Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə134/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
12 Cифat анализ

Nazorat savollari:


1. I va II guruh anionlarining sifat reaksiyalari qanday bajariladi?
2. II guruh anionlari I guruh anionlaridan qanday ajratib olinadi?
3. I va II guruh anionlarining guruh reagentidan qanday hollarda foydalaniladi?


7.1-jadval
Birinchin va ikkinchi guruh anionlari aralashmasi analizining sxemasi

Amal

Reagent

Ionlar

Cho'kma

SO32- va SiO32- ionlarni topish



HCl




CO2, SO2



H2SiO3



H2PO4-, H2AsO4-,
H3AsO4, H3BO3, Ca2+



Ca2+ ni ajralish

CH3COONa, (NH4)2C2O4

PO43-, AsO4-3, AsO33- , BO33-

CaC2O4

PO43-, AsO43- ni ajratish



MgCl2+NH4Cl+ NH4OH



MgNH4PO4,
MgNH4AsO4



AsO33-, BO33-, Mg2+,
NH4OH+NH4+



AsO33-, BO33- ni ajratish

H2O2

MgNH4AsO4

BO33-



Eritma

CrO42- va SO42- ni ajratish

Ba(NO3)2

BaSO4, BaCrO4

S2-, S2O32-, Cl-,
Br-, J-,
NO2- NO3-, CH3COO-

S2- ni ajratish

[Zn(NH3)6]2+

ZnS

S2O32-, Cl-,
Br-, J-,
NO2- NO3-, CH3COO-

S2O32- topish

a) HC1
b) AgN03

a) SO2
b) Ag2S



S

J- ni topish

NaNO2+CH3COOH

J2

S2O32- va J- ni yo'qotish



HNO3+NaNO2

J2

Cl-, Br-, SO42-,
(S2O32- SO42-), NO3-, CH3COO-

S

Cl- va Br- ni ajratish

AgNO3

AgCl, AgBr NO3- ,CH,COO-



Foydalanilgan adabiyotlar:
1.M.S.Mirkomilova “Analitik kimyo” Toshkent-«O`zbekiston» 2003y
2.K.R.Rasulov “Analitik kimyo” G`.G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi Toshkent-2004 yil
3.V.N. Alekseev. “Yarim mikrometod bilan kimyoviy sifat analiz kursi”
4.O. Fayzullayev. “Analitik kimyo asoslari” A. Qodiriy nomidagi “Xalq merosi”
nashriyoti-2003y.


15- laboratoriya ishi
Quruq tuz analizi
Ishdan maqsad: Kationlar va anionlar aralashmasi analizi tartibini o`rganish.
Kerakli jihoz va reaktivlar: probirka, kolba, suv hammomi, shtativ, gaz gorelkasi, sentrafuga, asbest, distirlangan suv, probirkalar; barcha guruh kationlari va anionlarining eruvchan tuzlari.
Identiv o`quv maqsadi:
1.Talaba I-VI guruh kationlarining xususiy reaksiyalarini tushunib
bajara oladi.
2. I va II guruh anionlari aralashmasidan I-VI guruh kationlarini mustaqil
aniqlay oladi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: I guruh kationlariga Ag+, Hg22+ va Pb2+ kationlari kiradi, guruh reagenti xlorid kislota bo`lib, kam eruvchan xloridlarni hosil qiladi.
II guruh kationlariga Ca2+, Sr2+, Ba2+ kabi kationlar kiradi, guruh reagenti sulfat kislota.
III guruh kationlariga Al3+. Cr3+ Zn2+,Sn:2+, Sn4+,As3+,As5+kabi kationlari kiradi, guruh reagenti o`yuvchi ishqorlar bo`lib, ortiqcha ishqor ta’sirida eriydi.
IV guruh kationlariga Mg2+, Mn2+. Fe2+, Fe3+, Bi3+. SbIII va SbV kabi kationlari kiradi, guruh reagenti o`yuvchi ishqorlardir.
V guruh kationlariga Cu2+, Cd2+. Ni2+, Co2+. Hg2+ kabi kationlar kiradi. Guruh reagenti o`yuvchi ishqorlar bo`lib, mo`l ammiak bilan ta’sirlashib, komplekslar hosil qiladi.
VI guruh kationlariga Na+, K+, NH4+ , Li+ kabi kationlar kiradi; umumiy guruh reagenti yo`q.
I guruh anionlariga Cl-, Br-, J-, S2-, CN-, SCN-, [Fe(CN)6]4-, [Fe(CN)6]3-, ClO3-, BrO3-, Se2-, Te2-, NO3-, NO2-, CH3COO- kabi anionlari;
II guruh anionlariga F-, SO3-2, S2O3-2, CO32-, Cr2O72-, AsO33-, AsO43-, BO33-, BO2-, SiO3-2, C2O4-2, VO3-, MoO42-, WO4-2, GeO3-2, JO3-, JO4-, C4H4O62-, SiF62-, SeO3-2, SeO42-, TeO32-, TeO42- kabi anionlar kiradi.
Kation va anionlar aralashmasining analizi
Eritmadagi kation va anionlar aralashmasining analizini kationlarni topishdan boshlangani maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi qulayliklar mavjud:
1. Ba'zi anionlarning eritmada mavjudligi kationlarni topish jarayonidayoq ma'lum bo`lib qoladi.
1. PO43- anioni III guruh kationlarini (NH4)2S bilan cho`ktirishdan oldin aniqlanadi.
2. IV guruh kationlaridan As3+ va As5+ ning bo`lmasligi AsO33- va AsO34- anionlarining ham mavjud emasligidan dalolatdir.
3. Eritmadan Cr3+ ionlarining topilishi CrO42- va Cr2O3- anionlarning borligidan dalolat beradi.
4. Eritmada Mrr2+ kationi bo`lmasa MnO4 ioni ham bo`lmaydi.
5. Tekshiriladigan erkmadan Ag+ ioni topilgan bo`lsa, I gruppaning xlorid gruppachasi anionlari yo`qligi haqidagi xulosaga kelish mumkin.
6. Analiz qilinayotgan moddadan S2-, CO32-, PO43- kabi anionlar bilan qiyin eriydigan tuz hosil qiluvchi kationlar topilgan bo`lsa, eritmada bu anionlar ham bo`lmasligi mumkin.
7. Agareritmadan Ba+2, Sr2+, Pb2+ kationlari topilgan bo`lsa, SO42- anionining ham bo`lilishi mumkin emas.
8. Tekshirilayotgan eritmadan Ag+ ionlari topilgan va eritma ishqoriy muhitga ega bo`lsa. unda SO42- va F- ionlaridan tashqari II guruh anionlari ham bo`lmaydi, chunki ularning Ag+ bilan hosil qilgan tuzlari suvda erimaydi.
2. Kationlar aralashmasining analizi vodorod-sulfidli klassifikatsiya bo`yicha 5.1. da keltirilgan quyidagi asosiy bosqichlar asosida amalga oshiriladi:
l. Taxminiy sinashlar:
2. SO42- anionini aniqlash.
3. V guruh kationlarini aniqlash va ajratish.
4. IV guruh kationlarini aniqlash va ajratish.
5. III guruh kationiarini aniqlash va ajratish,
6. II guruh kationlarini I gruppa kalionlaridan ajratish va har bir kationlar gruppasidagi ionlarni sistematik analiz qilish.
3. Kationlarni umumiy va xususiy reaksiyalari yordamida ajratib. topgandan so`ng, tekshiriladigan eritmaning ikkinchi yarmidan foydalanib, anionlar analiziga kirishiladi. Bunda 7.1.da keltirilgan I-II gruppalar anionlari aralashniasini analiz qilish sxemasidan foydalaniladi.
4. Topilgan kation va anionlar haqida tegishli xulosalarga kelib qanday tarkib va tuzilishga ega bo`lgan modda topilganligi hamda uning taxminiy formulasi qanday bo`lishi to`g`risida mulohaza qilinadi.
5. Kation va anionlar aralashmasining sistematik analizi natijalarini analiz protokoli tarzida o`qituvchiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Noma'lum moddaning analiziAnaliz uchun olingan noma'lum modda namunasi qattiq yoki suyuq holda bo`lishi mumkin. Agar namuna qattiq bo`lsa, undan 0,2-0,3 g tortib olinadi va analiz taxminiy sinashlardan boshlanadi. Bunda namunaning rangi, turli erituvchilarda eruvchilarda eruvchanligi, alanga rangining bo`yalishi, probirkada qizdirilganda hid paydo bo`lishi, kristallarning shakli va rang o`zgarishlari kuzatiladi. Kuzatishlar mikroskop ostida bajarilsa, yanada samaraliroq bo`ladi.
Taxminiy sinash davrida namunada rangsiz oq kristallar borligi kuzatilgan bo`lsa, ular rangli kation va anionlar yo`qligidan dalolat beradi. Ko`k rangli kristallar Cu tuzlari borligini bildiradi. Yashil rangli krislallar Fe2+, Ni2+, Cu2+, kationlar tuzlarining sifat belgisidir. Qora rangli namunada FeS, CuS, HgS, Hg2S, Ag2S, PbS kabi tuzlar bo`lishi mumkin. Agar Bi2S3 bo`lsa krislallar jigarrang bo`ladi. Sariq rang Fe3+ va xromatlarga tegishli bo`lishi mumkin. Qizil, to`q qizil yoki pushti rangli namunada Mn2+ va MnO4- ionlari borligi ehtimoldan xoli emas.
1. Ba'zi metallarning namuna tarkibida borligini bilish uchun nixrom yoki platina sim konsentrlangan HCl kislotaga botirib tozalangach, maydalangan namunaga tegizib olinadi va gaz gorelkasi alangasiga tutiladi. Kuzatilgan samara 7.2-jadvaldagi ma'lumotlar bilan solishtiriladi.
7.2-jadval
Namunaning alanga rangini bo`yashi

Element



Alanga rangi



Element



Alanga rangi



Li

Qizil-qo`ng`ir

Ba

Sariq-yashil

Na

Sariq

Cu

Yashil

K

Binafsha

Bi

Yashil

Ca

Qizg`ish-qo`ng`ir

Pb

Havo rang

Sr

Qo`ng`ir

As

Ko`kimtir

Sb



Havo rang



B



Yashil



So`ngra namunadan chinni plastinka yoki shpatelga olib qizdirganda quyidagi moddalarning (7.3-jadval) borligi to`g`risida taxminiy xulosalar qilinadi:
7.3-jadval

O'zgarish turi

Xulosa



O'zgarmaydi



Hg, NH4+ luzlari. karbunatlar, organik moddalar, kristallogidratlar u
chramaydi.

Suyuqlanadi



Ishqoriy metallarning karbonallari, perxloratlari, nitrat va nitritlar, kristallogidratlar (Na. K va Mg sulfatlari, achchiqtoshlari, Na va K tiosulfatlari) bo'lishi mumkin.



Kuyadi

Organik moddalar. ofcsalallar, tariratlar, silrallar bo'lishi rmimkin.

Rang o'zgarishi



Rangsizlanish-sulfidlarning oksidlanishi (CuS=CuSO4) ;yuqori oksidlarning parchalanishi (PbO2=PbO); qorayishCuO, Fe2O3, CoO. MnO2, larning hosil bo'lishi; yashil rang paydo bo'lishi -xrom (111) tuzlar, xromattar borligining belgisidir.



Sublimatlanish



Rangsiz bug'lar - NH4+, CO32-, S2-, ClO4- tuzlari; sariq bug'lar - NO3-, NO2-, BrO3- - ko'kish bug'lar - JO3-, J- lar namuna tarkibida uchrashini bildiradi.



Navbatdagi qizdirish probirkada amalga oshiriladi. Probirkaning yuqori qismida sublimatlanish ammoniy tuzlarining va bir qancha birikmalar borligidan guvohlik beradi. Agar qizdirish jarayonida suyuqlik bug'lari ajralib, probirkaning yuqori qismida kondensatlansa, indikator qog'ozi yordamida ularning muhiti baholanadi. Kislolafi muhil kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuzlarni, ishqoriy muhit esa kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo'lgan tuzlarning borligini bildiradi.
Agar namunaga kislota qo'shilganda gaz ajralib chiqsa, gazning xossasiga ko'ra modda tarkibiga kiruvchi anion aniqlanishi mumkin(7.4 jadval).

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin