Nutq madaniyatida, notiqlik san’atida so‘z tanlash So‘zning qudrati, ta’siri, aks ta’siri, oqibatiyu samarasi hakdda hikmatli so‘zlar o‘zbek adabiyotida mo‘l-ko‘ldir. Quyidaga hikmatlar, oz bo‘lsa-da, shundan dalolat beradi: So‘zdan kuchliroq qurol yo‘q; so‘z inson (binobarin, notiq) qudratining qo‘mondonidir; so‘z – hayotning o‘tkir quroli; so‘z notiqning zanglamas, doim keskir qurolidir. O‘z o‘rnida, vaqtida astoydil aytilgan oddiy so‘z ham aksariyat hollarda yengalmas kuchga aylanadi; bunday so‘z notiqning o‘zini qiziqtirib, goho qizishtirib, faollashtirib yuborishi, tinglovchilarni nafisligi bilan mahliyo qilishi mumkin.Maktab rahbarlari, pedagoglarda muomala odobi, hulqi va notiqlik san’atining ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga ta’sirini oshirishar ekan, ularga tavsiyamiz shuki, nimani gapirish har doim ham zarur bo‘lavermasligini va qanday gapirish doimo lozimligini unutmasinlar. Eng qimmatli g‘oya, fikr, dastur ham, agar mahoratsiz ifodalansa, o‘zining qiymatini yo‘qotadi; mabodo takrorlanaversa, tinglovchini diqqinafas qiladi. Demak, fikrning anikdigi va ravshanligi ifodaning ham shunday bo‘lishini ta’minlaydi.
Donolar talqinicha, til, so‘z, nutq ravshanliga fikr, hatto tafakkurning shunday bo‘lishi oqibatidir; ravshan fikr esa o‘z shakli-ifodasi ham ravshan bo‘lishini taqozo etadi. Notiq nimani aniq tasavvur etolmasa, uni chalkash gapiradi; noaniq ifoda faqat shunday fikrning namoyon bo‘lishidir.
Oddiygina, ya’ni hammabop, aniq-ravshan, osongana tushunib, eslab qoladigan qilib so‘zlayotgan notiqqa takdid etish (ergashish) avvaliga juda osondek tuyiladi; ammo aslida bundan qiyinroq ish yo‘q. Pedagog miyasiga aniq fikr kelsa, u ravshan so‘zlaydi, ammo bu fikrni ongaga singdirib olsa, yanada ravshanroq gapiradi.
Rahbarki pedagog fikridagi xatolar, noaniqliklar nutkdagi xatolarni, ular esa, o‘z navbatida, ishdagi, amaldagi xatolarni keltirib chiqaradi, o‘quvchilarni chalg‘itadi.
Ular tilining go‘zalligi, birinchi navbatda, uning aniqliga va mazmundorligidadir. Oddiygina qilib, ravshan bayon etish mumkin bo‘lmagan hech bir fikr, g‘oya yoki ta’limot yo‘q. Binobarin, aniqlik nutqning asosiy fazilatidir. Pedagogning tili, so‘zi qanchalik oddiy bo‘lsa, shunchalik ravshan bo‘ladi; so‘z qanchalik o‘z o‘rnida ishlatilsa, nutqni shunchalik kuchli, jozibali va ishonchli qiladi.
Buyuk aql sohiblarida oz so‘z bilan ko‘p ma’no berish xislati mavjud bo‘lgani kabi, "mohir notiq, ustasi farang pedagog ham "oz so‘zla-yu, soz so‘zla", degan maqolga amal qiladi. Ma’qul so‘zlasang, hech qachon ko‘p so‘zlamaysan, agar uzayib ketsa, eng yaxshi nutq ham tinglovchini charchatadi, degan hikmatlarga rioya qilish eng yaxshi fazilatlardandir. Bunday notiqlar – notiqlik javohirining xuddi o‘zginasi: salmog‘iga qarab nur taratadi. Ular asl donolik qisqa ifodalanadi, degan qoidaga bo‘ysunadilar.
Ulug‘ dramaturglardan biri aytganidek, gap kam joyda uning salmog‘i ko‘p bo‘ladi. Qisqa, lekin ifodali ibora bir bor eshitib anglanadi, tinglovchi xotirasida muhrlanib, uning shioriga aylanadi, uzundan-uzoq mulohazalarda esa bunday bo‘lmaydi.
Pedagog fikrining chuvalanmasliga, aksincha, tinglovchilar huzurida erkin parvoz qilishi uchun gapda qisqalik lozim, chunki fikr ortiqcha, "nishxo‘rt" so‘zlar uyumida chalkashadi. Pedagog qanchalik mohirona so‘zlamasin, keragidan ortiq, ya’ni mavzuga tegishli bo‘lmagan gaplarni ayta boshlasa, pirovardida nutq mantig‘ini yo‘qotadi, tinglovchilar miyig‘ida kula boshlaydilar.
Xullas, nutkdagi aniqlik qisqalik bilan uyg‘unlashganda ta’sirchan, xotirada saqlanuvchan bo‘ladi.
Har bir pedagog, xususan maktabning rahbari o‘z nutqidagi yirik, maxsus masalalarni bayon etib bo‘lgach, ularning har biri bo‘yicha, nutq pirovardida esa butun nutqi bo‘yicha qisqa, aniq, ravshan, iloji bo‘lsa sanalgan tarzda xulosalar chiqarishi shart. Aks holda, ular mantiq fanining tezis, mantiqiy asos, hukm va sintez, ya’ni umumlashtirish, xulosa chiqarish zarurligi haqidagi talabini buzgan bo‘ladilar.
Agar va’z, ma’ruza, suhbatdan tegishli xulosalar chiqarilmasa, ular mantiqiy nihoyasiga yetmay qoladi, tinglovchilarda tugallangan, mukammal fikr hosil bo‘lmaydi. Buning ustiga, xulosa chiqarmaslik notiqning bilimi chala, o‘zi uquvsizligidan ham dalolat berishi mumkin.
Pedagog savollarga javob berishda oson yo‘l tanlab, oddiygina ha, yo‘q, menga malum emas, deb qo‘ya qolishi noshudlik alomatidir. Har bir savolga chuqur o‘ylab, mazmunini aniq bilib, uning ortida nima maqsad yotganini, muxolif savol bergan bo‘lsa, nimaga shama qilayotganini nazarda tutib, qoniqarli javob berish zarur. Tinglovchilardan har xil savollar tushishi, savol pardasi ortida notiqning biror fikriga e’tiroz yoki sinov bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, notiq tushgan yozma yoki og‘zaki savolga to‘la javob bera olishi, o‘z nutqida olg‘a surilgan har bir fikr, g‘oyani qattiq ishonch bilan himoya qila olishi shart.
Mabodo, pedagog biror savolga shu tobda aniq-ravshan, to‘liq javob bera olmasa, taxminan, "savol juda o‘rinli, dolzarb masalaga bag‘ishlangan, men jonim bilan javob berar edim, biroq bu masalani chuqur o‘ylaganim yo‘q, uni o‘rganib, tegashli kishilar bilan maslahatlashib, keyin javob bsraman", deb qo‘ya qolgani ma’qul. Mujmal, noaniq javob bergavdan ko‘ra, javob bera olmasligini mardlarcha tan olgan yaxshi. Agar savol ma’ruza, nutq mavzuiga kirmasa, buni ham ochiq aytish maqbuldir.
Ma’ruzani jonlantirishda bahslashuv, muloqot, ya’ni boshqa bir shaxsning fikrini keltirib. unga zid yoki undan farkdi fikrni keltirish ham yaxshi samara beradi. Bu usul tinglovchilarni faollashtiradi.
Xullas, nutq madaniyatiyu notiqlik san’atining g‘oyat muhim tarkibiy qismi, pedagogning mas’uliyati va mahoratini ifodalaydigan shartlardan biri – nutqdagi har bir masaladan, uning nihoyasida esa butun nutqdan qisqa, lo‘nda, aniq xulosalar chiqarish; og‘zaki va yozma savollarga qisqa, anik javob berish; bahslashishga to‘g‘ri kelib qolsa, o‘z mavqei, nuqtai nazarini qattiq ishonch bilan, astoydil himoya qilishdan iborat.
Nutq madaniyati va notiqlik san’ati tarixiga murojaat qilsak, bu mahoratlarda notiqning bilim doirasi hal etuvchi omillardan biri bo‘lganiga ishonch hosil qilamiz. O‘z nutqi ob’ektini yaxshi bilgan, uning mohiyatini puxta anglagan, mavzuini chuqur fahmlagan voizning nutqi muayyan salmoqqa va muqarrar samaraga ega bo‘ladi.
Pedagog, oliy o‘quv yurti rahbari nutq so‘zlayotganda mustahkam ishonch bilan gapirsa, so‘zlar ham quyilib kelaveradi, tinglovchilarni beixtiyor maxliyo etadi. Uning fikri qancha teran bo‘lsa, so‘zlar ham shu qadar jarangdor, ishonarli bo‘ladi. Chiroyli gapirishdan ko‘ra o‘rinli, ishonarli gapirish ma’qulroq. Yurakdan bulokdek otilib chiqqan ma’naviyat kuchi ehtiros bilan qo‘shilsa, pedagogni notiqqa aylantiradi. Bilimdon notiq o‘z fikrini qat’iy ishonch bilan, dangal aytadi.
Nutq so‘zlaganda, ma’ruza o‘qiyotganda ortiqcha so‘zlar, kirish gaplar, pisandanamo iboralar, shuningdek, gumonsirash, ishonch-sizlik, hadiksirash, esankirash, asabiylashish, g‘azablanishga aslo yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Pedagog, ayniqsa, ma’ruza qilayotgan rahbar o‘z nutqi "quruq", ishonarsiz, yuzaki bo‘lmasligini istasa, o‘tmish (tarix)dan, hozirgi ahvoldan, ilm-fan, amaliyotdan ishonarli dalillar keltirishi kerak.