Voleybol о‘yinining texnikasi va taktikasini о‘rgatish



Yüklə 454,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix02.01.2022
ölçüsü454,21 Kb.
#41732
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
voleybol oyinining texnikasi va taktikasini orgatish.

Sakrab tо‘p kiritish. Hozirda sakrab tо‘p kiritish usuli keng qо‘llanilmoqda. Bu 

usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini berishga о‘xshashligi sababli 

uning mohiyati quyiroqda yoritiladi. 

Hujum zarbalari.  

Hujum  zarbasi  –  jamoaning  hujum  harakatini  yakunlovchi  samarali  usul 

hisoblanadi.  Bu  harakatlar  tо‘rning  yuqori  qirg‘og‘idan  balandda  amalga  oshiriladi. 

Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi ham juda 

pastdir.  

Hujum  zarbalari  yо‘nalishiga  kо‘ra  quyidagicha  farqlanadi:  tо‘g‘ri  yо‘nalish 

bо‘yicha  (bunda  zarba  berilgan  tо‘p  yо‘nalishi  hujumchining  yugurib  kelish 

yо‘nalishiga  mos  tushadi)  va  yо‘nalishni  о‘zgartirib  (bunda  zarba  berilgan  tо‘p 

yо‘nalishi hujumning yugurib kelish yо‘nalishiga mos tushmaydi).   

 

Jismoniy  tayyorgarlik  –  tayyorgarlik  turlarining  biri  bо‘lib,  voleybolchining 

organizmini  rivojlantirish,  uning  jismoniy  sifat  va  qobiliyatlarini  takomillashtirishga 

hamda о‘yin faoliyatini samarali amalga oshirishni ta’minovchi mustahkam poydevor 

yaratishga qaratilgandir. 

 

Zamonaviy  voleybol  shugullanuvchilardan  nixoyatda  katta  kuch,  tezkorlik, 



chaqqonlik,  chidamkorlik  va  egiluvchanlik  sifatlarini  talab  qiluvchi  sport  о‘yinlari 

turiga  mansubdir.  О‘yinning  mohiyati  о‘yinchi  harakatining  turli  yо‘nalish  va 

о‘zgaruvchan  vaziyatda  о‘ta  tezkor,  aniq  hamda  qisqa  vaqt  ichida  о‘yin  davomida 

kо‘pdan - kо‘p tо‘siq qо‘yish, zarba berish va tо‘p kiritishdagi sakrashlari, yiqilishlari, 

yugurish,  tо‘xtash,  burilish,egilish  va  boshqa  xarakatlarni  yuqori  tezlikda  ijro  etishi 

katta jismoniy kuch, о‘ta chaqqonlik, mustahkam chidamkorlik, va ruhiy uyg‘unlikni 

talab  qiladi.  Binobarin,  ushbu  yuklama  (nagruzka)  ta’siri  shug‘ullanuvchi 

organizmining funksional jihatdan mukammal shakllangan bо‘lishini taqozo etadi. 




 

17 


  

Bugungi  voleybolchi  bо‘yi  jihatdan  185-195  sm  xarakatchan,  tezkor, 

sakrovchan,  ziyrak,  zukko,  tez  fikrlovchi,  о‘tkir  zexnli,  maydonda  rо‘y  beradigan 

vaziyatni  tez  fahmlab  «foydali»  javob  qaytara  oladigan  kо‘rsatkichga  ega  bо‘lishi 

kerak.  Sportchilarning  yoshiga  tayyorgarligiga  malakasiga  hamda  sport  trenirovkasi 

davriga    va  vazifalariga  qarab  jismoniy  tayyorgarlikni  mazmuni  xajmi  va  shiddati 

turlicha bо‘ladi. 

 

Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni. 



 

Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari qо‘yidagilardan iborat: 

1.Sog‘likni mustahkamlash 

2.  Hayotiy  zarur  xarakat  malakalarini  takomillashtirish  (yurish,  chopish,  sakrash  va 

x.k) 

3. Harakat sifatlarini rivojlantirish  



4. Harakat malakalari xajmini oshirish va ularning ijro etish doirasini kengaytirish.  

5.  Organizmning    о‘yin  davomida  ishtirok  etuvchi  organ,  bо‘lim  va  mushak 

guruxlarining funksiyalarini shakllantirish. 

6.  Uyin  malakalarini  samarali  о‘zlashtirishni  ta’minlovchi  maxsus  sifatlarni 

rivojlantirish.  

 

Jismoniy  tayyorgarlik  ikki  xil  bо‘lib:  umumiy  va  maxsus  jismoniy 



tayyorgarlikka bо‘linadi. 

 


Yüklə 454,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin