Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə64/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135
12 Cифat анализ

Reaksiyani bajarishda 1-2 tomchi NiCl2 eritmasiga 2-3 tomchi Na2HPO4eritmasi tomiziladi. Hosil bo'lgan yashil cho'kma sentrifugada ajratilib, ustiga NaOH eritmasidan 1-2 tomchi tomizilsa, cho'kma erimasligi, bordi-yu ammiak eritmasidan 1-2 tomchi qo'shilsa cho'kmaning erishi kuzatiladi.
5. Dimetilglioksim (Chugaev reaktivi) Ni2+ioni bilan ammiakli muhitda yorqin pushti-qizil rangli cho'kma - ichki kompleks birikma hosil qiladi:
Bu reaksiya nikel uchun juda seziluvchan bo'lib, topilish minimumi 0,16 mkg, minimal konsentratsiya 3-10'5 mol/1, suyultirish chegarasi 300000 ni tashkil etadi. Reaksiya tomchi usulida o'tkazilsa, uning sezuvchanligi yanada oshadi. Reaksiyaga Fe2+ (qizil), Cu2+(qizil-qo'ng'ir) ionlari xalaqit beradi. Reaksiyani pH~8 bo'lganda o'tkazish mumkin.

Reaksiyani bajarish uchun nikel tuzi eritmasining bir tomchisiga suyultirilgan ammiak eritmasidan 2-3 tomchi ta'sir ettirib, unga 3-4 tomchi dimetilglioksim eritmasi tomiziladi.Reaksiyani Na2HPO4 shimdirilgan filtr qog'ozda bajarib ko'rilsa, xalaqit beradigan ionlar bo'lgan taqdirda ham u Ni2+ ionini topishga imkon beradi. Reaksiyani o'tkazishda qog'ozga bir tomchi Na2HPO4 eritmasi tomiziladi (reaksiya shu tomchi ustida boradi), so'ng hosil bo'lgan nam dog'ning o'rtasiga kapillar uchida tekshirilayotgan eritmadan tegiziladi va yana Na2HPO4 eritmasidan bir tomchi tomiziladi. So'ngra dog'ning atrofiga kapillar yordamida dimetilglioksim eritmasi shimdiriladi.Keyin qog'oz ammiakning bug'iga tutiladi.Ni2+ ion bo'lsa, pushti rangli halqa hosil bo'ladi. Agar Ni2+ ning miqdori ko'p bo'lsa, dog'ning hammasi pushti rangga bo'yaladi. Na2HPO4 reaksiyaga xalaqit beruvchi kationlar bilan ta'sirlashib, dog'ning markazida qoladigan qiyin eruvchan fosfatlar, masalan, FePO4 hosil bo'ladi.Ko'proq eriydigan nikel (II) fosfat esa dog'ning atrofiga siljiydi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin