~ 56 ~
sm chuqurlikda ekish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ko‗chatlaming oralig‗i bir-biriga
nisbatan 15 sm bo‗lishi kerak. 1 gektar erga o‗rtacha 120 ming ko‗chat to‗g‗ri kelishi
kerak. Ko‗chatlar ekish tugallangandan keyin 6-7 kunda bir marta sug‗orib turish lozim.
Har 2-3 sug‗orishdan keyin ko‗chatlar oralari yumshatiladi va o‗toq qilinadi.
Buyrak choy o‗simligini birinchi o‗g‗itlash iyul oyida gektar hisobiga 50 kg azot
va 20 kg fosfor o‗g‗iti berish bilan boshlanadi. Ikkinchi marta oziqlantirishni avgust-
sentabr oylarida 30 kg azot va 20 kg kaliy o‗g‗iti berish bilan tugallanadi. Oziqlantirish
sug‗orishdan oldin amalga oshiriladi. Keyingi yillar uchun oktabr oyining boshlarida
o‗simliklardan qalamchalar tayyorlanib issiqxonalarda ekiladi.
Issiqxonalarda ekilgan buyrak choy oqqanot va aleurodit hasharotlari bilan
zararlanadi. Bu hasharotlar o‗simlik barglarining orasiga taxum qo‗yib, uning shirasini
so‗radi va katta zarar yetkazadi. Kasallikning oldini olish maqsadida fosfororganik
preparatlardan antio va aktelikning 2% li suyuqligi bilan o‗simliklar ishlanadi.
Buyrak choy o‗simligining xomashyosi uning bargi va keyingi vaqtlarda butun er ustki
qismi ham ishlatiladigan bo‗lgan. Uning xomashyosini iyun oyining o‗rtalaridan har 15-
20 kunda sovuq kunlar boshlanguncha qo‗lda teriladi. Mavsum davomida yaxshi
parvarish qilingan maydonlardan 2 tonnaga yaqin ortosifonning dorivor quruq
xomashyosini yig‗ib olish mumkin.
Mavrak
-
Salvia officinalis
- yasnotkaguldoshlar
(Lamiaceae)
oilasiga mansub
ko‗p yillik o‗t o‗simlik. O‗rta Er dengizi bo‗yi butasi. Ildizi baquvvat yog‗ochlangan, 4-
tartibgacha tarmoqlangan, sertarmoq ildizining asosiy qismi tuproqning 10-15 sm lik
qatlamida joylashgan, ko‗pi bilan 68 sm chuqurlikkacha yetib boradi. Poyalari birinchi
yili 4 qirrali, quyi qismi yog‗ochlangan, kulrang tusda yuqori qismi tukli, yashil, bo‗yi
80 sm gacha yetadi.
Barglari
qarama-qarshi
joylashgan,
uzunchoq
bandli
mayda
ko‗ngirali, uzunligi 2-8 sm, kengligi 0,8-2,5 sm, burishgan tukli, kulrang yashil.
To‗pguli poyaning eng yuqorisidagi boshoqsimon qismi, u sodda yoki shoxlangan,
sodda halqalardan tarkib topgan.
Gullari ikki labli, ko‗k binafsha rang, yondosh bargchalarining qo‘ltiqlarida
joylashgan. Mevasi 4 dona yong‗oqchadan iborat, urug‗lari kurrasimon bo‗lib, kattaligi
2-3 mm. 1000 dona urug‗ vazni 7-9 g. O‗rta dengiz bo'yi mamlakatlarining tog‗li
erlarida tabiiy sharoitda o'sadi. Shimoliy Kavkaz, Qrim, Moldovada ekib o‗stiriladi.
Kimyoviy tarkibi.
Dostları ilə paylaş: