Yangi mavzuni mustahkamlash :
Probirkaga bor yoki marmardan bir necha bo'lak soling va suyultirilgan xlorid kislotadan ozgina quying.
Probirka og'zini gaz o'tkazgich nayli tiqin bilan berkiting.
Nayning uchini 2-3 ml ohakli suv quyilgan probirkaga tushiring va sodir bo'layotgan hodisani kuzating.
Gaz o'tkazgich nayni distillangan suv quyilgan eritmaga tushiring. Gazning distillangan suvdan o'tishi 1-2 minut davom etsin. Nayni chiqarib olib, olingan eritmaga 1 necha tomchi ko'k lakmus eritmasidan tomizing.
Probirkaga suyultirilgan o'yuvchi natriy eritmasidan 2-3 ml quying va unga bir necha tomchi fenolftalein qo'shing. So'ngra eritma orqali gaz o'tkazing.
10 g tuproq namunasidan olib, suv bilan aralashtiring. Aralashmani filtrlab, probirkaga quying:
tuproqdan 2-3 g probirkaga soling va ustiga suyultirilgan xlorid kislota quying. Nima kuzatiladi?
yuqorida olingan filtratga kumush nitratdan ozgina quying. Hosil bo'lgan oq rangli cho'kmani filtrlab oling.
Cho'kmani ikkiga bo'lib, 1-qismiga ammiak yoki suyultirilgan xlorid kislota quying, 2- qismini qizdiring. Nima kuzatiladi?
Topshiriqlar:
Yuqorida bajarilgan tajribalardagi barcha reaksiyalar tenglamalarini yozing.
Bajarilgan tajribalar yuzasidan xulosa tayyorlang.
Dostları ilə paylaş: |