Fan nomi: Konchilik korxonalari elektr ta„minoti va elektrlashtirish Ma‘ruza mashg‘ulotini olib boradi


  Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi



Yüklə 465,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix31.12.2021
ölçüsü465,61 Kb.
#49967
1   2
2 5321556353389433775

1.2.  Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi 

Bugungi  rivojlanish  bosqichida  elektr  energiyasiga  bo„lgan  ehtiyojni 

qondirish,  mavjud  elektr  stansiyalar  va  tarmoqlarni  modernizatsiya  va 

rekonstruksiya  qilish,  yuqori  samarali  energiya  ishlab  chiqarish  texnologiyalari 

asosida yangi ishlab chiqarish ob‟ektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish 

tizimini  takomillashtirish,  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalaridan  foydalanishni 

rivojlantirish  hisobiga  yonilg`i-energetika  resurslarini  diversifikatsiyalash  elektr 

energetika  sohasining  asosiy  maqsadi  hisoblanadi.  2021  yilgacha  energetikani 

rivojlantirishning  barcha  sohalariga  tegishli  52  ta  investitsiya  loyihasini  amalga 

oshirish ko„zda tutilgan. 

Respublika  elektr  energetikasi  xaqli  ravishda  O‟zbekiston  iqtisodiyotining 

asosiy  tarmoqlari  tarkibiga  kiradi.  U  yirik  ishlab  chiqarish  va  ilmiy-texnik 




imkoniyati  bilan  iqtisodiyotning  rivojlanishi  va  xalq  farovonligiga  salmoqli  hissa 

qo„shib kelmoqda. 

Energetika  vazirligi  elektr  energetika  sohasidagi  maxsus  vakolatli  organ 

bo`lib,  respublika  iqtisodiyoti  tarmoqlari  va  aholisini  markazlashtirilgan  holda 

elektr  energiyasi  bilan  ta‟minlaydi,  shuningdek  respublikaning  bir  qator 

shaharlaridagi sanoat va kommunal-maishiy iste‟molchilariga issiqlik energiyasini 

yetkazib beradi. 

Ishlab  chiqarish  texnologik  jarayonining,  elektr  energiyasini  taqsimlash  va 

iste‟mol  qilishning  o„ziga  xosligi  jamiyat  tarkibiga  kiruvchi  elektr  stansiyalar, 

magistral  va  taqsimlovchi  elektr  tarmoqlarini  markazlashtirilgan  holda 

boshqarishni saqlash zarurligini taqozo etadi. 

Elektr  energiyasini  hosil  qiluvchi  korxonalardan  umumiy  uzunligi  8,8 

mingdan  ortiq  bo„lgan  220-500  kV  quvvatli  magistral  elektr  tarmoqlari  orqali 

hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari 

“O‟zelektrtarmoq”  unitar  korxonasi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Elektr 

energiyasini  respublika  iste‟molchilariga  sotish  har  bir  hududiy  tuzilmada 

aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko„rsatuvchi 14 ta hududiy taqsimlash-sotish 

korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. 

Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr 

uzatish liniyalari va kuchlanishi 110 kV gacha bo`lgan kichik stansiyalar mavjud. 

Umumiy  uzunligi  196  ming  kilometrdan  ortiq  0,4-6-10  kV  kuchlanishli 

elektr tarmoqlari eng keng tarqalgan bo„lib, ular orqali elektr energiyasining ko„p 

qismi respublika iste‟molchilariga yetkazib beriladi. 

“O‟zbekenergo”  AJ  loyihalash,  qurilish-montaj  va  sozlash  ishlarini  amalga 

oshiruvchi  hamda  elektr  stansiyalari  va  tarmoqlarining  asosiy  va  yordamchi 

uskunalarini ta‟mirlash va ulardan foydalanish bilan shug`ullanuvchi yagona ishlab 

chiqarish majmuasi hisoblanadi. 

Issiqlik 

energiyasi 

sohasidagi 

tadbirlarni 

amalga 


oshirish 

bilan, 


energobloklarning  foydali  ish  koeffitsiyenti  60  foizgacha  yetadigan  yuqori 


samarali  bug„-gaz  va  gaz-turbina  qurilmalari  asosida  zamonaviy  energiya  ishlab 

chiqarish texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi. 

Shuningdek,  elektr  energiyasini  yetkazib  berishni  nazorat  qilish  va 

hisoblashning  avtomatlashtirilgan  tizimini  joriy  etish  bilan  respublikaning  barcha 

hududida  loyihani  bosqichma-bosqich  amalga  oshirishni  nazarda  tutadigan  elektr 

energiyasini  hisoblash  tizimini  modernizatsiya  qilish  masalalariga  alohida  e‟tibor 

qaratilmoqda. 

Noan‟anaviy  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalaridan  foydalanishni 

rivojlantirish  sohasida,  Samarqand,  Navoiy  va  Surxondaryo  viloyatlarida  quvvati 

100  MVt  dan  bo„lgan  quyosh  elektr  stansiyalarini  hamda  Navoiy  viloyatida 

quvvati 102 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. 

Zamonaviy texnologiyalar va energiya tejovchi uskunalarni joriy etish bilan 

belgilangan  dasturni  amalga  oshirish,  elektr  energiyasini  yetkazib  berish  uchun 

maxsus  yonilg`ining  solishtirma  sarfini  10  foizgacha  qisqartirish  bilan  elektr 

energiyasini  ishlab  chiqarish  samaradorligini  sezilarli  darajada  oshirish,  yoqilg`i 

energetika balansining diversifikatsiyasini qattiq yoqilg„ining ulushini 2016 yildagi 

5,2  foizdan  2021  yilda  7,1  foizgacha  ko„tarish  bilan  amalga  oshirish  va 

iste‟molchilarning  ortib  borayotgan  elektr  energiyasiga  bo„lgan  ehtiyojini 

qondirish imkonini beradi. 

O‟zbekiston  o„z  energetik  resurslari  hisobidan  o„zining  ehtiyojini  to„liq 

ta‟minlovchi  mamlakatlar  qatoriga  kiradi.  Markaziy  Osiyo  Birlashgan  energetika 

tizimidagi  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  quvvatlarining  deyarli  50% 

respublikaga tegishlidir. 

2012-yilda  elektr  energiyasiga  bo‟lgan  ehtiyoj  59,3  mlrd  kVt*soat  tashkil 

qilgan  bo‟lib,  bu  ko‟rsatgich  2019-yilda  66,7  mlrd  kVt*soatga  yetgan.      Bundan 

ushbu  davr  mobaynida  elektr  energiyasiga  bo‟lgan  ehtiyoj  12%ga  oshganligini 

ko‟rish  mumkin.  O‟z  navbatida  2012-yilda  ishlab  chiqarilgan  elektr  energiya 

qiymati  52,9  mlrd  kVt*soatga  teng  bo‟lgan  bo‟lsa,  2019-yilga  kelib  63.5  mlrd 

kVt*soat  elektr  energiya  ishlab  chiqarilgan.  Ushbu  raqamlar  asosida  2012-yilda 



ishlab chiqarilgan elektr energiya va unga bo‟lgan talab  12%ga farq qilgan bo‟lsa, 

bu ko‟rsatgich 2019-yilga kelib 5%gacha qisqargan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

2020-yilda  ishlab  chiqarilgan  elektr  energiya  hajmi  68,7  mlrd  kVt*soat, 

iqtisodiyot  taqmoqlarida  is‟temol  qilingan  elektr  energiyasi  42,7  mlrd  kVt*soat, 

aholi tomonidan elektr energiyasining iste‟moli 14,4 mlrd kVt*soatni tashkil etishi 

kutilmoqda.  

Hozirgi  kunda  davlatimiz  iqtisodiyotiga  oid  sohalarda  keng  qamrovli  ijobiy 

islohotlarni  olib  borilayotganligi  va  buning  natijasida  iqtisodiyot  tarmoqlaridagi 

ishlab  chiqarish    salohiyati  yildan-yilga  oshib  borayotganligini  kuzatish  mumkin. 

Bu esa o‟z navbatida  elektr energiyaga bo‟lgan talabni ham oshishiga olib keladi.  

Xususan,  elektr  energiyasining  ishlab  chiqarish  va  iste‟mol  qilishning 

taxminiy  dinamikasiga  ko‟ra  2030-yilda  iqtisodiyotga  oid  sohalar  tomonidan 

iste‟mol qilinishi kutilayotgan elektr energiya qiymati 85 mlrd kVt*soatga yetishi 

yoki  2020-yilga  nisbatan  99%  oshishi  kutilmoqda.  Aholining  elektr  energiya 

iste‟moli esa 21,9 mlrd kVt*soatga teng bo‟lishi taxmin qilinyapti. 




2030-yilga  kelib    elektr  energiya  ishlab  chiqarish  qiymati  120,8  mlrd 

kVt*soatni  tashkil  etishi  yoki  2020-yilga  nisbatan  qariyb  80%ga  oshish  ehtimoli 

kutilyapti.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

2019-yilgi 



elektr 

energetika 

tizimidagi 

yuklanishlar 

sarhisob 

qilinganda qish faslidagi maksimal va 

minimal  yuklanish  mos  ravishda 

10,4GVt  va  8,1  GVtni  tashkil  etgan. 

Yoz  faslida  esa  maksimal  yuklanish 

9,4GVt,  minimal  yuklanish  esa  6,4 

GVtga 

yetgan. 


Energotizimning 

yuklanishi  nafaqat  kun  davomida, 

balki 

yil 


davomida 

ham 


teng 

taqsimlanmagan.  

Hozirgi  vaqtga  kelib  O‟zbekistondagi  ishlab  chiqarilayotgan  elektr 

energiyaning  84,7%  yoki  11GVt  Issiqlik  elektr  stansiyalarida,  14,3%  yoki  1,85 

GVt  gidro  elektr  stansiyalarida,  qolgan    1%  esa  blok-stansiyalar  ulushiga  to‟g‟ri 



keladi.  Hukumatimiz  tomonidan  qabul 

qilingan  “2020-2030  yillarda  O`zbekiston 

Respublikasini 

elektr 


energiya 

bilan 


ta'minlash  konsepsiyasi”ga ko‟ra 2030-yilga 

kelib  IES  (gaz)larda  13,4  GVt  (45%), 

GESlarda 3,8GVt (13,1%),  FESlarda 5 GVt 

(17,3%),  SHESlarda  3  GVt(10,4),    AESda 

2,4GVt(8,  3),    IES(ko‟mir)larda  1,7 

GVt(5,9%)    elektr  energiya  ishlab  chiqarish 

ko‟zda tutilgan. 

Elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste‟mol qilish texnologik 

jarayonining o`ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektrostansiyalar, magistral 

va taqsimlovchi elektr tarmoqlari bilan birgalikda markaziy boshqaruvni saqlashni 

taqozo etadi. 

 

Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan, umumiy uzunligi 8,8 ming 



kilometrdan ortiq bo„lgan 220 - 500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali 

hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari 

“O‟zelektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Respublika  iste‟molchilariga  elektr  energiyasini  sotish  har  bir  hududiy 

tuzilmada  aksionerlik  jamiyati  sifatida  faoliyat  ko„rsatuvchi  o„n  to„rtta  tarqatish-



sotish  hududiy  elektr  tarmoqlari  korxonalari  tomonidan  amalga  oshiriladi. 

Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish 

liniyalari va kuchlanishi 110 kVgacha bo`lgan podstansiyalar bor. 

Respublika iste‟molchilariga elektr eneregiyasini yetkazib berish asosan eng 

sertarmoq  kuchlanishga  ega  0,4-6-10  kVli  uzunligi  196  ming  kilometrdan  ortiq 

bo„lgan elektr tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. 

Issiqlik energiyasi sohasidagi  tadbirlarni  amalga oshirish energobloklarning 

foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori samarali bug„-gaz va gaz-

turbina 

qurilmalari 

asosidagi 

zamonaviy 

energiya 

ishlab 


chiqarish 

texnologiyalarini joriy etishi mkonini beradi. 

Rejalashtirilgan  dasturni  amalga  oshirishda  zamonaviy  texnologiyalarni  va 

energiya  tejovchi  tejamkor  uskunalarni  joriy  etish  bilan  10  foizgacha  elektr 

energiyasini  yetkazib  berish  uchun  yoqilg`i  sarfini  kamaytirish  hisobiga  elektr 

energiyasini  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishga  hamda  iste‟molchilarning 

elektr  energiyasiga  bo„lgan  talabini  qondirishga,  yoqilg`i  va  energiya  balansini 

diversifikatsiya qilishga erishiladi.   



Nazorat savollari: 

1. O„zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi ? 

2. Elektr stansiya turlari haqida ma‟lumot ? 

3.  O`zbekistonda  nechta  elektr  stansiyalari  bor  va  ularni  o`rnatilgan  quvvatlari 

qancha ? 

4. Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi ? 



 

 

 



 

Yüklə 465,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin