Fan-texnika taraqqiyoti



Yüklə 20,25 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü20,25 Kb.
#35762
1   2
Texnologiya (grekcha: „techno“ — hunar, usta va „logos“ — fan, taʼlim)[1] — ilmiy-praktika asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari.

Texnologiya (yunoncha techne — sanʼat, mohirlik, uquv) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqalar.

Masalan, qurilish ishlari texnologiyasi bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan: yer ishlari (yerni tekislash, kotlovan va transheyalar kazish); poydevor yotqizish; devor tiklash (gʻisht terish, panel oʻrnatish); antiseysmik belbogʻlar va temirbeton ustunlar ishlash; qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k. Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Mas., pardozlashda avval devor tekislanadi (mayaklar oʻrnatiladi), qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz (oboy) yopishtiriladi.

Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot va 6.) shunchalik sifatli boʻladi. Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iboratexnologiya Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanib va oʻzgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, tipaviy texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona tartibi boʻlishi lozim.



Texnika (techne — mahorat, sanʼat) — moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Asosiy vazifasi — inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qaʼrini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni oʻzlashtirishga imkon beradi.

"T." termini biror ish (hunar) yoki sanʼatda qoʻllaniladigan usullarni ham bildiradi (mas., toʻquvchilik T.si, etikdoʻzlik T.si, shaxmat oʻyini T.si va boshqalar).

T. vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot i. ch. zaruriyati tugʻilishi bilan yangidanyangi T. yaratiladi. T. tarixi ibtidoiy jamiyatga borib takaladi. Umuman T. tarixini quyidagi 7 bosqichga boʻlish mumkin: 7— oddiy i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 2 — murakkabroq i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 3 — odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollari yaratilishi; 4 — manufaktura i. ch. sharoitida mashina T.sining yaratilishi; 5 — ilgʻor mamlakatlarda bugʻ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo boʻlishi; 6 — elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7 — avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik T.ning taraqqiy etishi, axborotlar texnologiyasi (mas., internet)ning rivojlanishi.

T.ning evolyutsiya bosqichi ancha uzoqqa choʻziladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida dastavval tosh qurollar, keyinchalik oʻqyoy, loydan yasalgan idishlar, tosh bolta va mis qurollar paydo boʻlgan.

Keyinchalik (mil. av. 4 — 3 ming yillikda) jezdan yasalgan mehnat qurollari vujudga keldi. Keyinroq temir eritish va undan foydalanishga oʻtildi. Xitoyda mil. av. 2357 yillardayoq temir maʼlum edi. Mustahkam mehnat qurollariga boʻlgan talab poʻlat ishlab chiqarish.ga olib keldi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari, charxpalak paydo boʻldi.

Harbiy T.da oʻq yoydan tashqari poʻlat qilichlardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik qurilishda turli yuk koʻtarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar yoʻllarini yaqin qilish maqsadida suvdan foydalanish uchun daraxt tanasidan qayiq yasashni oʻrgandilar. Keyinchalik koʻp eshkakli kemalar paydo boʻldi. Toʻqimachilik dastgohlari yaratildi. Keyingi davrlarda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik rivojlandi. Yelkanli kemalar, shamol tegirmonlari yaratildi. Texnikada gʻildirakli ogʻir va yengil pluglar paydo boʻldi.

15—16-asr asrlarda ancha takomillashgan domna pechlari qurildi. Asosiy dvigatel oʻrnida gidravlik mashinalardan foydalanildi. Bu davrda konchilik, metallurgiya rivojlana boshladi (qarang Kon sanoati). Harbiy T.da oʻt ochish kurollari, mashina va mexanizmlar paydo boʻldi.

18-asr oxirida bugʻ mashinasi va toʻqimachilik mashinalarining paydo boʻlishi sanoatda inqilobning boshlanishidan darak berdi.

19-asrda bosma mashina, telegraf apparatoʻ, fotografiya, ichki yo’nuv dvigateli, samolyot, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, t.y. transporta rivojlandi va boshqa 20-asrda elektr energiyasidan foydalanish kuchaydi, aviatsiya, atom texnikasi, hisoblash texnikasi, elektronika, televideniye, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika va boshqa taraqqiy etdi. 21-asr boshlaridan axborotlar texnologiyasi (internet, uyali telefon va boshqalar) rivojlana boshladi.

Qanday vazifani bajarishiga qarab, T. ishlab chiqarish va ishlab chiqarish. da katnashmaydigan T.ga (maishiy xizmat koʻrsatish, i.t., maorif va madaniyat, harbiy, tibbiyot T.siga) ajraladi. Ishlab chiqarish T.siga mashinalar, mexanizmlar, asboblar, mashina, texnologik jarayonlar, boshqariladigan apparatlar, sanoat binolari va inshootlari, yoʻllar, koʻpriklar, kanallar, transport, kommunikatsiya, aloka vositalari va boshqa kiradi. Ishlab chiqarish T.sining faol qismi mashinadir. Unga texnologik mashinalar — metallga ishlov berish, qurilish, togkon, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi., toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz tayyorlash mashinalari va boshqa, transport mashinalari — avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar va boshqa, konveyerlar, elevatorlar, kranlar va boshqa, nazoratboshqarish va xisoblash mashinalari — elektr mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va boshqa kiradi. Texnika texnika vositalari orasida energiya hosil qilish va uni bir turdan ikkinchisiga aylantirishga xizmat qiladigan energetika T.sining axamiyati katta. Harbiy T. (tanklar, artilleriya, raketa qurilmalari, uchish apparatlari, suv osti va suv usti kemalari va boshqalar) aloxida T. vositalari guruhini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish.da qatnashmaydigan T.ga maishiy xizmat koʻrsatish T.si (kir yuvish, oshxona mashinalari va boshqalar); transport T.si (yengil avtomobillar, velosipedlar va boshqalar); sport T.si (poyga mototsikllari va boshqalar) kiradi. Ishlab chiqarish.ning tarmoq strukturasiga qarab (mas., sanoat T.si, transport T.si, q. x. T.si) yoki i. ch. ning aloxida struktura boʻlinmalariga qarab (mas., aviatsiya T.si, melioratsiya T.si), baʼzan T. aloxida tarmoqlarining tabiiyilmiy asosiga qarab (mas., yadro T.si, sovitish T.si, xisoblash T.si va boshqalar) tasniflanadi.

Unumdorlik, puxtalik va tejamlilik T.ning eng muhim koʻrsatkichlaridir. T.ning unumdorligi vaqt birligi ichida tayyorlangan (ishlov berilgan, tashilgan va boshqalar) mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. T.ning puxtaligi zarur miqdorda sifatli mahsulot berish xususiyati yoki texnologik vazifani belgilangan muddatda bajarish bilan ifodalanadi. T.ning te jamliligi ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya, yordamchi qurilmalarning tannarxi bilan belgilanadi.



3. Bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tish  sharoitida  fan-texnika  taraqqiyotining uchta asosiy yo‘nalishidan  foydalanish mumkin:
a)  an’anaviy  yo‘nalish; 
b) zamonaviy  yo‘nalish; 
v) istiqbolli,  ustuvorlik yo‘nalishlar. 
An’anaviy  yo‘nalishga  elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman avtomatlashtirish,  kimyolash kiradi. Zamonaviy  yo ‘nalishga  elektronizatsiyalash,  kompleks  mexanizatsiyalash,  kompleks  avtomatlashtirish(robotlashtiris, kompyuterlashtirish),atom  energetikasini  jadal  rivojlantirish, yangi  materiallarni  ishlab chiqarish  va  ularga  ishlov  berish, hozirgi  davr  talabiga javob  beradigan  texnologiyalami  qo‘llash, undan  foydalanishda  texnologiyaning  ekologiyaga  salbiy  ta’sirini  kamaytirish,  imkoni  boMsa  butunlay  yo'qotish  yo‘llari kiradi. 
Afzallik, ustuvor yo ‘nalishlarga quyidagilar kiradi: 
-elektronizatsiyalash,  biotexnologiyani  keng  joriy  etish, iqtisodiy informatikani  
ko‘paytirib,  rivojlantirib,  ishlab  chiqarishni  to ‘la  axborotlashtirish, fundamental fanlar  bo ‘yicha izlanishlarni  kuchaytirish; 
- yangi,  ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish; 
texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xom ashyo va materiallaming  eng  yangi turlarini  yaratish; 
-  mavjud  mashina  va  mexanizmlami.  asbob-uskuna  hamda  
jihozlam i  modemizatsiyalash. 
Bozor  iqtisodiyotiga  kirib  borish  munosabati  bilan  ilm-fan  
sohasiga  turli  atam alar  va  tushunchalar  kirib  kelmoqda. 
Masalan, «Nau-xau», innovatsiya, lizing, texnopolis,  venchur,  
injmering, tender, nanotexnologiya va h.k.lar, 
«Nou-xau»  -  bu, texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat  bilimlari va  tajribaning yig‘indisi bo’lib , almashish predmeti hisoblandi. 
«Nouxau»  tipidagi  axborot  (informatsiya)  raqobatli  ishlab  chiqarishning, savdoning omili  sifatida  ro ‘y  benshi  mumkin. 
«Nou-xau»ning  eng  xarakterli,  tavsifif tomoni  -bu,  texnik bilimlarning  yangiligida va  aniq,  ishlab  chiqarish  va  tijorat vazifalarini  
bajarish  uchun  foydaliligidadir.  Uni amalga  oshirishda shartnoma  tuziladi:  har xil chizmalar,  loyihalar,  smeta (boiadigan  kirimchiqim  hisobi),  texkartalar,  metodikalar  (biror  narsaga  o ‘rgatish  usullari),  formulalar  (shartli  belgilar  bilan 
ifodalangan  matematik  miqdorlar),  texnik  m a’lumotlar  va  h.k. 
tanishtiriladi.  Eksporter  bu  m a’lumotlarni  yetkazib  beradi, 
importer esa qabul  qilib  oladi. 

4. Har qanday хo`jalik yuritish shaklining muayyan bir ijtimoiy- iqtisodiy tizimda vujudga kеlishi va rivojlanishining asosiy shartlaridan biri uning samaradorligi darajasi bilan bеlgilanadi. Samarali хo`jalik yuritish raqobatli bozor muhitida хo`jalikning yashovchanligi va taraqqiyotini bеlgilab beruvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan iqtisodiy rеsurslar (yer, kapital, mеhnat va boshqalar) chеklangan xarakterga ega bo`lib, bu holat ulardan imkoni boricha unumli, samarali foydalanishni talab etadi.

Ishlab chiqarish samaradorligi - juda murakkab iqtisodiy katеgoriya. U obyektiv iqtisodiy qonunlar, ijtimoiy ishlab chiqarishning asosini ifoda etuvchi – natijani, ya’ni oqibatni aks ettiradi. Oqibat yoki natija har qanday faoliyatning maqsadidir. Samara tushunchasi bilan iqtisodiy samara tushunchasini farqlash kerak.

Samara bu kеng tushuncha bo`lib, har qanday tadbir yoki faoliyatning natijasida, o`g`itlardan foydalanish samarasi, ekinlar hosildorligi oshishida, yеm-хashak samarasi, chorva mahsuldorligi oshishida ifodalanadi. Ammo bu samara, ya’ni hosildorlik va mahsuldorlikning oshishi bu tadbirlar qanchalik foydaliligini ko`rsatmaydi. O`g`it va yеm-хashaklardan foydalanish bilan bog`liq хarajatlarning qoplanganlik darajasi shu хarajatlar bilan olingan natija daromad bilan taqqoslangandagina ma’lum bo`ladi. O`g`it va yеm-хashakdan foydalanish natijasida ekinlar hosildorligi, chorva mollari mahsuldorligini oshuvi bu tadbirni tехnik samaradorligini ifoda qilsa, tadbirni o`tkazish bilan bog`liq хarajatlar bilan, buning natijasida olingan daromadni taqqoslash iqtisodiy samaradorlikni ifodalaydi.

Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish vositalari va jonli mеhnatni qo`llash orqali olingan foydali natijani yoki jami rеsurslar birligiga olingan natijani ifoda etadi. U yoki bu tadbirga baho berishda yoki uning o`lchamlarini aniqlashda iqtisodiy samaradorlik mеzonini bilish kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korхona to`la iqtisodiy va huquqiy mustaqillikka ega bo`lganligi uchun asosiy maqsadi o`ziga biriktirilgan rеsurslardan to`la va samarali foydalanishga qaratilgan bo`lib, shu rеsurslar birligiga qancha ko`p daromad va foyda olsa, raqobat kurashida shuncha ustunlikka ega bo`ladi.



Fermer хo`jaligi faoliyatini baholashda iqtisodiy samaradorlikning asosiy mеzoni sifatida хo`jalik jami хarajatlari birligiga olingan sof foydani qo`llash maqsadga muvofiqdir. Sof foyda katеgoriyasining afzalligi shundaki, bunda ham mahsulot miqdori, sifati, qanday bozorda va qanday bahoda sotilganligi, moddiy va davr хarajatlari qanchalik tеjalganligi o`z aksini topadi. Fermer хo`jaligi qancha ko`p olishga erishsa, turli to`lovlarni (soliq va yig`imlar) to`lagandan so`ng o`z ehtiyojlarini ko`proq qondirishga, хo`jalikni kеngaytirishga imkon beradigan mablag`ga ega bo`ladi.


Yüklə 20,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin