Tugunni o’chirib tashlash natijasida daraxtning tartiblanganligi buzilmasligi
lozim.
Tugun daraxtda o’chirilayotganda 3 xil variant bo’lishi mumkin:
Topilgan tugun terminal (barg). Bu holatda tugun otasining qaysi tomonida turgan bo’lsa, otasining o’sha tomonidagi shoxi o’chiriladi va tugunning xotirada joylashgan sohasi tozalanadi.
Topilgan tugun faqatgina bitta o’g’ilga ega. U holda o’g’il ota o’rniga joylashtiriladi.
O’chirilayotgan tugun ikkita o’g’ilga ega. Bunday holatda shunday qism daraxtlar zvenosini topish lozimki, uni o’chirilayotgan tugun o’rniga qo’yish mumkin bo’lsin. Bunday zveno har doim mavjud bo’ladi:
bu yoki chap qism daraxtning eng o’ng tomondagi elementi (ushbu zvenoga erishish uchun keyingi uchiga chap shox orqali o’tib, navbatdagi uchlariga esa, murojaat NULL bo’lmaguncha, faqatgina o’ng shoxlari orqali o’tish zarur);
yoki o’ng qism daraxtning eng chap elementi (ushbu zvenoga erishish uchun keyingi uchiga o’ng shox orqali o’tib, navbatdagi uchlariga esa, murojaat
NULL bo’lmaguncha, faqatgina chap shoxlari orqali o’tish zarur).
O’chirlayotgan element chap qism daraxtining eng o’ngidagi element o’chirilayotgan element uchun merosxo’r bo’ladi ( 12 uchun – 11 bo’ladi). Merosxo’r esa o’ng qism daraxtning eng chapidagi tuguni (12 uchun - 13). Merosxo’rni topish algoritmini ishlab chiqaylik (4.8-rasmga qarang).