Voleybol о‘yinining texnikasi va taktikasini о‘rgatish



Yüklə 454,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix02.01.2022
ölçüsü454,21 Kb.
#41732
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
voleybol oyinining texnikasi va taktikasini orgatish.

Chaqqonlik  –  turli  murakkab  xarakatlarni  tez  va  aniq  ijro  etilishi  demak. 

Voleybolda  ushbu  sifat  voleybolchining  maydonda  muayyan  vaziyatga  nisbatan 

tug‘ri,  tez  va  aniq  xarakat  qilishi  zarurligini  anglatadi.  Bu  sifat  keng  mazmunli 

tushuncha  bо‘lib,  о‘z  ichiga  tezkorlik,  kuch,  chidamlilik,  egiluvchanlik  kabi 

sifatlarni qamrab olgan. 

 

Chaqqonlikni  bolalik  davridan  boshlab  rivojlantirish  maqsadga  muvofiq. 



Mazkur  sifatni  tarbiyalashda  mashqlarning  eng  oddiysidan  boshlab,  sekin  –  asta 

murakkab mashqlarga о‘tish zarur. 

 

Chaqqonlikni  rivojlantirishda  gimnastika,  akrobotika,  sport  va  milliy 



о‘yinlar juda qо‘l keladi. 

 

Egiluvchanlik – bu tana bug‘imlarining maksimal amplitudada bukilishi va 

yozilishidir.  Bu  sifat  aksariyat  mushaklar  tolalari  elastikligi  (chuziluvchanlikligi) 

va  tonusiga  bogliq.  Egiluvchanligini  о‘stirish,  birinchi  navbatda  muntazam 

muvofiq mashqlar bilan shug‘ullanishga bog‘lik.       

 

Egiluvchanlik  sifatini  rivojlantirishga  boshlang‘ich  maktab  yoshidan 



boshlangani  maqsadga  muvofiq.  Chunki  bu  yoshdagi  bolalarning  organizmi  – 

suyaklari, mushak va bug‘inlari egiluvchan – plastik xususiyatiga ega bо‘ladi. 

 

Mazkur  sifatni  rivojlantirishda  sekin  sur’atda  bajariladigan  xar  xil 



yо‘nalishlarga  oid  bо‘lgan  va  katta  doirali  amplutudada  ijro  etiladigan  mashqlar 

qо‘l  keladi.  Bundan  tashqari  egiluvchanlikka  xos  elementlari  bulgan  xarakatli 

о‘yinlar va sport  о‘yinlari yaxshi natija beradi. Gimnastika, akrobatika mashqlari 

bilan shо‘gullanish ham ayni muddao. Zikr etilgan mashqlar muntazam uzoq vaqt 

va qayta – qayta bajarilishi lozim. 



 

25 


 

Chidamlilik deb organizmning uzoq vaqt charchamasdan faoliyat kо‘rsatish 

yoki  biron-bir  xarakatni  yuqori  samarada  о‘zoq  vaqt  ettira  olish  qobiliyatiga 

aytiladi. 

 

Chidamkorlik 



sifatini 

tarbiyalash 

trenirovka 

jarayonining 

asosiy 

vazifalaridan  biridir.  Bu  sifatning  yuqori  darajada  rivojlanganligi  sport 

maxoratining samarali о‘sishiga, о‘zoq vaqt davomida egallangan texnik va taktik 

malakalarining musobaqa jarayonida faol ijro etilishiga zamin bо‘ladi. 

 

Chidamkorlik  shо‘gullanuvchi  sportchilarning  yoshiga,  tayyorgarligiga 



malakasiga  qarab  tarbiyalanishi  kerak  bо‘ladi.  Bunda  harakatli  va  sport  о‘yinlari, 

estafetalar,  turli  og‘irliklar  bilan  bajariladigan  mashqlar,  chopish-krossdan 

foydalanish qо‘l keladi. 

 

Umumiy chidamkorlik о‘zoq masofaga chopish, suzish, velosepedda uchish 



kabi vositalar yordamida rivojlantirilishi mumkin. 

 

Voleybolchilarga  xos  maxsus  chidamkorlikni  tarbiyalash  о‘zoq  vaqt 



davomida  voleybol  va  о‘zga  sport  о‘yinlari,  harakatli  о‘yinlar,  xar  xil 

yо‘nalishlarga  о‘zgaruvchan  yо‘nalishlarga  qayta-qayta  chopish,  charchash 

holatida turli mashqlarni bajarish asosida amalga oshiriladi. 


Yüklə 454,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin