Diversifikatsiya - bu mahsulotlarning xilma-xillik darajasini, faoliyat turlarini va boshqalarni tavsiflovchi hodisa. korxonada. Mahsulot liniyasi qanchalik keng bo'lsa yoki bir-biriga bog'liq bo'lmagan tarmoqlar qanchalik ko'p bo'lsa, kompaniyaning diversifikatsiya darajasi shunchalik yuqori bo'ladi.

Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda i. t. va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (masalan, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. Bundan tashqari uning kredit diversifikatsiya koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obʼyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday diversifikatsiya tarmoklararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayi-shi bilan bogʻliq.