Qisqacha mazmuni : Badiiy matnning tarkiblanishini tadqiq etishdagi muhim
nuqtalardan biri intertekstuallik masalasidir. Mazkur maqolada Erkin Vohidov
she’riyatida intertekstuallikning qanday ko‘rinishlari mavjudligi, uning badiiy
matnni shakllantirishdagi o‘rni, shu bilan birga, intertekstuallikning badiiy tasvir
vositasi sifatida matn quvvatini oshirishi, kitobxonga estetik zavq berishi kabi
masalalar poetik matn misolida yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: she’r, poetika, badiiy matn, nobadiiy matn, intertekstuallik,
estetik zavq, maqol, epigraf, poststrukturalizm, lingvopoetika, xalq maqoli.
Abstract: Problem of textuality is one of the important elements structure
of literary text. The following article discusses questions of different types of
intertextuality in the lyrics of Erkin Vohidov, its role in formation of literary text,
as well as intertextuality as a visual medium for increasing potential of the text,
demonstrating esthetic pleasure to the reader in the example of literary text.
Keywords: poem, poetry, literary text, non-literary text, intertextuality,
esthetic pleasure, proverb, epigraph, post-structuralism,
linguopoetics, folk proverb.
GAPDA BOSH BO‘LAK NECHTA BO‘LADI? Аbdullaev Jumanazar Xudayberdievich ,
GulDU dotsenti ,
Qambarov Maʼrifjon Abduhakimovich ,
GulDU o‘qituvchisi Qisqacha mazmuni: ushbu maqolada grammatik asos bo‘lgan kesim, gapdagi
predikativlik, predikativ munosabatlar, gap va uning yadrosi, bir sostavli gaplarning
turlari bo‘lgan shaxsi aniq gaplar, shaxsi nomaʼlum gaplar, shaxsi umumlashgan
gaplar, shaxssiz gaplar, nominativ gaplar, vokativ gaplar misollar asosida tahlil va
tadqiq qilindi.
Kalit so‘zlar: grammatik asos, bir cho‘qqili sintaktik nazariya, predikativlik,
predikativ munosabat, subʼekt, gapning yadrosi, bir sostavli gaplar, ikki sostavli
gaplar, shaxsi aniq gaplar, shaxsi nomaʼlum gaplar, shaxsi umumlashgan gaplar,
shaxssiz gaplar, nominativ gaplar, vokativ gap, kesim.