Reaksiyani hajarishuchun probirkaga tekshiriladigan sulfiddan ozgina solib, unga ozroq 10%li HCI eritmasi qo`shib. probirkaning og`zi gaz olish nayi yordamida berkitiladi va nayning ikkinchi uchi tarkibida HnSO4 bo`lgan KMnO4 eritmasiga tushirilganda, ajralib chtqayotgan H2S kaliy permanganatning rangini yo`qotadi: 2KMnO3 + 5H,S + 3H2SO4 →K,SO4 + 2MnSO4 + 5S↓ + 8H2O
Erilmaning rangi boshqa qaytanivchilar, masalan, SO2 ta'siridan ham yo`qolishi mumkin. Oksidlovchilar sifatida K2Cr2O7, K3[Fe(CN)6] va boshqalar ishlatilishi mumkin.
3, Natriy nitroprussid — Na2[Fe(CN)sNO] sulfid ioni bifan qizil-binafsha rangli kompleks birikma – Na4[Fe(CN)5NOS] hosil qiladi.
[Fe(CN)sNO]2- + S2-→ [Fe(CN)5NOS]4- Vodorod sulfid va HS- ioni bunday reaksiyaga kirishmaydi. Agar ularning eritmalariga ishqor qo`shilsa. eritmada sulfid ionni hosil bo`lishi tufayli kompleks hosil bo`ladi.
4. Oksidlovchilar ta'siridan sulfid ioni oksidlanib, yod. kaliy permanganat va boshqa rangli oksidlovchilarni qaylarib, eritmalarini rangsizlantiradi:
S2- + J2→ S↓ + 2J- 5. Kumush nitrat eritmasidan 3-4 tomchisi 2-3 tomchi sulfid eritmasiga tomizilsa. qora rangli Ag2S cho`kma hosil bo`ladi:
Na2S + 2AgNO3→ Ag2S↓ + 2NaNO3 Cho`kma qaynatilganda suyultirilgan HNO3 da eriydi, NH4OH da esa erimaydi.
Rodanid anionining reaksiyalari Ko`pchilik rodanidlar xloridlar singari suvda yaxshi eriydi. Natriy va kaliy rodanidlarining suvli eritmalari neytral muhitga ega. Rodanidlarmng ko`pchiligi rangsiz. CuSCN. Cu(SCN)2, AgSCN, Hg(SCN)2, Pb(SCN)2 singari rodanitlar suvda erimaydi. Rodanid kislota kuchli kislota (Ka,HSCN= l.4∙10-1) bo`lganligidan suvda erimaydigan rodanidlar sulfa tva xlorid kislotalarda erimaydi. Rodanid kislota va rodanidlar oksidlanishi ham, qaytarilishi ham mumkin.
1. Cu tuzlari eritmasi rodanidli erilmaga tomizilsa, oldin zumrad rang paydo blib, ko`proq qo`shilganda qora rangli Cu(SCN)2 chkma hosil bo`ladi:
2SCN- + Cu2+ → Cu(SCN )2↓
Sulfatlar yoki sulfit angidrid ishtirokida oq rangli cho`kma tushadi:
2SCN- + 2Cu:2+ + SO2 + 2H2O→ 2CuSCNl↓+SO42-- + 4H+