QO‘SHMA GAPNING TURLARI
Turlari
Xususiyati
Misollar
Bog‘langan qo‘shma gaplar
Qismlari teng bog‘lovchilar, bo‘lsa,
esa
so‘zlari,
-u(yu),
-da
yuklamalari yordamida bog‘lanadi
Havo
bulut
bo‘ldi-yu,
ammo
yomg‘ir yog‘madi
Ergashgan qo‘shma gaplar
Qismlari
ergashtiruvchi
bog‘lovchilar
yoki
shunday
bog‘lovchi
vazifasidagi
so‘zlar
yordamida bog‘lanadi
Betob
bo‘lib qoldim, shuning
uchun mashg‘ulotga bormayman.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar
Tarkibidagi
sodda
gaplar
mazmunan bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lib,
maxsus
bog‘lovchi
vositalarisiz,
faqat
ohang
yordamida bog‘lanadi.
Avval ular bizga yetib olishsin,
keyin birga o‘ynaymiz
1-mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shma gapning
turlariga ajratib, jadvalni to‘ldiring.
Dars boshlandi, biroq o‘quvchilarning shovqini
tinchimadi. Qayerda suv serob bo‘lsa, u yerda
o‘simliklar ham serob bo‘ladi. Shunday kitoblar
keltirginki, hamma sevib o‘qisin. Kuz fasli kelgan
bo‘lsa-da, kunlar hali issiq edi. Kech tushdi,
yomg‘ir yog‘a boshladi, shimoldan vaqti-vaqti
bilan shamol esardi. Qo‘ng‘iroq chalindi, dars
boshlandi. Goh quyosh charaqlab ko‘rinadi, goh
yomg‘ir yog‘adi.
Bog‘langan qo‘shma
gaplar
Ergashgan qo‘shma gaplar
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar
LUG‘AT
iroda – воля
qiziqish – интерес, увлечение
tarbiyalamoq – воспитывать
sinamoq – испытывать
tayyorlanmoq – готовиться
o‘z o‘rnini topmoq – найти свое
место
chalg‘itmoq – отвлекать
intilmoq – стремиться
mustahkamlamoq – крепить,
укреплять
nasihat – наставление
Iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilari ko‘p bo‘lgan yurt boy yurt
hisoblanadi. O‘z kasb-hunarini sevgan, iste’dodli, ishchan kishi,
baxt-saodatga erishadi. Iqtidor alohida olganda osh tuzidan ham
arzon. Muvaffaqiyatga erishgan inson bilan iqtidorli inson
o‘rtasidagi yagona farq – mashaqqatli mehnatda.
3-mashq. Gaplarni o‘qing. Sodda va qo‘shma gaplarni aniqlang,
bog‘lanish vositalarini tushuntiring.
1. Ijodkor o‘quvchilar to‘garagiga bordim. 2. Poyezd goh kimsasiz
dashtlardan, goh shaharchalar va qishloqlar yaqinidan, goho esa
tog‘lar oraliqlaridan yeldek uchib borardi. 3.Ba’zan biz navbatchilik
qilamiz, ba’zan boshqa sinf o‘quvchilari navbat chi bo‘lib qoladilar.
4. Yoki bog‘dagi ishlarni bajaring, yoki uy yumushlarini qiling. 5.
Oyim ishga ketganlarida, biz bilan yoki opam, yoki xolam o‘tirib
turar edilar. 6. Uzoqdan dam qizlarning kulgilari eshitiladi, dam
qo‘shiq yangraydi. 6.Iqtidorli o‘quvchilar tanlovi o‘tkazildi.
Uyga vazifa. Berilgan hikmatga fikringizni yozma ravishda
bildiring.
Aflotun aytadi:
– Men fidokorona qilingan mehnatdan hosil bo‘ladigan rohatni
hech
narsada
ko‘rmadim. Chunki tanamning salomatligi,
ruhimning saodatini mehnatda topdim. Shuning uchun mehnat –
saodatning o‘zginasi deyman.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Dostları ilə paylaş: |