Voleybol о‘yinining texnikasi va taktikasini о‘rgatish


 Voleybolchining tezkorligi



Yüklə 454,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix02.01.2022
ölçüsü454,21 Kb.
#41732
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
voleybol oyinining texnikasi va taktikasini orgatish.

3. Voleybolchining tezkorligi 

 

 



О‘yinchi  xarakat  faoliyatining  tezligi  birinchi  navbatda  xarakatlarni 

koordinatsiya  qiluvchi  markaziy  nerv  sistemasining  faoliyatiga  munosib  bо‘lishi 

lozim. Voleybolchining tezkorligi aniq reaksiya tezligida,  jadal siltanishda hamda  

tо‘p  bilan,  tо‘psiz  texnik  usullarni  bajarish  tezligida  aniq  ifodalaydi.  Tezkorlikni 

rivojlantirish  uchun  yugurishda  qayta  tezlanish,  velosepedda  uchish  va  shunga 

о‘xshash  har  xil  maksimal  darajaga  yetkazadigan  qilib  tezlikni    sekin-asta,  tekis 

oshirib 

borib, 


xarakat 

amplitudasini 

kattalashtirish 

lozim. 


Tezkorlikni 

rivojlantirishga yordam beradigan yana kо‘pgina mashqlarni keltirish mumkin: 

 

- yonboshlab, orka bilan jadal yugurishni bajarish:   



  

-  tizzani  yuqoriroq  kо‘tarib  va  qadamlarni  maksimal  chastotada  qо‘yib 

yugurish: 

 

- 25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab xarakat qilish



 

-  maksimal  chastotada  aylantiriladigan  kalta  va  uzun  arg‘amchi  bilan 

sakrash, aylanib turgan arg‘amchi tagidan yoki ustidan yugurib о‘tish;  

  

- о‘rta masofaga yugurayotganda tempni tо‘satdan о‘zgartirish; 



 

-  dastlabki  yugurib  borishdan  sо‘ng  20-30  m  masofada  maksimal  tezlikka 

erishish; 

 

Siltanish  va  tez  yurishlar  xar  xil  estafetalarda  musobaqa  uslubi  bilan 



о‘tkazilgani  ma’qul.  Bir  mashg‘ulotga  muljalangan  tezkorlikni  rivojlantirishga 

qaratilgan trenirovka ishining hajmi uchun katta bо‘lmasligi kerak. 

 

KUCH  –  bu  tashqi  qarshilikni  yengish  yoki  «ushlab»  turish  ma’nosini 



anglatadi. Kuch ikki turga bо‘linadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch – 

bu о‘zgaruvchan kuch. Statik kuch – bu bir xil vaziyatda ijro etiladigan kuch. 

 

Statik kuch 3 ga bо‘linadi : 



 

-  «yengib»  olinadigan  statik  kuch:  Masalan:  yerda  yotgan  og‘ir  toshni 

kо‘tarib olib ushlab turish  

 

-  bir xil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir 



xil holatda ushlab turish. 


 

22 


 

-  qarshilikni  «yenga  olmaydigan»  statik  kuch.  Masalan:  shu  tosh  о‘ta  og‘ir 

bо‘lgani  sababli  uni  kо‘tarish  imkoniyati  yо‘q.  Lekin  mushaklar  taranglashadi  va 

statik ish bajarib turadi. 

 

Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ortiqcha zо‘riqish bilan bog‘liq bо‘lmasligi 



kerak,  kuchlanish  hollaridan  umuman  voz  kechish  maqsadga  muvofiq.  Bunday 

moxiyatga  ega  bо‘lgan  mashqlarni  uncha  og‘ir  bо‘lmagan  anjomlar  bilan  katta 

tezlikda bajargan ma’qul. 

 

Qiz  bolalar  guruhida  bunday  mashqlarni  qо‘llash  alohida  nazorat  va 



ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. 

 

Tayyorgarlikning  mazkur  bosqichida  chaqqonlikni  rivojlantirish  о‘yin 



malakalarining texnikasini о‘zlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. 

 

Bu  sifatni  tarbiyalash  –  turli  tо‘plar  bilan  mashq  qilish,  gimnastika, 



akrobatika, sport о‘yinlariga oid  mashqlar yordamida amalga oshiriladi. 

 

Bunday mashqlarni asta - sekin murakkablashtirib borish zarur. 



 

Kuch  zamonaviy  sport  trenirovkasi  amaliyotida  sportchining  eng  muhim 

jismoniy  fazilatlaridan  biri  bо‘lib    hisoblanadi.  Chunki  kuch  ma’lum  darajada 

о‘yinchining  maydonda  xarakatlanish  tezligini,  yuqoriga  sakrashning  balandligi 

darajasini  belgilaydi.  

 

Kuch  о‘z  xarakteriga  kо‘ra:  nisbiy  kuch,  «portlovchi»  va  «startga  oid» 



bо‘lishi mumkin. 

 

Absolyut  kuch  –  mushak  (yoki  mushaklar  guruxi)  о‘z  og‘irligidan  qat’iy 



nazar qiskargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi. 

 

Nisbiy  kuch  –  о‘yinchi  tanasi  og‘irligining  bir  kilogrammiga  tug‘ri 



keladigan miqdor. 

 

Portlovchi  kuch  –  sport  mashqi  yoki  о‘yin  harakati  sharoitida 



reglamentlashtirilgan minimal vaqt ichida katta kuchlanishga erishishi qobiliyatini 

bildiradi. Bu kuchni voleybolchilar sakrashda, tо‘p  kiritishda, zarbli urishda, tusiq 

qо‘yishda  aniq  amalga  oshiradilar.  Shuningdek,  «portlovchi»  kuchning  darajasi 

mushakning  reaktiv  qobiliyatiga  bog‘liq  bо‘ladi.  Ishlayotgan  mushaklar  zarba 

bilan mexanik chо‘zilgandan keyinrok muskul qisqarish samarasi yordamida katta 



 

23 


xarakat  kuchlanish  xosil  bо‘ladi.  Kо‘zgalgan  mushaklarning  elastik  о‘zgarishni 

chaqiradigan dastlabki chо‘zilish ularda kinematik energiyani  о‘ziga olishi tufayli 

bо‘ladigan ayrim kuchlanish potensialining jamg‘arilishini ta’minlab beradi. 

 

Sport  mashg‘ulotlarida  muskullar  о‘z  uzunligini  о‘zgartirmasdan  (statik, 



izometrik rejim) va о‘z uzunligini qisqartirgan holatda kuch kо‘rsatadi. 

 

Mushaklar  chо‘zilganda  ustun  keladigan  va  tо‘siqsiz  rejimlar  birgalashib 



«dinamik  rejim»  tushunchasini  hosil  kiladi.  Kuchni  tarbiyalash  jarayonida  kuch 

qobiliyatlarning barcha turlarini rivojlantirish kerak. 

 

Kuchni  og‘irliklardan  foydalanish  xarakteri  bо‘yicha  rivojlantirishga 



qaratilgan  mashqlarni  ikki  guruhga  bо‘lish  mumkin:  tashqi  og‘irlanish  yoki 

qarshilanish   va  о‘z og‘irligi  yoki badanning  qisman  og‘irligi orqali bajariladigan 

mashqlar. 

Mashqlarning 

birinchi 

guruxi 


voleybolchining 

muskullarini 

rivojlantirishga  katta  imkoniyat  yaratadi.  Og‘irlanishlar  va  qarshiliklardan 

(gantellar,  yadrolar,  tо‘ldirma  tо‘plar,  og‘ir  toshlar,  shtanga,  raqibning  og‘irligini 

va  qarshiligini  yengish,  espanderlar  va  xokozo)  keng  kо‘lamda  foydalanish  va 

ularning  turli  tumanligi  trenirovka  nagruzkasining    xajmini  va  intensivligini 

belgilab berishga sharoit yaratadi. Bunday kerakli mashqlar muskullar guruhining 

rivojlanishiga  qaratilgan  bо‘lib  u  sportchini  tezda  katta      kuchlanishlardan  tо‘liq 

bо‘shatish  qobiliyatiga  о‘rgatishga  yordam  beradi.  Shu  bilan  birgalikda  sherigi 

tomonidan  kо‘rsatiladigan  xar  xil  qarshiliklar  orqali  bajariladigan  mashqlar 

sportchilardan    katta  iroda  kuchini    talab  qiladi.  Negaki  ular  fakat  kuchdagina 

musobaqalashib qolmasdan, shu kuchdan oliy darajada samarali foydalana olishda 

ham  bahslashadilar. 

 

Ikkinchi  guruh  uchun  о‘ziga  xos,  bu  snaryadda  bajariladigan  gimnastik 



mashqlar.  Arqonga  chiqish,  о‘z  vaznini    kuch  bilan  kо‘tarish,  о‘tirish  –turishlar, 

oyoqlar  tizzalari  yarim  bukilgan  holatda  yurish  va  xokozolar  hisoblanadi.  О‘z 

og‘irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar о‘yinchilar uchun asta - sekin 

bajarishdan  tez  bajarishga  oddiydan  murakkabga  о‘tishga  imkon  yaratadi.  Bu 

mashqlarni bajarishda  muskul guruhlari ishga  qanchalik  kam  jalb  qilingan bо‘lsa, 



 

24 


badanning siljish yо‘li qanchalik qisqa bо‘lsa va badanning kamrok qismi og‘irlik 

bо‘lib qarshilansa, ularni shunchalik kо‘prok takrorlash lozim.  

 

Oyok va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan bosqichma-



bosqich  oshib  beruvchi    rejimda  bajariladigan  mashqlar  samarali  mashqlar  

hisoblanadi.  Ana  shunday  mashqlardan  biri  –  yelkaga  qо‘yilgan  shtanga  bildan 

о‘tirib turish – tipik mashqdir. 

 


Yüklə 454,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin