Bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish. Nafisa Kamolova Turg’unbayevna



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#101871
  1   2
Nafisa Kamolova 197-201 JUSR



197 
BOLALARNI KITOB O’QISHGA QIZIQTIRISH. 
Nafisa Kamolova Turg’unbayevna 
“Yangi asr” Universiteti Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi 
ANNOTATSIYA Ushbu maqola bolalarni kitob o‟qishga qiziqtirish vazifasini 
muhokama qilishga qaratilgan bo‟lib,mazkur vazifani hal qilishda psixologiyaning 
o‟rni qanchalik muhim ekanligi qator tajriba va ma‟lumotlar asosida isbotlab berilgan.
Kalit so‘zlar:, qobiliyat, psixologiya, metod, kuzatish, suhbat, tadqiqot, 
kitobxonlik. 
O’qish-ma’lumot olish jarayonidir. O’qish paytida miyamiz filmlarni tomosha 
qilishdan ko’ra ancha faolroq ishlaydi. Kinoda hamma narsa allaqachon namoyish 
etilgan bo’ladi, faqat tomosha qilish qoladi. O’qish jarayonida esa miyamiz doimiy 
ravishda yangi suratlar va yangi dunyolarni tasavvur qilaveradi. O’qish – bu odamning 
shaxsini rivojlantiradigan aql sportidir. 
Kitob o’qish odamning eng yaxshi odatlaridan biri bo’lib, xotirani va fikrlash 
qobiliyatini yaxshilaydi. Har safar kitob o’qilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan 
ma’lumotlarni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, 
doimiy ravishda kitob o’qiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan 
sekinroq pasayar ekan. Kitob o’qish moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda ham 
yordam beradi. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, umuman kitob o’qimaydigan 
insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa 
qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi. 
Ko’p kitob o’qiydigan bolalar darslarni yaxshi o’zlashtirishadi. Tadqiqotlarda 
aniqlanishicha kitob o’qishni xush ko’radigan bolalar maktabda ham yaxshi o’qishadi. 
Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o’zlashtirishadi.
Kitob o’qishning shuncha afzallik tomonlari bor ekan, biz bugungi kunda buni 
qay darajada anglab yetyapmiz? Yoki farzandlarimizning kitob o’qishga bo’lgan 
qiziqishlari qay ahvolda? 
Bugungi kun bolalarini ,ya’ni internet asri bolalarini kitob o’qishga bo’lgan 
qiziqishlari juda achinarli. O’ylab ko’radigan bo’lsak bunga arzigulik sabablar bir 
talay.Birinchi o’rinda oilada bolalarga o’rnak bo’luvchi ota-onaning o’zi kitob 
o’qimasligi bo’lsa, bu o’z navbatida keyingi sabablarni keltirib chiqaradi.Oilada kitob 
o’qish muhiti yaratilmagan: ya’ni kitob sotib olish, kitob sovg’a qilish, kitob javoni 
tashkil qilish, mutolaa vaqti degan tushunchalar umuman yo’q bo’lishi mumkin. 
Navbatdagi sabab esa shiddat bilan rivojlanayotgan internet oqimi bo’lib, bolalar kitob 


198 
o’qishdan ko’ra shu oqimda suzishni afzal ko’rishmoqda. Buning oqibati qanday yakun 
topishi hammamizga oyday ravshan.
Hozirgi kunda o’qib o’rganish uchun sharoitlar yetarli darajada. Kutubxona 
deysizmi, kitob do’kon deysizmi, internet orqali o’rganaman deysizmi – istalgan kitob 
yoki ma’lumotni bir zumda topish muammo emas. Eng muhimi, istak va imkoniyat 
bo’lsa bas. Kitob do’konidagi rang-barang kitoblar do’kon peshtaxtasini to’ldirib turish 
uchun yoki ko’rib zavq olish uchun chiqarilmagan albatta.Bitta kitob chiqarish uchun 
qancha vaqt, sarf-harajat ketgani muhim emas, asosiysi uni olib o’qishdir. 
Bugungi kun hayot tashvishlari, yelib-yugurib pul topishimiz kitob 
o’qimasligimiz uchun sabab bo’la olmaydi. Bu bir bahona xolos. Lotin xalqida shunday 
maqol bor: “Hayoti davomida birgina kitob o’qigan odamdan qo’rqing.” Maqoldan 
kelib chiqib o’zimizdan xulosa qilsak, bugungi kunda aksariyatimiz bir-birimizdan 
qo’rqishimizga to’g’ri kelmoqda.
Xo’sh bolalarimizni qanday qilib kitob o’qishga qiziqtira olamiz? Birinchi 
navbatda, bolalarimizni yoshlikdan ya’ni maktabgacha bo’lgan davrlaridanoq kitobga 
bo’lgan qiziqishlariga ko’nikma hosil qila olishimiz kerak. Bu jarayonda asosiy rol ota-
onada bo’ladi. Oilada ota-ona muntazam kitob o’qishi, oila davrasida o’qigan kitoblari 
haqida suhbat qurishi, kitob o’qish o’zgacha zavq berishini ta’kidlab turishi bilan 
bolaga o’rnak ko’rsatishi mumkin. Vaqtlarini ayamasdan har kuni oz-ozdan bolalarga 
kitob o’qib berishni odatga aylantirishlari kerak. Bolalar bilan tez-tez kitob do’konlari 
yoki kutubxolarga borib kitob tanlashni o’ragatish ham muhim masala. Bunda 
farzandlarimizni qiziqishlarini ham inobatga olishimiz kerak.Ular ko’proq hayvonot 
olamiga yoki ko’rgan multfilm qahramonlariga qiziqishi mumkin.Shundan kelib chiqib 
kitoblar tanlasak maqsadga muvofiq bo’ladi. Bolalarga ko’proq rasmli kitoblar 
tanlashimiz kerak. Ular rasmlar orqali tez tushunadilar va rasmga qarab mustaqil 
fikrlashga o’rganadilar. Farzandimiz uchun kitob tanlab, sotib ham oldik. Endi navbat 
xonadonimizda kitob o’qish uchun bolaga sharoit yaratishimiz kerak. O’zi uchun 
tinchgina xona, stol, stul qo’yingki mo’jazgina darsxona hozirlab berishimiz ham 
bolani kitob o’qishga qiziqtirishimizga bir turtki hisoblanadi. Xonasida kitoblari uchun 
kitob javon bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir. Bu narsalar ahamiyatsizdek tuyulsada, 
lekin farzandingizni bora-bora kitobxon bo’lishiga, kitoblar uni doimiy hamrohiga 
aylanishiga yordam beradi.
Farzandimiz uchun olib bergan kitoblarimizni ham oila davrasida muhokama 
qilishimiz, unda aks etgan voqealikni hayotda sodir bo’lgan haqiqiy voqealar bilan 
bog’lashga harakat qilishimiz kerak. Shunda bola ham o’qiyotgan kitobini qanchalik 


199 
ahamiyatga ega ekanligini his qiladi.Kitobni birgalikda o’qishni ham odatga 
aylantirishimiz kerak. Birgalikda kitob o’qish jarayonida ota-onalar va bolalarning 
o’zaro munosabatlarini yaxshilaydi. Psixologlar birgalikda kitob o’qish jarayonida ota-
onalar va bolalar o’rtasida o’ziga xos munosabat o’rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning 
aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko’rganda aslo paydo bo’lmaydi.
Shunday ekan farzandlarimiz bilan birga kitob o’qishni kanda qilmasligimiz kerak. Ana 
shundagina biz farzandimizni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini shakllantirish uchun 
birinchi qadamni qo’ygan bo’lamiz. Bu aytishga oson ish, lekin bunga sabr, toqat va 
vaqt kerak albatta.
Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko fikricha bolalarni juda kichik davridan 
boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning 
besh yoshgacha bo’lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan 
butun tarbiya, tarbiya jarayoning 90% ni tashkil etadi degan edi. Demak bolaning 
kitobga bo’lgan qiziqishini orttirish ham bir tarbiya hisoblanadi. Ana shu davrgacha 
buni uddalay olsak maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Biz oilaviy o’qishni tashkil qila oldik. Endigi navbat ta’lim muassasalarida 
davom etadi. Bu jarayon maktabgacha ta’lim muassasasida qanday tashkil etilishi 
kerak? Tarbiyachi kunlik mashg’ulotlarida bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishlariga 
alohida e’tibor qaratishi zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalarga kitob o’qib berilgach, 
rasm ko’rsatish usuli muhimdir. Chunki ular o’quv texnikasini bilishmaydi, shuning 
uchun kitobdagi rasmlar ularni shu kitobga qiziqtiruvchi kuch hisoblanadi. O’qilgan 
ertak yoki hikoya asosida rasmlar chizdirish ham samaralidir.Bolalar eshitgan asar 
qahramonlarini qanday tasavvur qilishdi, buni rasm orqali ifodalashlari, asarga bo’lgan 
munosabatlarini va tushunchalarini anglatadi. Keyingi usul eshitgan asarlari yuzasidan 
sahna ko’rinishlari tayyorlashdir. Bu yana ham esda qolarli va qiziqarli kechadi. 
Mashg’ulotlar davomida kitoblar haqida tayyor videoroliklardan foydalanilsa ham 
bo’ladi. Ta’lim muassasasida kitob yarmarkalari tashkil qilinishi ham yaxshi natija 
beradi. 
O’qish ko’nikmasi albatta maktabda shakllanadi. Bolalarni to’g’ri, ravon va 
ifodali o’qishga o’rgatish bu oson kechadigan jarayon emas. Bunda boshlang’ich sinf 
o’qituvchisidan katta chidam va mahorat talab qilinadi. Bolalar harflarni o’qilishi va 
yozilishini o’rgandi. Endi so’zlar, gaplar va matnlarni tushunib o’qish kerak.
O’qish-bu insonning hayotdagi asosiy qobiliyati bo’lib, atrofidagi dunyoni idrok 
eta olishidagi muhim sifat hisoblanadi. Demak, boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
zimmasida mana shu sifatni shakllantirish va rivojlantirish kabi o’ta mas’uliyatli vazifa


200 
turibdi. Xo’sh, hozirgi kunda boshlang’ich sinf o’qituvchilari bu vazifani qanday 
uddalay olishyapti? Aksariyat boshlang’ich sinf o’quvchilari tushunib o’qish emas, tez 
o’qish malakasini ko’proq egallashyaptilar. O'quvchi matnni’qanchalik tez o’qisa, 
undagi voqealikni tushunishi shunchalik kamayadi. Chunki bola bor e’tiborini so’z 
mazmunini tushunishga emas, so’zni to’g’ri va tez o’qishga qaratadi. Matn mazmunini 
tushunish uchun qayta o’qishga to’g’ri keladi. Qanchalik o’qish tezligini o’sishiga 
majbur qilinsa, bolada o’qishga bo’lgan qiziqish, ya’ni o’qish istagi yo’qolib boradi. 
O’qishga qiziqish o’quvchi qachonki ongli o’qishni o’rganib uddalagandagina 
namoyon bo’ladi. Ya’ni nimani o’qiyotganini tushunib yetadi, voqealikka fikr bildira 
oladi, olgan axborotini tahlil qila oladi.Chunki kitob o’qish axborot olish va 
o’zlashtirishning murakkab jarayoni bo’lib, bola kitobdan maksimal darajada bilim va 
yangi fikrlarni o’zlashtirib olishi kerak. Buning uchun e’tiborli bo’lib, begona fikr va 
harakatlarga chalg’imasligi kerak.
Kitob o’qish jarayonida o’quvchi qahramonlar bilan birga bo’ladi. Ularning 
quvonch va tashvishlariga sherik bo’ladi. Hayotda ham boshqalarning his-tuyg’ularini 
yaxshi tushunadi. Umuman olganda bola qalbini yumshatadi. Kitob o’qish bolada 
tinglash qobiliyatini ham oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu 
ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib o’qiganda yanada samarali bo’ladi.
Ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda ham kitoblarning ahamiyati katta. 
“Obafemi Awolowo” Universiteti pedagoglari boshlang’ich sinf o’quvchilarining 
mashg’ulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va so’zlar aralashmasi 
bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham 
ana shunday ta’sir ko’rsatadi. Bolalar kitobni qancha ko’p o’qisa, hikoya qilish 
qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq 
yetkazadigan bo’ladilar.
Demak, farzandlarimizga kitob o’qish- internetdan yoki televideniyadagi 
ma’lumotlarni olishdan ko’ra ko’proq foyda keltirishini tushuntira olsak va ular buni 
anglab yetgandagina maqsadimizga erishgan bo’lamiz. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin