11-mavzu.Chiqindilar tushunchasi va chiqindilarni tasniflash tizimlari.Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1 foizga oshmoqda. Hozirgi kunda chiqindilarning 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo’lib, ular sonining elgusida yanada ortishi bashorat qilinmoqda.
12-mavzu.Avtomobil chiqindilarini boshqarish.Avtotransport vositalari deganda, odatda, yo’lovchilar va yoki yuklarni tashish uchun foydalaniladigan yerdagi barcha turdagi transport vositalari tushuniladi (quvurli va temir yo’l transporti bundan mustasno), shu jumladan:
• avtomobillar, yuk mashinalari va yengil avtomobillar;
• avtopoyezdlar;
• mototsikllar, mopedlar va boshqalar;
• traktorlar va boshqa qishloq xo’jaligi mashinalari;
ramvay va trolleybuslar.
Avtotransport chiqindilariga transport vositalarini ishlatish jarayonida hosil
bo’lgan barcha turdagi chiqindilar, shuningdek ularning xizmat muddati
tugagandan keyin qoldiqlari kiradi,oydalanishdan chiqarilgan transport vositalari va ularning alohida qismlari qoldiqlari;
• avtotransport vositalarini yuvish chiqindilari (avtomobillarni yuvishdan
chiqindi suvlarni tozalashdan olingan cho‗kmalar, nefttutgichlardan olingan neft mahsulotlari va boshqalar).
13-mavzu. Tibbiyot chiqindilarni boshqarish.Tibbiyot chiqindilari sanitariya-epidemiologiya, gigiyenik, toksikologik va ekologik jihatdan xavfli hisoblanadi.Tibbiyot chiqindilari - bu maxsus yig‗ish va zarrasizlantirish tizimini yaratishni talab qiladigan muayyan turdagi chiqindilar. Tibbiy chiqindilar (shuningdek, biologik va radioaktiv chiqindilar) bilan ishlash umumiy chiqindilar to’g’risidagi qonun hujjatlari, xususan, chiqindilar to’g’risidagi qonun bilan tartibga solinmaydi.