Fan: Algebra



Yüklə 81 Kb.
səhifə2/5
tarix19.10.2023
ölçüsü81 Kb.
#157706
1   2   3   4   5
Daraja qatnashgan tengsizlik va tenglamalar DARS ISHLANMA

Darsning borishi:
Tashkiliy qism: o’quvchilar bilan salomlashish, davomat aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorlash, uy vazifalarni nazorat qilish: uyga vazifa 227- misolda berilgan funksiya grafiklarini o`quvchilar qanday yasaganliklari ko`zdan kechiriladi.
 O’qituvchi:
Salom aziz bolalarim Gulu rayhon lolalarim.
Qani tinglang so’zlarim, Zukko o’g’il - qizlarim.
Bugun oddiy dars emas, Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan, Bu hammadan yaxshidir.
- Bolajonlar hozirgi darsimiz nomi?
- Algebra 


O’qituvchi:
- Algebra fani bizga nimalarni o’rgatadi?
O’quvchi:
Barcha fanlar ichida Xush ko’rgan fanim mani.
Ongni charxlar kishida, Matematika fani
O’qituvchi:
O’nta sondan poyi bor, Fanlar ichra joyi bor.
Har ishda chiroyi bor, Matematika fani.
O’qituvchi:
Binolarni qurishda, Go’zallikni ko’rishda.
Hissasi bor har ishda, Matematika fani.
Bugungi darsimizda sehrli matematika olamida sayohat qilamiz. Sayohat davomida darsimizni quyidagi shartlar orqali bajaramiz.
Matematika olami shartlari:
1. Uy vazifasining nazorati.
2.”Kvadrat funksiyani toping” kompyuter o`yini
3. Tezkor savollar.
4. “Aql charxi” o’yini.
5. “Xatosini top” o’yini.
6. “Kim tezroq va to`g`riroq” o`yini
- Bu shartlarni bajarib borishda darsimizning oltin qoidalariga amal qilishimiz zarur.
- Endi bu shartlarimizni bajarishimiz uchun guruhlarga bo’linib olamiz.
1-guruh. Topqirlar. 2-guruh. Zukkolar. 3-guruh. Bilimdonlar
Shartlarni baholab borish uchun qizil, yashil, sariq koptokchalardan foydalaniladi.
II O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O’qituvchi: Biz o’tgan darsda qanday mavzu bilan tanishganmiz?
O’quvchi: “y=k/xfunksiya mavzusini o`tganmiz. Uyga vazifa qilib 227-misol berilgan. 227- misolda berilgan funksiya grafiklarini o`quvchilar qanday yasaganliklari ko`zdan kechiriladi.
Uyga vazifa daftarlari yig’ib olinadi. O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tezkor savollar beriladi.
Har bir o’quvchi tezkor savollarga javob beradilar. Uning natijasi esa o’z - o’zini baholash usuli orqali aniqlanadi.
Kompyuterda “Kvadrat funksiyani toping” o`yinini har bir guruhdan bir o`quvchi chiqib bajaradi.

Yüklə 81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin