Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-kurs 7-guruh talabasi Hamdamova Muxlisa
Fan: Bolalarni sahnalashtirish va Ijodiy faoliyatga o’rgatish Fan o’qituvchisi: narmuradova. r Mavzu: MTTda tabiiy va tashlandiq materiallardan turli o’yinchoqlar yasash Reja:
1.Ekskursiyada MTTda tabiiy va tashlandiq materiallardan turli o’yinchoqlar yasash 2.Turli tuman tabiiy tashlandiq materiallardan ijodiy ishlar bajarish. Tabiiy materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to'planadi. Ekskursiva uyushtirishdan oldin bolalarga bo'lajak ish namunasi ko'rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko'rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so’ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya marshrutida alohida e'tibor beriladigan obyekt (eman, zarang, akatsiya daraxtlari. hasharotlar, ninachi)lar aniqlanadi. Bolalarning e ’tiborlari va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan obyektning zarur bo'lgan asosiy m uhim belgilari va xususiyatlarini ajratishga, to'planayotgan materialni to'g'ri baholashga yo'llaydigan savollar tuziladi. Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko'tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Ular kuzning butun go'zalligini, uning ranglarini, to'kilgan barglar hidi va ular o'zining elastiklik xususiyatini yo'qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo'lib qolganligini ko'radilar. Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e'tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi.
Bolalarga chiqindi materiallar (ip, shoyi, mo'yna, polietilen kabilar)dan foydalanib har xil m azm unda applikatsiyalar tuzish taklif etiladi. S o'ng ularga m atolardan o'yinchoqlar, turli bayram ertaliklari uchun ertak qahramonlarining kiyimlari hamda quvnoq qiziqchilar, petrushkalar kiyimlarini tikish ham o'rgatiladi. Bolalarning o'zlari yasagan o'yinchoqlar ijodiy, harakatli o'yinlar jarayonida namoyon bo'ladi.
Barglar obyinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo‘shimcha material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda boMishi mumkin. Eman daraxtlarining yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qanotlari, baliq suzgichlarini (bu o‘yinchoqlar g‘udda va bargdan yasaladi) yasashda qo'llash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo‘lganida terish yaxshi. 0 ‘quvchilar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglarini, shakllarini qiyoslashni o‘rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligi va diqqat qilish qobilyatlarini o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shundan keyin bolalarga barglaming mehnat mashg‘ulotlarigacha rangini yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya oxirida suhbatga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar tasviri tushirilgan rasmlarni, suratlarni ko‘rish, ulaming tanasi va qanotlarining shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi. Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar quritilgan barglardan qush applikatsiyasini zo‘r ishtiyoq bilan baja radilar, agarda applikatsiyalar o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘p!agan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urugMari yordamida xilma-xil applikatsiya ishlarini bajarish mumkin. Ayni bir ishda xilmn xil meva urug Maridan foydalanish mumkin. Meva va poliz ekinlarining urug’lari tabiatda keng tarqalgan to‘plash va saqlash oson bo’lgan material hisoblanadi.
• Urug’lar meva va poliz ekinlaridan ajaratib olinadi;
• ortiqcha narsalardan tozalab yuvib quritiladi;
• quritishda urugiarning shakli buzilmasligi uchun qog‘oz orasiga solib quritiladi;
• urug'lar qurigandan so‘ng akvarel bo'yoqlaridan foydalanib rang berish mumkin.
Bolalar turli urug‘lardan applikatsiyalar qilishni yaxshi ko‘rishadi. Ishtiyoq bilan bolalar turli ranglarda bo'lgan urugiarni terib chiroyli naqshlar hosil qilishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlar qo‘l barmoqlarining mayda mushaklarini rivojlanishiga yordam beradi. Bolalar turli urug‘larni, applikatsiyalar tayyorlashni yaxshi ko‘rishadi. Bunday mashg‘ulotlarda yelimni urug'ga emas, urug‘ yopishtiriladigan joyga suriladi va ustidan urugMar qo‘yiladi va sochiq bilan bostiriladi.
Adabiyotlar: 1. Bikbaeva N.U., Ibroximova Z.I., Qosimova X.I. "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish". T. "O`qituvchi" 1995 y. 2. Stolyar A.A. "Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish". M.1988 y. 3. Metlina L.S. "Bolalar bog`chasida matematika". T. O`qituvchi"- 1981 y. 4. www.arxiv.uz 5. www.edu.uz