Voleybol о‘yinining texnikasi va taktikasini о‘rgatish


Umumiy jismoniy tayyorgarlik -



Yüklə 454,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix02.01.2022
ölçüsü454,21 Kb.
#41732
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
voleybol oyinining texnikasi va taktikasini orgatish.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik - sport trenirovkasini muhim vazifalaridan 

biri  shug‘ullanuvchilarning  tо‘laqonli  jismoniy  taraqqiyotini  va  xar  tomonlama 

jismoniy  tayyorgarligini  ta’minlashga  qaratilgan.  UJT  xayotiy  zarur  xarakat 

malakalarini  takomillashtirishga  yunaltirilgan  jarayondir.  Maqsadi  -  MJT  ning 

poydevori bо‘lgan UJT bazasini yaratishdir. 

 

Vazifalari  –  asosiy  jismoniy  sifatlarni  rivojlantirish organizmning funksional 



imkoniyatlarini  oshirish  xarakat  malakalarining  xajmi  va  ijroiy  chegarasini 

kengaytirish, 

sog‘likni  mustaxkamlash,  tiklanish  jarayonini  faollashtirish, 

organizmning tashqi va ichki salbiy ta’sirlarga bо‘lgan bardoshini  oshirishdan iborat. 

 

Umumiy  jismoniy  sifatlarga  kuch,  tezkorlik,    chaqqonlik,  chidamkorlik  va 



egiluvchanlik kiradi. 


 

18 


 

UJT  -  jismoniy  sifatlarni  alohida  yoki  birgalikda  rivojlantiruvchi  о‘ziga  xos 

mashqlardan iborat. 

 

UJTni  amalga  oshirish  jarayonida  xar  xil  sport  uskunalaridan,  anjomlardan, 



trenajyorlardan va tabiat omillaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

 

Sport  trenirovkasining  ayrim  bosqich  va  davrlarida  UJT  mashqlari  va 



mashg‘ulotlarining  hajmi:  shiddati,  yо‘nalish  va  tuzilishi  о‘ziga  xosligi  bilan 

farqlanadi. 

 

Maxsus  jismoniy  tayyorgarlik  –  tanlangan  sport  turidan  yuqori  natijalarga 



erishish maqsadida shu sport turida asosiy va hal etuvchi ahamiyatga ega bо‘lgan 

jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan jarayondir. 

 

Vazifalari :  



 

- voleybolga xos maxsus xarakat sifatlari va qobiliyatlarini (tezkorlik, kuch, 

chaqqonlik, maxsus chidamkorlik va  x.k) rivojlantirish 

 

- о‘yin texnikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish  



 

- о‘yin taktikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish. 

 

MJT  sport  trenirovkasining  barcha  bosqich  va  davrlarida  hajm  va  shiddat 



munosib meyorda qо‘llaniladi. 

 

Murakkab aks ta’sir yoki tana xarakati bilan ta’sirlarga (vaziyatga) «javob» 



qaytarish. Masalan: bokschi, futbolchi, voleybolchini tezkor xarakati. 

 

Tezkorlikning ushbu tarkibiy qismlari biri-biri bilan uzviy bogliq bо‘lmaydi, 



ya’ni  oddiy  aks  ta’sir  xarakatini  qanchalik  kо‘p  mashq  qilinsa  xam  tana xarakati 

yoki siklik xarakat deyarli rivojlanmaydi va aksincha.  

 

Tayyorgarlikning  boshlang‘ich  bosqichida  tezkorlik  sifatini  tarbiyalash 



qо‘yidagi  vosita  –  mashqlar  yordamida  amalga  oshirilishi  maqsadga  muvofiqdir: 

xarakatli  о‘yinlar,  qisqa  masofalarga  yugurish,  turli  estafetalar,  sakrashga  oid 

mashqlar,  gimnastika  va  akrobotika  mashqlari,  qoidasi  soddalashtirilgan  sport 

о‘yinlari,  mazkur  vositalarni  qо‘llashda  komplesk  uslubdan  foydalanish  samara 

beradi. 

 Shuni  ta’kidlab  о‘tish  kerakki,  voleybolchi  jismoniy  tayyorgarlikda  qanday 

sport  turi  vositalaridan  foylangan  bо‘lsa,  u  о‘sha  sport  turi  texnikasining 



 

19 


elementlari  tula  egallab  olishi  kerak.  Chunki  xarakat  malakasi  tо‘g‘ri  tuzilgan 

taqdirdagina  ayrim  jismoniy  fazilatlar  foydali  bо‘lishi  mumkindir.  Umumiy 

jismoniy 

tayyorgarlik 

sport 

trenirovkasining 



asosiy 

vazifalaridan 

biri 

voleybolchilarining va uni tula qonli jismoniy о‘sishini ta’minlashga qaratilgan. Bu 



jarayon  asosiy  jismoniy  sifatlarni  rivojlantirish  hamda  hayotni  zarur  malakalarni 

takomillashtirishni  о‘z  oldiga  maqsad  qilib  qо‘yiyadi.  Umumiy  jismoniy 

tayyorgarlik  voleybolchining  maxsus  tayyorgarligini  ta’minlashda  poydevor  

bо‘lib hisoblanadi.  

Umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  kuch,  tezlik  chidamkorlik  egiluvchanlikni 

tarbiyalash  va  uslublari  hamda  vositalari  bilan  sport  turing  xususiyatini  e’iborga 

olgan holda amalga oshirish zarur.  

Sport mutaxassisligi sportchining har taraflama rivojlangan bо‘lishini istisno 

qilmaydi. Aksincha organizmning umumiy funksional imkoniyatlari oshishida har 

tomonlama  jismoniy  va  ruhiy  qobiliyat  asosida,  sportchi  tanlagan  sport  turida 

yuqori  darajadagi  taraqqiyotga  erishishida  va  har  taraflama  rivojlanishning 

bog‘liqligini ikkita asosiy sababini kо‘rsatish mumkin. 

1. Bu inson organizmi rivojlanish va faoliyat jarayonida barcha organlarning 

bir-biri  bilan  bog‘liqligi  sportchining  har  bir  turi  о‘ziga  xos  alohida  о‘zaro 

munosabatlar talab qilishga qaramasdan jismoniy fazilatlar rivojlanishida har doim 

umumiy  qonuniylik  aks  etadi.  Har  qanday  fazilatning  miyoriy  rivojlanishi 

organizmning  funksional  umumiy  imkoniyatlarini  oshirish  bilangina  amalga 

oshadi.  

2.  Har-xil  harakatlantiruvchi  kо‘nikmalar  va  qobiliyatning  о‘zaro  ta’siri. 

Sportchining  о‘zlashtirgan  harakatlantiruvchi  mahorati  va  qobiliyati  qanchalik 

keng  bо‘lsa    yangi  harakatlantiruvchi  faoliyat  va  oldingi  о‘rganganlarni  amalga 

oshirishda  zamin  yaratadi.  Kishining  ongiga  bog‘lanmagan  holda  mavjud 

bо‘lmagan  qonuniylik  sportda  kamolotga  erishish  shuni  talab  qiladi,  mashg‘ulot 

chuqur  maxsus  jarayon  bо‘lib,  sportchining    har  tomonlama  rivojlanishiga  olib 

kelishi  kerak.  Sportchining  umumiy  tayyorgarlik  va  maxsus  tayyorgarlik  birligi 

shuni  kо‘rsatadiki,  sportda  muvaffaqiyat  va  yutuqlarga  ziyon  yetkazmasdan 




 

20 


erishish  uchun  ulardan  birini  mashg‘ulotdan  ajralib  bо‘lmaydi.  Sportda  bu 

kо‘zlangan maqsad tarbiyaviy vositadir. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

21 



Yüklə 454,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin