Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə72/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135
12 Cифat анализ

2. HgS ni ajratish. 8-cho'kmani chinni kosachaga joylab, aralashmani qizdirib turib, 3 N HNO3 eritmasi bilan ishlansa, CuS erib (9-eritma), eritmaga o'tadi, HgS esa cho'kmada (9-cho'kma) qoladi.
3. Hg2+ ni topish. 9-cho'kmani chinni kosachaga joylab, uni 2 N HC1 va 3% li H2O2 eritmalarining aralashmasi (1:3) bilan qizdirib turib ishlanadi. So'ngra cho'kma erishi natijasida, eritmaga o'tgan simob (II) ioni topiladi (7.5).
4. Cu2+ ni topish. 9-eritmaning 2-3 tomchisi 2 N ammiakning suvdagi eritmasidan ishqohy muhit hosil bo'lguncha qo'shilganda, ko'k rang kuchaysa, eritmada mis ioni borligidan darak beradi.
5. Rux ionini ajratish. 8-eritma vodorod sulfid to'Iiq ajralib chiqib ketguniga qadar qizdiriladi. Vodorod sulfldning to'hg'icha ajralib chiqqanligini qo'rg'oshin (II) nitrat eritmasi bilan ho'llangan filtr qog'ozi yordamida tekshirib ko'rish mumkin. Vodorod sulfid ishtirokida qora dog' paydo bo'ladi. Qora dog'ning paydo bo'lmasligi vodorod sulfidning yo'qligidan dalolat beradi. So'ngra aralashmaga 5-6 tomchi 6 N NaOH eritmasi qo'shib qizdiriladi. Oqibatda Co(OH)2, Ni(OH)2, Cd(OH)2, gidroksidlar cho'kmaga (10-cho'kma) tushib, rux ZnO22- shaklida eritmada (10-eritma) qoladi.
6. Rux ionini topish. 10-eritmadagi rux ionini topish uchun eritmaga 2 N sirka kjslotasi qo'shiladi va Zn2+ ion K4[Fe(CN)6] eritmasi yordamida topiladi.
7. Gidroksidlar cho'kmasini eritish va Co2+, Ni2+va Cd2+ ionlarini topish. 10-cho'kma to'Iiq erib ketguniga qadar 2 N HC1 eritmasi tomiziladi. Hosil bo'lgan eritma uchga bo'linib, uning bir qismidan Co2+, ikkinchi qismidan Ni2+ va uchinchi qismidan Cd2+ ioni topiladi.
a) Co2+ ionini topish uchun eritmaning bir qismiga 2-3 tomchi 2 N sirka kislota eritmasi va 5-6 tomchi 6 N KNO2 eritmasidan qo'shiladi. Co:+ ioni bo'lganda, sariq kristall cho'kma tushadi.
b) Ni2+ ionini topish uchun eritmaning ikkinchi qismiga ishqoriy muhitgacha 2 N ammiak eritmasi qo'shiladi. So'ngra eritmaga dimetilglioksimning etil spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi tomizilganda, qizil rangli cho'kma hosil bo'lsa, u Ni2+ ioni borligini ko'rsatadi.
d) Cd2+ ionni topish uchun eritmaning uchinchi qismiga K[BiJ4] eritmasi qo'shiladi. Vismut ioni ishtirokida qora rangli BiJ3 cho'kma hosil bo'ladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin