Fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 129,45 Kb.
tarix11.04.2023
ölçüsü129,45 Kb.
#96368
Халқаро конференция 2023 ТДТУ КАФ СИМ Ахборот хати





O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA' LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI


АXBOROT XАTI

2023 yil 2 may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida iqtisod fanlari doktori, professor M.A.Mahkamova xotirasiga bag‘ishlangan “Iqtisodiyot va sanoatni boshqarish: muammolar va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Konferensiyada raqamli iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va sanoat korxonalarida ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlar, zamonaviy menejment, korporativ boshqaruv masalalari, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va tarmoqlaridagi biznes jarayonlar, shuningdek, iqtisodiyotning umumiy iqtisodiy va tashkiliy-texnik muammolari yechimiga bag'ishlanadi.
Maqola (tezis) topshirishning ohirgi muddati – 2023 yil 15 aprel.


Konferentsiya mavzusining asosiy yo'nalishlari:
1- sho'ba: Iqtisodiyot va sanoatni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy masalalari .
2- sho'ba: Korporativ boshqaruv: nazariya, amaliyot va xorijiy tajriba.
3- sho'ba: Raqamli iqtisodiyotda sanoat tuzilmalaridagi biznes jarayonlar.
4- sho'ba: Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida umumiy iqtisodiy masalalar.
5- sho'ba: Milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning tashkiliy-texnik masalalari.


Konferensiyaga taqdim etiladigan maqolalar (tezislar) tayyorlash tartibi: Maqola (tezislar) o'zbek, rus yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin. Maqola (tezis) matni MS Word-2003 formatida, A4 formatida, shrift Times New Roman 12 kegl. Matn hajmi: to'rt tomonning chekkalari - 2 sm, satrlar oralig'i 1,25 sm, shrift - 12. Times New Roman, WORD 97-2003 muharriri elektron versiyasida bo'lishi lozim. Sahifaning o'ng tomonida familiyasi, ismi (to'liq), ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, lavozimi, ish joyi (to'liq). Ish hajmi 3 betdan oshmasligi kerak (jadvallar, rasmlar va Internet-resurslar bilan birgalikda nashrlar ro'yxati). Alohida varaqda mualliflar to'g'risidagi ma'lumotnoma (masalan, ismi,sharifi va lavozimi, mobil telefon raqami (kod bilan) va maqola (tezis) nomi o'zbek, rus va ingliz tillarida berilishi kerak. Material matni talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi va elektron shaklda mas'ul shaxslarning Telegram raqamiga yoki elektron pochtasiga yuboriladi. Tashkiliy qo'mitaga kechikib kelgan va talablarga javob bermaydigan maqola (tezis) chop etilmaydi. Maqola (tezis)ni tashkiliy qo'mitaga topshirishning ohirgi muddati - 2023 yil 15 aprel. Konferensiyada faol qatnashgan ishtirokchilar konferensiyaning yalpi majlisida sertifikat bilan taqdirlanishi ko'zda tutilgan. Maqola (tezis) uchun tashkiliy to'lov – 50000 sum.


To‘lov: 8600330416029252 (Nabieva Saidaxon Аbduvaxabovna) karta raqamiga amalga oshiriladi.
Tashkiliy qo'mita haqida ma'lumot: Tashkiliy qo'mita manzili: Toshkent shaxri, Universitet ko'chasi, 2-uy, ToshDTU, “Muxandislik texnologiyalari” fakulteti “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi 5-etaj, 505-xona.
Konferentsiya koordinatori Mirsaidova Shahnoza Areslonbekovna Telefon: (97) 343-19-00
Konferentsiya materiallarini olish uchun mas'ul bo'lganlar:
Baxodirova Xilola Baxodirovna (33) 990-11-15
E-mail: baxodirovahilola90@gmail.com (rus.til)
Yakubova Maxtuma Assatulayevna ( 99) 8616620
E-mail: mahtumahon@gmail.com (o ' zb.til)
Xolmuxamedova Feruza Areslonbekovna (99)813-87-77
E-mail: Janedoe07@mail.ru (ingl.til)
(on-line/off-line)
konferentsiyada ishtirok etish uchun siz quyidagi Zoom havoladan foydalanishingiz mumkin:
https://us04web.zoom.us/j/73044600817?pwd=eaiSELMCK1hlZADxanFCggTnmUvYMs.1
konferentsiya indetifikatori: 730 4460 0817; parol:1000


on-line konferensiya 2023 yil 2 may soat 11: 00 da boshlanadi


Ishtirokchi anketasi



Muallifning F.I.Sh.




Davlat, shahar




Ish joyi




Lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni




Maqola nomi




Sho'ba raqami




E-mail




Telefon raqam




Yüklə 129,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin