О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
Qarshi davlat universiteti
Fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi
Физика мatematika fakulteti “Informatika” yunalishi
2 kurs 013-47 gurux talabasi Jabborova Yulduzhonning Jismoniy tarbiya
fanidan
«VOLEYBOL О‘YININING TEXNIKASI VA TAKTIKASINI О‘RGATISH»
mavzusida yozgan
R E F E R A T I
Topshirdi: _______________Yо‘ldoshev O
Qabul qildi: _____________k.o‘qit. А.Jabborov
Qarshi - 2014 yil.
3
1.Jismoniy tarbiya tizimida voleybol о‘yining tutgan о‘rni
Voleybol о‘yinini hujum va ximoya texnikasidan iborat. Hujumda ham
ximoyada ham shax turish va siljish, tо‘pni uzatish va qabul qilib olish, tо‘pni bir
yoki ikki qullab olish va qaytarish, tо‘pning yо‘lini tо‘sish kabilar mavjud.
О‘yinchining shay turishi va siljishi. Voleybol о‘yini davomida о‘yinchi maydon
bо‘ylab xarakatda bо‘ladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad tо‘pni qabul qilib
olish va boshqa usullarni amalga oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir.
О‘yinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga
doim tayyor bо‘lib turishidir. О‘yinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar
yelka kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga
egilgan bо‘ladi. Qо‘llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan bо‘lishi
kerak. Bu xolat doimiy emas, albatta u о‘yining borishiga qarab о‘zgarib turadi.
Agar turdan qaytgan tupni olish lozim bо‘lsa, о‘yincha ancha egiladi, otayotganda
tо‘g‘rilanadi va xokozo.
Voleybolchi maydon bо‘ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga,
orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib
(maydon bо‘ylab tez siljish va yо‘nalishini birdan о‘zgartirib) yurishi mumkin.
Oxirgi yugirish qadami uzun bо‘ladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash,
yо‘nalishini о‘zgartirish mumkin.
Tо‘pni uzatish. Bu – о‘yinni davom ettirish uchun sherik yoki raqib
tomoniga uzatilgan tо‘pni о‘zaro о‘tkazish usuli bо‘lib hisoblanadi. Bundan
tashqari, tо‘pni oldinga, yuqoriga va orqaga о‘tkazish usullari ham mavjud.
Tupning uchish trayektoriyasiga qarab butun maydon bо‘ylab uzun qо‘lni
maydonga qisqa va о‘z maydoniga о‘ta qisqa uzatishlar ham qо‘llaniladi. Tо‘pni
uzatish balandligiga qarab past (tо‘rdan 1 mert yuqori), о‘rta (2 metrgacha), va
undan baland (2 metrdan ortiq), masofasiga kо‘ra yaqin (0,5 mertdan kam) va
uzoqroq (0,5 mertdan ortiqroq) kabilarga bо‘linadi.
Tо‘pni ikki qо‘llab yuqoridan uzatish. Bu juda keng tarqalgan usul
hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan xarakatlanish uning muxim tomonidir.
4
О‘yinchi dastlabki xolatda oyoqlarini tizzadan bukib qо‘llarini oldinga chiqarib
kaftlar biroz ichkariga qaratilgan, panchalar tarang tutiladi.
Tо‘p yaqinlashganda oyoqlar tо‘g‘rilanadi va gavda kо‘tariladi. Qо‘llar
chuziladi va tо‘p qabul qilishga tayyorlanadi. Qо‘l gavda va oyoq harakatlari
о‘zaro muvofiqlanadi. Bu esa tо‘pni tegishli joyga borish imkonini beradi.
Uzatishning yana boshqa turi ham mavjud bо‘lib, unda tо‘p ikki qо‘llab
yuqoridan, bir qо‘llab yuqoridan, ikki qо‘llab yuqoridan uzatiladi. Ammo bu
usullar о‘yinda kamroq qо‘llaniladi. Shunga qaramay har bir voleybolchi tо‘pni tez
va aniq uzatishini hamda yо‘nalishi bо‘yicha zarb berishni urganishi zarur.