Fan va inovatsiyalar vazirligi


Ifloslantiruvchi taksonomiya



Yüklə 84,4 Kb.
səhifə3/3
tarix21.09.2023
ölçüsü84,4 Kb.
#146342
1   2   3
Atrof muxit ifloslanishi

4.Ifloslantiruvchi taksonomiya:
Atmosferada havo doimo aralashib turganligi tufayli uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida, asosan, bir xildir. Atmosfera o‘zining hajmi bo‘yicha Yer sayyorasining qolgan qismlaridan bir necha marta katta bo‘lishiga qaramay, uning massasi Yer massasidan 0,000001 ga yaqin qismini tashkil etadi, xolos. Atmosferaning yuqori chegarasi deb, shartli ravishda Yerning tortish kuchi bilan sayyoraning aylanishi evaziga markazdan intilish kuchi muvofiqlashgan joyi qabul qilingan. Bu sathda atmosfera bilan yerning o‘zaro bog‘lanishi yo‘qoladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sath ellipsoid yuzaga ega bo‘lib, ekvatorda 42, qutblarda 48 ming km uzoqlikda joylashgan. Shunga qaramasdan, atmosferaning deyarli barcha massasi (99 %dan ortig‘i) uning quyi qatlamiga – troposfera va stratosferaga to‘g‘ri keladi. Atmosfera balandligi ortishi bilan uning tarkibiy qismi, zichligi, harorati va havoning harakat tezligi o‘zgarib boradi.
Atmosferaning eng pastki qismi troposfera deb atalib, havo massasining 0,8 dan ortiq qismini o‘z ichiga oladi va asosan, suv bug‘laridan tashkil topadi. Bu qatlamda balandlikning har bir km ga ortishi bilan harorat o‘rtacha 6 0C ga pasaya boradi. Troposferaning qalinligi qutb kengliklarida 8-10 km bo‘lib, ekvatorda 16-18 km ni tashkil qiladi. Zichligi esa yerdan baland ko‘tarilgan sari kamayib boradi.


5.Atmosferadagi chang va gazlarning hosil
bo‘lishi va aylanish holati.
Natijada havoning dimiqishi, “Parnik effekti”ni hosil qiladi. Har yili yer yuzida yonish jarayonlariga qo‘shimcha 10 mlrd. tonnadan ortiq kislorod sarflanadi. Biosferada kislorodni tiklovchi manbalar – yashil o‘simliklar maydonining tez qisqarib borayotganligini hisobga olsak, kelajakda kislorodning kamayishi muammosi yuzaga kelishi shubhasizdir. O‘rta Osiyoning iqlimiy jihatlarini belgilab beradigan atmosfera sirkulyatsiyasining xususiyatlari muayyan darajada mazkur hududning fizik-geografik sharoitlariga (cho‘llar, dengiz sathidan 200-250 metr balandlikdagi yarimcho‘llar, 3500-3600 metr balandlikkacha bo‘lgan tog‘li tizimlarga) bog‘liq bo‘ladi.
Sovuq kirishi uchun ochiq bo‘lgan Turon past tekisligining katta qismini yalanglik hududlari egallaydi, bu iqlimning keskin mintaqaviy tomonlarini shakllantiradi. Boshqa tomondan Atlantika okeanining o‘rtamiyona kengliklaridan vaqti-vaqti bilan nam havoning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy oqimlari kuzatiladi, bu ham atmosferaning sifatli va miqdoriy jihatlari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda atmosfera havosining miqdoriy va sifatli tarkibi shakllanishida tabiiy va antropogen ifloslantiruvchi manbalar katta o‘rin tutadi. Respublika arid zonasida joylashgan, uning hududida changli to‘fonlar ko‘p bo‘ladigan Qoraqum va Qizilqum, shuningdek, Orol dengizining qurigan qismi bo‘lgan Orol bo‘yi zonasi (Orolqum) mavjud bo‘lib, ular atmosferaga aerozol emissiyalari chiqaradigan yirik tabiiy manbalar hisoblanadi. Ushbu manbalarning asosiy qattiq muallaq zarralari (aerozollari) bu tuproq va mineral zarralardir.
O‘zbekistonda havoning asosiy antropogen ifloslantiruvchilari oltingugurt oksidi, azot, uglerod, tarkibi va kelib chiqishi turlicha bo‘lgan qattiq muallaq zarralar hisoblanadi.
Respublikada rivojlangan agrosanoat kompleks mavjudligi atmosfera sifatli tarkibining o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Aholisi zich, transport harakati ko‘p bo‘lgan yirik shahar aglomeratsiyalari joylashuvining xususiyatlari, tor tog‘ orasi havzasida ekologik xavfli ishlab chiqarishlarning mavjudligi va shu bilan bir vaqtda o‘ziga xos tabiiy-iqlimiy sharoitlar (tez-tez uchraydigan inversiya, atmosferadagi turg‘un holatlar) atmosferaning yerusti qatlamida ifloslantiruvchi moddalar to‘planishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonning havo ifloslanishiga qarshi kurashish va havoning sifatini nazorat qilish sohasidagi umumiy strategiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonuniy hujjatlar, dasturlar, harakatlar rejasi asosida atrof-muhitni, shu jumladan, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar maqsadli Davlat dasturlari ishlab chiqiladigan loyihalarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yuqorida bayon qilinganidek, atrof — muhitga chiqarib tashlanayotgan gaz. suyuq oqava va qattiq holatlardagi chiqit moddalar hozirning o'zida tabiatga katta ziyon yetkazmoqda. Turli ekologik muammolar hozir biosfera (o'simlik va hayvonot olami)ni ham qamrab olgan. Bunga eng yaxshi dalil o'simlik zararkunandalarining ortib borishi, kasallanishi va ular mahsuldorligining kamayishi, hayvonot olamida kuzatilayotgan turli — tuman kasalliklar, hatto, ko'plab biologik turlarning yo'qolib iqirilib) borayotganidir.
O'simlik va hayvon turlarining keyingi vaqtda yo'qolib borayotgani, og'ir kasalliklarga chalinayotgani, shu jumladan, odamlarning ham kasallanishlarini ortishi haqida ashyoviy ma'lumotlarni ta'kidlash ham joizki, axborot manba-laridan bilib olish mumkin. Shu bilan birgalikda, yil sayin o'simlik va hayvonot dunyosida ko'plab biologik turlarning yo'qolib borayotgani sababli, ularni muhofaza qilish bo'yicha turli chora-tadbirlar ham ko'rilmoqda. Turli davlatlarda, shu jumladan O'zbekistonda ham, ko'plab «Qo'riqxona» va «Davlat buyurtmalari» tashkil qilinib, o'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilinishidan darak beradi.
Yüklə 84,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin