MA’RUZALARNING QISQACHA MAZMUNI BİLDİRİ ÖZETLERİ KİTABI ZAMONAVIY KORXONALARDA INNOVATSION STRATEGIYANI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI Eshmuratova Iroda Shuxrat qizi, talaba, Guliston davlat universiteti Qisqacha mazmuni: mazkur maqolada respublikamiz korxonalarida
innovatsion strategiyani takomillashtirish asoslari, jumladan mintaqalarda
ilmiy loyihalarni tashkil etish va joriy etish maqsadida innovatsion faoliyat va
texnologiyalar transferiga mas’ul hududiy markazlar sonini oshirish, fan tizimini
boshqarishni takomillashtirish, ilmiy-innovatsion faoliyatning qonuniy va me’yor
huquqiy asosini kengaytirish, fan sig‘imi yuqori texnologik ishlab chiqarishni
shakllantirish maqsadida etakchi tarmoqlarda hamkorlikdagi qo‘shma dasturlarni
ko‘paytirish kabi jarayonlar o‘rganilib, ulardan amaliyotda samarali foydalanish
tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar : taraqqiyot strategiyasi, ilmiy tadqiqot, ilmiy hajmdor,
innovatsiya, texnologiya, sanoat zonasi.
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INTERNET-MARKETINGDAN FOYDALANISH MEXANIZMI Azamat Djurayevich ZARIPOV , o‘qituvchi O‘ktamov Javohir Nabijon o‘g‘li , o‘qituvchi Guliston Davlat Universiteti, Qisqacha mazmuni: Tezisda raqamli iqtisodiyot tushunchasi, internet-
marketing tushunchasi, raqamli iqtisodiyot sharoitida internet-marketingdan
foydalanish, foydalanishdagi muammolar va kamchiliklar tahlil qilindi. O‘zbekiston
sharoitida internet-marketingdan foydalanish samaradorligini yanada oshirish
haqida takliflar berildi. Internet-marketing mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va
ahamiyati yoritildi.
Kalit so‘zlar: internet-marketing, iste’molchi, biznes, dizayn, reklama,
mediya, kommunikatsiy, vebtarmoq, Customer Relationship Management.
Abstract: In the thesis, the concept of digital economy, the concept of internet
marketing, the use of internet marketing in the conditions of the digital economy, the
problems and shortcomings of its use were analyzed. Proposals were made to further
increase the effectiveness of internet marketing in the conditions of Uzbekistan. The
role and importance of Internet marketing in the country’s economy was highlighted.
Keywords: internet marketing, consumer, business, design, advertising,
media, communication, web network, Customer Relationship Management.