Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


) Kislotali muhitda kaliy yoditl va kaliy permanganatlar ta



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə126/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   135
12 Cифat анализ

4) Kislotali muhitda kaliy yoditl va kaliy permanganatlar ta'siridan oksidlovchi va qaytaruvchi xossalarini namoyon etuvchi anionlar borligi tekshiriladi. Agar sirka kislota eritmasiga kaliy ta'sir ettirganda teksliiriladigan eritrna rangi o`zgarmasa, unda xromat, dixromat va arsenat kabi oksidlovchi anionlar bo`lmaydi. Kislotali muhitda sovuq eritmaga kaliy permanganat eritmasi qo`shilganda rangning yo`qolishi eritmada sulfit, tiosulfat, arsenit kabi ionlarning, qizdirganda rang yo`qolishi esa - oksalat ionning mayjudligidan xabar beradi.
5) Suyultirilgan va konsentrlangan sulfat kislotu ta'siri natijasida ham u yoki bu ionlarning borligi haqida xulosa qilish mumkin (6.1-jadval).
6) Karbonat (6.5) va fosfat (6.6) ionlarining borligni tekshiriladi.
2. Moddani analizga tayyorlash. Tekshirish uchun berilgan moddaning agregat holatiga qarab, analiz turlicha amalga oshiriladi. Agar ishqoriy metallar tuzlari berilgan bo`lsa, shu tuzlarni eritib bajariladi. Agar boshqa kationlar tuzlari aralashmalari berilgan bo`lsa, avvalo og`ir metallar kationlarining tuzlari «sodali so'rim» hosil qilish orqali ajratiladi. Shuni unutmaslik kerakki, oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladigan sulfit va xromat (dixromat); tiosulfat va arsenat; xromat va tiosulfat va shular singari juftlar tegishli pH qiymatlarida qaylarilgan yoki oksidlangan shakllarga o`tishlari mumkin. Oxirgi xulosani qilishda faqat sistematik analiz natijalarigagina emas, balki taxminiy sinashlar va boshqa barcha kuzatishlar natijalariga ham tayanishi mumkin.
3. Anionlar aralashmasining sistematik analizi. Sistematik analizga kirishishdan oldin eritmaning ulushlaridan ayrim anionlarga xos reaksiyalarni qilib ko`rish maqsadga muvofiqdir. Bu natijalar unchalik ishonchli bo`lmasa-da, kelajakdagi tekshirishlar uchun qulaylik tug`dirislii mumkin. Anionlarning sistematik analizi ularni analiz qilishda qulay bo`lgan gruppachalarga ajratishdan iborat.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin