidagi tasavvurlarimizni nihoyatda kengaytirdi, fizika, fizikkimyo, geokimyo, geologiya, mineralogiya, kosmokimyo, yadro fizikasi kabi fanlarning rivojlanishiga asos bo'ldi.

Davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasining ahamiyatini atroflicha tushunib yetish uchun atom tuzilishiga doir zamonaviy bilimlarga tayangan holda mustaqil masala va mashqlar yechish talab etiladi.

Namunaviy misol:

Tashqi elektron qavati a) 2s2, b) 3s2, d) 4s2 bilan ifodalanuvchi elementlami elektron konfiguratsiyasini yozib, ular qaysi elementlar ekanligini aniqlang. Yechish: kimyoviy elementlar davriy sistemasiga asoslangan holda yuqorida keltirilgan barcha elementlar 2-guruh elementlari ekanligini bilib olamiz. Tashqi elektron qavati 2s2 bo'lgan element Be, 3s2 bo'lgan element Mg, 4s2 bo'lgan element esa Ca dir.

Ularning elektron konfiguratsiyasi quyidagicha ifodalanadi:

Be Is2 2s2; Mg Is2 2s2 2p6 3s2; Ca Is2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s2.




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin