9.6. Oltinchi analitik guruhkationlari aralashmasining analizi Oltinchi analitikguruhkationlari aralashmasining analizi ammoniy ionini topishdan boshlanadi.
1. Ammoniy ionini topish. Tekshiriladigan eritmaning4-5 tomchisiga 5-6 tomchi ishqor eritmasi qo'shibqizdirilganda ammiak hidisezilsa. aralashmada ammoniy ioni bor bo'ladi. Ammoniy ionni Nessler reaklivi yordamida ham tekshirib ko'rish mumkin,
2. Kaliy ionini topish.Tekshiriladigan erititmadan 4-5 tomchi olib, uni NaOH ning 6-7 tomchi 2 N eritmasi bilan qizdirib, eritmadagi arnmiak to'liq haydab chiqariladi. So'ngra eritmaga bir necha dona Na3[Co(NO2)6] kristallari yoki uning yangi tayyorlangan eritmasi qo'shiladi. Agar sariqrangli cho'kma tushsa. tekshirilayotgan eritmada kaliy ioni mavjud bo'ladi,
3. Natriy ionini topish.Tekshiriladigan eritmadan 4-5 tomchi olib, uni KOH ning6-7 tomchi 2 N eritmasi bilan qizdirib, eritmadagi ammiak to'liqhaydab chiqariladi. So'ngrashu eritmaga 5-6 tomchi KH2SbO4 eritmasi qo'shib, vodoprovod jo'mragi ostigasovuq suvga qo'yib probirka devorlari shisha tayoqcha bilan ishqalanganda, oq cho'kma tushsa. eritmada natriy ioni mavjuddir.
4. Litiyionini topish. Tekshiriladigan eritmadan 3-5 tomchi olib,NH4F,Na2CO3yokiNa2HPO4eritmalaribilan ta'sirlashtirib litiy ioni topiladi. Litiy ishlirokida oq rangli cho'kma tushadi. VI gruppalar kalionlari aralashmasini analiz qilish sxemasi 6-jadvalda keltirilgan.