Fan- o‘zbek tili o‘qituvchi- mamarajabova iroda fayzullayevna iqtidor va mehnat



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü1,84 Mb.
#37770
1   2
013 O'zbek tili 1-kurs 1-semestr 13-mavzu

QO‘SHMA GAPNING TURLARI 

Turlari

Xususiyati

Misollar

Bog‘langan qo‘shma gaplar

Qismlari teng bog‘lovchilar, bo‘lsa,

esa


so‘zlari,

-u(yu),


-da

yuklamalari yordamida bog‘lanadi

Havo

bulut


bo‘ldi-yu,

ammo


yomg‘ir yog‘madi

Ergashgan qo‘shma gaplar

Qismlari

ergashtiruvchi

bog‘lovchilar

yoki


shunday

bog‘lovchi

vazifasidagi

so‘zlar


yordamida bog‘lanadi

Betob


bo‘lib qoldim, shuning

uchun mashg‘ulotga bormayman.

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar

Tarkibidagi

sodda

gaplar


mazmunan bir-biri bilan bog‘liq

bo‘lib,


maxsus

bog‘lovchi

vositalarisiz,

faqat


ohang

yordamida bog‘lanadi.

Avval ular bizga yetib olishsin,

keyin birga o‘ynaymiz




1-mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shma gapning

turlariga ajratib, jadvalni to‘ldiring.

Dars boshlandi, biroq o‘quvchilarning shovqini

tinchimadi. Qayerda suv serob bo‘lsa, u yerda

o‘simliklar ham serob bo‘ladi. Shunday kitoblar

keltirginki, hamma sevib o‘qisin. Kuz fasli kelgan

bo‘lsa-da, kunlar hali issiq edi. Kech tushdi,

yomg‘ir yog‘a boshladi, shimoldan vaqti-vaqti

bilan shamol esardi. Qo‘ng‘iroq chalindi, dars

boshlandi. Goh quyosh charaqlab ko‘rinadi, goh

yomg‘ir yog‘adi.



Bog‘langan qo‘shma

gaplar

Ergashgan qo‘shma gaplar

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar


LUG‘AT 

iroda – воля 

qiziqish – интерес, увлечение 

tarbiyalamoq – воспитывать 

sinamoq – испытывать 

tayyorlanmoq – готовиться 

o‘z o‘rnini topmoq – найти свое 

место 


chalg‘itmoq – отвлекать

intilmoq – стремиться

mustahkamlamoq – крепить, 

укреплять

nasihat – наставление 



Iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilari ko‘p bo‘lgan yurt boy yurt

hisoblanadi. O‘z kasb-hunarini sevgan, iste’dodli, ishchan kishi, 

baxt-saodatga erishadi. Iqtidor alohida olganda osh tuzidan ham

arzon. Muvaffaqiyatga erishgan inson bilan iqtidorli inson

o‘rtasidagi yagona farq – mashaqqatli mehnatda. 



3-mashq. Gaplarni o‘qing. Sodda va qo‘shma gaplarni aniqlang, 

bog‘lanish vositalarini tushuntiring. 

1. Ijodkor o‘quvchilar to‘garagiga bordim. 2. Poyezd goh kimsasiz

dashtlardan, goh shaharchalar va qishloqlar yaqinidan, goho esa

tog‘lar oraliqlaridan yeldek uchib borardi. 3.Ba’zan biz navbatchilik

qilamiz, ba’zan boshqa sinf o‘quvchilari navbat chi bo‘lib qoladilar.

4. Yoki bog‘dagi ishlarni bajaring, yoki uy yumushlarini qiling. 5.

Oyim ishga ketganlarida, biz bilan yoki opam, yoki xolam o‘tirib

turar edilar. 6. Uzoqdan dam qizlarning kulgilari eshitiladi, dam

qo‘shiq yangraydi. 6.Iqtidorli o‘quvchilar tanlovi o‘tkazildi.




Uyga vazifa. Berilgan hikmatga fikringizni yozma ravishda

bildiring. 

Aflotun aytadi:

– Men fidokorona qilingan mehnatdan hosil bo‘ladigan rohatni

hech

narsada


ko‘rmadim. Chunki tanamning salomatligi,

ruhimning saodatini mehnatda topdim. Shuning uchun mehnat –



saodatning o‘zginasi deyman.


E'tiboringiz uchun rahmat!

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin