III.Yangi mavzu bayoni (monitordan 10-11 slaydlar ko’rsatiladi) 410- misol. Sonning kvadrati va kubi jadvallaridan foydalanib, n ning qiymatini toping:
a) n2 =169 n = 13 b) n2=10000 n = 100
d) n3=729 n=9 e) n3=343 n= 7
O’qituvchi: O’quvchilar, men sizlarga ”Kelajakda kim bo’lmoqchisiz?” savoli bilan murojaat qilmoqchiman.
1-o’quvchi: Men kelajakda tadbirkor bo’lmoqchiman.Mamlakatimizning nufuzi va qudratini yanada oshirib, ko’rkam inshootlar,qulay uy-joylar va binolar qurish niyatidaman.
2- o’quvchi: Mening sizga o’xshagan matematika fani o’qituvchisi bo’lish orzuim bor. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda o’z hissamni qo’shmoqchiman.
O’qituvchi: Juda yaxshi o’quvchilar. Yurtboshimiz I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir” asarlarida tadbirkorlik va yoshlar kelajagi haqida muhim fikrlar keltirilgan. Sizlar ham bu asarni kutubxonadan olib o’qishlaringizni tavsiya qilaman.