Fan : Kimyo. Sana


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə66/235
tarix02.01.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#40876
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   235
9-sinf kimyo konspekt [uzsmart.uz]

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism:1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: Davriy sistemadagi 118 elementning 97 tasi metallardir. I, II, III guruhning barcha elementlari (H va B dan tashqari) metallar. IV guruh bosh guruhchasida C va Si dan tashqari barcha elementlar metallar. V guruh bosh guruhchasida ikkita metall Sb va Bi. VI guruh bosh guruhchasida bitta metall Po. IV, V, VI, VII, VIII guruhlarning yonaki guruhchalarida barcha elementlari metallardir. Qadim zamonlarda odamlar yettita metallni bilishgan: oltin, kumush, mis, temir, qalay, qo'rg'oshin, simob. Hozirgi kunda turmushni metal larsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, o'nlab metallar va qotishmalar xalq xo'jaligining barcha sohalarini qamrab olgan. Og'ir yuklarni tashuvchi va yengil mashinalar, qishloq xo'jaligi mashinalaii, teplovoz, paravoz, samolyotlardan tortib oddiy igna, mix, ruchka va hokazolar barchasi metallardan yasalgan yoki asosiy qismini metallar tashkil qiladi. Temir, mis, rux, nikel, kobalt, aluminiy, magniy, volfram, molibden, tantal, titan, niobiy kabi metallar va po'lat, cho'yan, babbit, duraluminiy, nixrom singaii qotishmalar katta amaliy ahamiyatga egadir. Olinishi. Metallami birikmalaridan ajratib olish bilan metallurgiya shug'ullanadi. Metallurgiyaning asosiy vazifalari metallami bhikmalaridan qaytarish va metallami boshqa moddalardan ajratishdan iborat. Metallami birikmalardan olish uchun turli usullar qo'llaniladi. Sanoatda metallami olish usullarining barchasi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan bo'lib, hozirgi kunda quyidagi usullardan foydalaniladi: Pirometallurgik usullar. Gidrometallurgik usullar. Elektrotermik usullar.

Pirometallurgik usullarda metallami olish yuqori haroratlarda metall birikmalarini bevosita termik ishlovdan o'tkazishga (passiv metallami olish) yoki uglerod, uglerod (Il)-oksid, aluminiy, kremniy yoki vodorod yordamida metall oksidlarini qaytarishga asoslangan. Bu usullar yordamida po'lat va cho'yan olinadi. Gidrometallurgik usullarda metallar olish ularning birikmalarini eritmaga o'tkazib, yuqori haroratlarsiz, elektroliz yordamida yoki boshqa metallar ta'sir ettirib qaytarishga asoslangan: CuO + H2S04 CuS04 + H20 CuS04 + Fe FeS04 + Cuj Bu usullar yordamida oltin, kumush, rux, uran va boshqa metallar olinadi. Elektrotermik usullarda metallami olish oksidlar, gidroksidlar, tuzlar suyuqlanmalaiini elektroliz qilishga asoslangan: Na+ + e -»■ Na Ca+2 + 2e Ca Al+3 + 3e A1 Ishlatilishi. Metallar xalq xo'jaligining barcha sohalarida ishlatiladi. Inson hayotiy faoliyati uchun foydalanish darajasi bo'yicha metallar oldingi o'rinlarda turadi. 8-rasmda oddiy yoritish lampochkasida ishlatiladigan metallar ko'rsatilgan. Ishlatilish sohasiga qarab, metallar shartli ravishda qora va rangli metallarga bo'lingan. Qora metallar - temir va uni qayta ishlashning asosiy mahsulotlari cho'yan va po'latlardir. Rangli metallar - temirdan boshqa metallar va ularni qayta ishlangan mahsulotlaridir. Rangli metallar temir zichligiga (7874 kg/m3) nisbatan zichligining katta va kichikligiga qarab: Yengil metallar (litiy, natriy, kaliy, kalsiy, aluminiy, magniy, titan, rux, surma va b.). Og'ir metallar (texnetsiy, kadmiy, nikel, simob, qalay, qo'rg'oshin, mis, kobalt va b.). Tashqi ta'sirlarga chidamli va zargarlik, ziynat buyumlari tayyorlash uchun ishlatilishiga qarab: • Nodir metallar (kumush, oltin, platina, radiy, palladiy va b.). Tabiatda kam tarqalgani (siyrak-yer elementlari), boshqa metallardan keskin farqlanuvchi ayrim xossalariga (yarim o'tkazuvchanligi, radioaktivligi, yuqori haroratda suyuqlanishiga) qarab: • Noyob metallar (aktinoidlar, lantanoidlar, molibden, volfram, vanadiy, niobiy, tantal, radiy, toriy va b.). kabi tiplarga bo'linadi. Indiy va kumush numi yaxshi aks ettirganligi uchun projektor va reflektorlar tayyorlashda ishlatiladi. Qadimgi vaqtlarda asl metallar: oltin va kumush hamda misdan to'lov vositalari bo'lgan pul birliklari tayyorlanib, turmushda ishlatilgan. O'zbekistonda hozirgi kunda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan. Oltin zaxiralari bo'yicha O'zbekiston dunyoda 4-o'rinda turadi. Oltin konlari Qizilqumdagi Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balkantov, Aristontov, To'rboy va boshqa yerlarda joylashgan. Kumush konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, O'qjetpes, Kosmonachi; Namangan viloyatidagi Oqtepada joylashgan. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati eng yirik korxonalardan biri bo'lib, Qalmoqqir konida qazib chiqarilgan ruda asosida ishlaydi va rangli metallar ishlab chiqaradi. Shuningdek O'zbekistonda Au, Ag, Cu, Re, Mo, Pb, Zn, W, Cd, Ni, Os, V, Sc, Te, Se kabi ko'plab metallar konlari mavjud.




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin