O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
FAN: KORXONA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH Bajardi: Turg’unboyeva Sh.
Tekshirdi: Sultanxo‘djayev Amanulla
Asadullayevich
OʻZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH
Ilmsiz, maʼrifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Yusuf Xos Hojib oʻzining “Qutadgʻu bilig” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!” - deb ilm-maʼrifatning oʻrni naqadar dolzarb va muhimligini koʻrsatib oʻtgan. Mamlakatimizda ilm-maʼrifatga alohida urgʻu berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qoʻyilishi bugungi kun zaruratidir. Zero, eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir.
Raqamli iqtisodiyot oʻzi nima? u iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qoʻllash asnosida amalga oshirishning yaxlit bir tizimi sifatida qaraladi. Bunda raqamli iqtisoidiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish demakdir.
Soʻngi yillarda iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan bir qator normativ-huquqiy hujjatlari imzolandi.
Raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish va uni qoʻllab-quvvatlash mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyot rejasidan muhim oʻrin egallaganligi tufayli iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar belgilandi va mazkur vazifalar ijrosi oʻlaroq, mamlakatimizda yangi elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron toʻlovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda, elektron infratuzilma va tijorat shakllantirilmoqda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli transformatsiyaga oʻtilishi qadamma-qadam amalga oshirilmoqda.
Raqamli transformatsiya realizatsiyasi boʻyicha soʻngi yillarda amalga oshirilgan ishlar qatorida aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yana-da rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirildi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni, shuningdek blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga karatilgan “Raqamli ishonch” jamgʻarmasi tashkil etildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish uchun, shu jumladan bir vaqtning oʻzida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini oʻtkazish va tezkor joʻnatish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida yagona elektron tizimi “project.gov.uz” joriy etildi.
Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirish uchun mamlakatimizda zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “IT-park”lar tashkil etildi. Kripto-aktiv va blokcheyn texnologiyalar sohasidagi kompaniyalarning erkin faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Mamlakatimizda zamonaviy dasturlash texnologiyalarini oʻzlashtirgan kadrlarni tayyorlash maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi ishlab chiqilib, loyiha doirasidagi mashgʻulotlarni tashkil etish uchun uzbekcoders.uz oʻquv portali ishga tushirildi.
2020-yil mamlakatimizda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilindi va bu boradagi ishlar endilikda yangi bosqichga koʻtarilib, Prezident Farmoni bilan mamlakatning “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda avvalo telekommunikatsiya va elektron infratuzilmani takomillashtirish alohida ahamiyatga ega.
Albatta, aholini internet tarmogʻidan foydalanish darajasi qanchalik yuqori boʻlsa raqamli iqtisodiyot, shu jumladan elektron hukumat tizimi ham shuncha samarali faoliyat yuritadi. Yurtimiz boʻyicha internet foydalanuvchilari soni jami aholiga nisbatan 2018-yilda 46 foizni tashkil qilgan boʻlsa, 2021-yilda bu koʻrsatkich 60 foizdan yuqorini tashqil etmoqda.
Reallik bilan bogʻlaganda raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YAIM hajmi ham, YAIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoriligini koʻrishimiz mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, mamlakatimizda mazkur masalaga eʼtibor qaratish yagona maqsadni koʻzlaydi, u ham boʻlsa, aholining yashash sharoitini yaxshilash, aholini real daromadini oshirish, qolaversa tadbirkorlikni va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdir.
“Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng ogʻir illat – korrupsiya balosini yoʻqotishda ham samarali vositadir ” - Prezidentimizning mazkur soʻzlari raqamlashtirish nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni taʼminlashi, balki korrupsiya va qora iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun samarali vosita sifatida qayd etilishi bilan ahamiyatlidir.
Xulosa oʻrnida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari toʻliq amal qiladigan demokratik davlat qurishga hamda mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga keng qulaylik yaratish va uni yuritishni soddalashtirish, yangi innovatsion gʻoyalar realizatsiyasiga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biri ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi 21-asrning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir.Albatta bugungi kunni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin albatta.Aql-zakovat va ilm -taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning choʻqqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda koʻzga tashlanadi. Toʻrtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi koʻrinishi -“raqamli iqtisodiyot” boshlanganini anglatadi.Bugungi kunda biz yaqin kelajakda erishmoqchi bo‘lgan ulkan maqsadlarga egamiz.Buning uchun bizga albatta yetuk kadrlar,mutaxassislar kerak. Raqamli texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko’p jihatdan ta’sir qiladi, shu jumladan yangi aloqa va hamkorlik vositalari orqali; xizmat ko’rsatishning kuchli tarkibiy qismiga ega bo’lgan yangi mahsulotlar; ma’lumotlarning iqtisodiy o’sish omili sifatida roli; sun’iy intellect (AI) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish; va platformalar kabi yangi biznes modellarining paydo bo’lishi. Shu sababli raqamlashtirish bizning hayotimiz va birgalikda ishlash tarzimizni tubdan o’zgartiradi.Bu butun davlat rivojlanishi va farovonligi demakdir.Shuningdek,barcha sohalarda korxonalar, tashkilotlar uchun samaradorlik, vaqt, bandlike,ko’nikma,daromadlarni to’g’ri taqsimlash ,atrof muhit va tashqi olamga katta ta’sir ko’rsatadi.Hozirda biz asosan O’zbekiston rivojlangan davlatlarqatorida bo’lish uchun harakatdan to'xtamasligimiz zarur.Xorijiy davlatlarda bizga qaraganda raqamli iqtisodiyot ancha rivojlangan.Iqtisodiyotning raqamlashishi bu mamlakat taraqqiyoti uchun muhim.Bugungi kunda raqamli iqtisod rivojlanishi barcha sohalarrivoji bilan chambarchas bog’liq.Asosiy qism. Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda dolzarb mavzulardan biridir.Asosan bu mavzuni O’zbekistonda qanday rivojlantirish bu biz yoshlar qo’lidadir. ”Raqamli iqtisodiyot’’ atamasi birinchi bo’lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan. “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da xavf-xatar” (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo’tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog’lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiyatarmoqlari) ajratib ko’rsatiladi.Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib boʻlmaydi.Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra, kurrai zaminimiz umumiy boyligining 66 foizi -365 trillion AQSH dollari inson kapitaliga, yaʼni asosan shaxsning ilm darajasiga toʻgʻri kelmoqda. AQSHda ushbu koʻrsatkich milliy boylikning 77 foizi -95 trillion dollarga yetgan. Shuning uchun davlatimiz rahbari joriy yil Murojaatnomada “Eng katta boylik -bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros -bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik -bu bilimsizlikdir!”degan fikrni alohida keltirib oʻtdi.Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u hozirning oʻzida milliy yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-yilning oʻzida transport, geologiya, taʼlim, arxiv kabi sohalarni toʻliq raqamlashtirish belgilangan edi. Zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “IT-park”lar ham fikrimiz dalilidir.Aholining barcha qismida ham raqamli malakaning yetarli emasligi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻldagi yana bir toʻsiq boʻlib kelgan. Shuningdek, raqamli tovar aylanmasi ham past hisoblandi. Bu borada texnologiya olamida koʻpchilikka maʼlum boʻlgan “Microsoft” korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir fikrini eslash oʻrinli: “Tez orada Yer sharida faqat ikki tur kompaniyalar mavjud boʻladi. Birinchisi, internet orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompaniyalar”. Tadbirkorlar mana shu jihatni inobatga olgan holda, dunyoga mashhur biznes isteʼmolchi uchun, biznes biznes uchun, isteʼmolchi isteʼmolchi uchun tamoyillari asosida oʻz faoliyatini tashkil etishi maqsadga muvofiq.O‘zbekiston raqamli sanoat bozorini shakllantirish uchun uchta muhim shartni belgilab olish zarur.Raqamli muhitni me’yoriy tartibga solish (konsepsiya, dastur va qonun), infratuzilmaviy rivojlanish (data markaz, mobil, internet, biznes va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish qurilmalari) va mutaxassislarni tayyorlash sog‘lom bozorni yaratishda tirgak bo‘ladi.Raqamli iqtisodiyot bu -real voqe’llikni to‘ldirib turadigan virtual muhitdir.Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash. Horij tajribasini hisobga olgan holda blokchetn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish kabi bir qancha vazifalarni oldimizga maqsad qo’yib va uni amalga oshirish kerak.Raqamlashtirish iqtisodiyoti iqtisodiyotning alohida sohasi sifatida ikkita sababga ko'ra mavjud. Birinchidan, yangi iqtisodiy modellar kerak, chunki raqamli dunyoda ma'lumot haqidagi ko'plab an'anaviy taxminlar endi mavjud emas. Ikkinchidan, raqamlashtirish natijasida hosil bo'lgan ma'lumotlarning yangi turlari tahlil qilish uchun yangi usullarni talab qiladi.Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalarni qo’llab-quvvatlagan holda qulay ekotizmni yaratishi lozim.Click, Payme, M-bank, Upay, Oson va boshqa onlayn toʻlovlarga imkon beruvchi toʻlov tizimlari mavjud boʻlishiga qaramay mobil toʻlovlar, internet, kommunal toʻlovlar uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish koʻrsatkichi yuqori emas. 2017-yilda 34 foiz hisob egalari raqamli toʻlovni amalga oshirgan. Solishtirish uchun bu koʻrsatkich Buyuk Britaniyada 96 foizga teng. Bizda shu sohani rivojlantirib elektron tijoratni,elektron o’tkazmalarni rivojlantirishimiz zarur.Raqamli to’lov O’zbekistonda 34 foizni tashkil etayotgan bo’lsa,biz bu ko’rsatkichni 100 foizga chiqarish zarur. Asosan kiberxavfsizlik ham raqamli iqtisodiyotning muhuim sharti, nozik joyi desak ham bo’ladi.Iqtisodiyotni raqamlashtirganimizdan so’ng albatta xavfsizlik choralarini ham mukammal bartaraf etish kerak.Raqamlashuv va kiberxavfsizlik tushunchalari doimo yonma-yon keladi. Chunki barcha tizim va jarayonlarni raqamlashtirish bilan birga, ularning texnik jihatdan mukammal va bexato ishlashini, xavfsizligini taʼminlash muhim hisoblanadi. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qanchalik eʼtibor qaratilayotgan boʻlsa, kiberxavfsizlikni taʼminlash ham shuncha dolzarblik kasb etmoqda. Oʻzbekiston kiberxavfsizlik global indeksida oʻzi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. 2017-yilda mamlakatimiz bu reytingda 93-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2018-yilda 52-oʻringa koʻtarildi.Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir koʻrinishi boʻlish bilan axborotlarni saralab olishga xizmat qiluvchi yuksak maʼnaviyatdan oʻzgacharoq tushuncha. U koʻproq texnik jarayonlarga oid boʻlib oddiy foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy tarmoqlar, toʻlov tizimlarida ishonchli va mustahkam parollarni oʻrnatish, oʻz shaxsiy kompyuteri va smarfonini viruslardan himoyalashni anglatadi. Kengroq maʼnoda esa kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil ilovalar va qurilmalarning himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bu maʼlumotlar konfidensialligini saqlash, ularning butunligini himoyalash, u yoki bu sayt, ilova, dasturning toʻlaqonli ishlashini anglatadi.“Kiberxavfsizlik markazi” DUK tahlillariga koʻra, 2019-yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga toʻgʻri keladi.Oʻzbekistonda barcha tizimla vaqt sayin,kun sayin raqamlashmoqda. Ayniqsa, koronavirus tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga boʻlgan talab yana-da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan toʻlovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy taʼlim olish, dunyoning yirik kutubxonalaridan foydalanish va hatto ishlash mumkin. Raqamli xizmatlar anʼanaviy turga qaraganda qogʻozbozlik, rasmiyatchilikning yoʻqligi, vaqtni tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat xizmatlarini raqamli koʻrinishda olsangiz, sizga belgilangan toʻlovning 10 foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi.Raqamlashtirish katta va misli ko’rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan birga, bunday transformatsion texnologiyalarni rivojlanishida jiddiy noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Hukumatlar jamiyat uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar va ushbu paydo bo’layotgan texnologiyalar ularning boshqaruv faoliyatida yuzaga keladigan tanqidiy muammolarni chuqurroq tushunishga intilishlari kerak.
Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har bir mamlakat rivojlanishi uchun yangi-yangi o’zgarishlar, g’oyalar ,vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadigan yangicha tartiblar bo’lishi lozim.Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi.Davlatimiz raxbari ta’kidlaganlaridek “iqtisodiyotni shakllantirish ko’p mablag’ va mehnat talab qiladi. Ammo biz bundan qo’rqmasdan raqamli iqtisodiyotni shakllantirishimiz kerak. Bu ishni bugundan, hozirdan ma’sulyat va qai’iyat bilan boshlashimiz lozim. Mamlakat rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun har bir shaxs mas’ul. Har birimiz bu masalagajiddiy qarashimiz lozim”.Mamlakatimiz hayotida ham raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o’tkazilishi, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o’tkazilmoqda.Asosan ta’limda ham elektron platformalarning tashkil etilib,yuritilishi. Albatta bu soha ya’ni raqamlashtirish to’xtab qolmasligi lozim va boshqa sohalarda ham raqamli iqtisodiyotga o’tish ishlari jadal ravishda amalga oshirilishi kerak.