Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


II guruh kationlari aralashmasining sistematik analizi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə85/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135
12 Cифat анализ

10.3. II guruh kationlari aralashmasining sistematik analizi. Ammiakli bufer aralashma ishtirokida guruh reagenti ta'siridan ajratilgan yoki sulfatlar karbonatlarga aylantirilgandan keyin olingan BaCO3, SrCO3 va CaCO3 cho'kmalari 2 N CH3COOH eritmasi yordamida eritiladi.
1. Ba2+ ionini topish va ajratish. Eritmadan 2-3 tomchi olib, unga K2Cr2O7+CH3COONa ta'sir ettiriladi. Agar sariq cho'kma - BaCrO4 hosil bo'lsa, eritmada Ba2+ bo'ladi. Ba2+ ioni Sr2+ va Ca2+ionlarini topishga xalaqit qiladi. Shuning uchun agar eritmada Ba2+ bo'lsa, uni eritmadan ajratish zarur. Buning uchun ikkinchi guruh kationlari aralashmasi eritmasining bir qismiga (ikkinchi qismi qo'shimcha tekshirish uchun olib qo'yiladi) pH=4-5 bo'lganda K2Cr2O7+CH3COONa ta'sir ettirib, BaCrO4 cho'ktiriladi. Cho'kmali aralashma 1-2 daqiqa davomida suv hammomida qizdiriladi. So'ngra cho'kma sentrifuga yordamida to'liq ajratib olinadi. Eritmada Ba2+ bo'lmasa, bu bosqich tushirib qoldiriladi.
2. Sr2+va Ca2+ionlarini cho'ktirish. Ba2+ionini cho'ktirish maqsadida eritmaga qo'shilgan ortiqcha K2Cr2O7rangli bo'lganligidan analizga xalaqit qiladi. Shu bois eritmadagi Sr2+ va Ca2+ionlarini cho'ktirish zarur bo'ladi. Buning uchun eritmaga pH<10 bo'lguncha qattiq Na2CO3 qo'shib, aralashma suv hammomida 2-3 daqiqa qizdiriladi. Hosil bo'lgan SrCO3 va CaCO3 cho'kmalar sentrifugalab ajratiladi, so'ngra cho'kma yuviladi.
3. Sr2+ ionini topish va ajratish. SrCO3va CaCO3cho'kmalari 2 N CH3COOH eritmasida eritiladi. CH3COOH da eritib olingan eritmaning 1-2 tomchisiga CaSO4ning to'yingan eritmasidan 2-3 tomchi qo'shib, suv hammomida qizdirilganda SrSO4 ning oq loyqasi hosil bo'lsa, demak, eritmada Sr2+ bor deyish mumkin. Eritmaga CaSO4 qo 'shganda cho'kma darhol hosil bo'lsa, bu Ba2+ionining to'liq ajratilmaganligini ko'rsatadi. Agar eritma yana 8-10 daqiqa qizdirilganda u loyqalanmasa, demak, Sr2+ qolmaganiga ishonch hosil qilish mumkin. Eritmada Sr2+ bo'lsa, uni eritmadan ajratish kerak bo'ladi. Buning uchun tarkibida Sr2+ va Ca2+ ionlari bo`lgan eritmaga bir necha tomchi ammiak ishtirokida (NH4)2SO4 eritmasidan 10-15 tomchi solinadi va qizdirib turib, CaSO4cho'kmasi hosil qilinadi. CaSO4 ning eruvchanlik ko'paytmasi SrSO4dan ~ 74marta katta bo'lganligidan bu sharoitda CaSO4 amalda cho'kmaydi. Ammo, cho'kma sentrifugalab ajratib olsa bo'ladi. Sentrifugat Ca2+ionini topish uchun ishlatiladi. Agar eritmada Sr2+ bo'lmasa, bu bosqich tushirib qoldiriladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin