2️
⃣
. Boshqaruv paneli (Панель управления) va boshqaruv konsoli (Консоль
управления)larga tegishli elementlarini ishga tushirish buyruqlari:
• compmgmt.msc — buyrug‘i kompyuterni boshqarish elementlari (tizim yordamchi
dasturlari)ni taqdim etuvchi oynani ochadi. Ularning barchasini alohida
ochish ham
mumkin, albatta, biroq kimgadir aynan shunday interfeys ma’qul kelishi mumkin.
• devmgmt.msc — Kompyuterga ichki va tashqi ulangan qurilmalar dispetcheri
(Диспетчер устройств).
• diskmgmt.msc — Windows disklarini boshqarish (Управление дисками). (Qattiq)
diskni bo‘lim (раздел)larga bo‘lish va disklar bilan ishlashdagi boshqa
maqsadlar
uchun qo‘llanishi mumkin.
• eventvwr.msc — Windows hodisalarini kuzatish (Просмотр событий). Nosozliklar
yuz berganda tizimning xatti-harakatlarini tahlil qilish, xatoliklar
sabablarini
aniqlashga imkon beradi.
• services.msc — buyrug‘i Xizmatlar (Службы)
oynasini ishga tushiradi, u orqali
Windows'dagi ishlab turgan xizmatlarning joriy holatini ko‘rish, ularni ishga tushirish
yoki to‘xtatish, ishga tushirish turini o‘zgartirish mumkin.
• gpedit.msc — lokal guruh siyosati (Групповая политика) muharriri. Windows 10
Home (Домашняя)da mavjud emas.
• ncpa.cpl — Windows'dagi tarmoq ulanishlari ro‘yxati, ushbu vosita yordamida
ularning holatini kuzatish va sozlash mumkin.
• appwiz.cpl — buyrug‘i dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish (Программы и
компоненты) interfeysini ekranga chaqirish.
• lusrmgr.msc — lokal foydalanuvchilar va guruhlar (Локальные пользователи и
группы)ni boshqarish.
• powercfg.cpl — noutbuk yoki ShK elektr ta’minoti (Электропитание)
parametrlarini sozlash oynasiga murojaat etish.
• firewall.cpl — Windows brandmauer (tarmoqlararo ekran, Firewall)i parametrlari.
• sysdm.cpl — virtual xotira fayli (файл подкачки), tizimni himoyalash bilan bog‘liq
bo‘lgan tiklanish nuqtalari (точки восстановления),
tizimning tezkor ishlash
parametrlari (параметры быстродействия), o‘zgaruvchi muhitlarni sozlash uchun
mo‘ljallangan Параметры системы oynasini ekranga chaqirish.
• mmsys.cpl — Windows'ning yozib olish va ijro etish qurilmalari holatini kuzatish
oynasi (Звуки).
• taskschd.msc — Windows 10'dagi vazifalarni rejalashtirish (планировщик
заданий) oynasini ishga tushirish.