5. Ota-onalar uchun kechalar va to’garaklar uyushtirish.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida ota-onalar va boshqa oila azolari uchun o’tkaziladigan kechalar mavzuli xarakterga ega bo’lib, «Bola loy Ota-ona kulol», «Bola aziz, odobi undan aziz» kabi mavzularni tanlash mumkin.
6. Ochiq eshiklar kuni. Ochiq eshiklar kuni jamoaning o’z kalendar yillik rejasi bo’yicha xar bir yoshdagi guruhning ma’lum rejimi buyicha odatdagi mehnat kunidir. Bunday kunlarni yilida 1-2 marta o’tkazish mumkin.
3-asosiy savolning bayoni:
3-asosiy savolning bayoni:
O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy, milliy madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanib, zamonaviy shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktab, mahallalarning oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli vazifalardan sanaladi.
Farzand tarbiyasi ko‘p omillar, avvalo, oiladagi axloqiy-ma’naviy muhitga bog‘liq. Ta’lim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oila, mahalla, maktab va MTM hamkorligining asosiy omili oilada bir necha vazifalar turibdi:
Oila, mahalla, maktab va MTM hamkorligining asosiy omili oilada bir necha vazifalar turibdi:
sog‘lom muhitni yaratish,
sog‘lom turmush tarzini yuritish,
farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o‘rnak bo‘lishi,
farzandlarning oilaviy qadriyatlarga, ona yurtiga muhabbatni shakllantirish, bilimlar asoslarini berish,
ma’rifatli va ma’naviyatli shaxs sifatida voyaga yetishlarini ta’minlash,
bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni. -T., O‘zbekiston, 1997
2. Ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. –T., 2018
3. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pеdagogikasi. -T., O’qituvchi, 1993.