Fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə33/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Muammoli savollar
1. O‘zbekiston firmasi vakillari Germaniyada bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Avstriya tashkiloti bilan meva-sabzavotlar yetkazib berish bo‘yicha umumiy miqdori 250 ming AQSh dollari miqdorida jami 3 ta shartnomaga imzo chekishdi. Mazkur shartnomalar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, qolaversa tashuvchi tashkilot Afg‘oniston va Eron Islom Respublikalarida ro‘yxatdan o‘tganligini inobatga olib, eksparter hisoblangan taraf ya’ni O‘zbekiston kompaniyasi yuristlari shartnoma baxosining 15% oldindan to‘lov, qolgan qismiga nisbatan akkreditiv rasmiylashtirishni taklif qilishdi.
Importyor taraf esa ayni bir shartnomaga ikki xil xisob-kitob turini qo‘llash maqsadga muvofiq emasligini, shu sababli mazkur shartnomaga nisbatan inkassoni qo‘llashni taklif qildi.
Mazkur vaziyatda siz ushbu masalani yechimiga oid qanday taklif bergan bo‘lardingiz?
2. Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonning arbitraj sudiga O‘zbekistonga yetkazib berilgan shakar xaqini O‘zbekiston tashkiloti tomonidan to‘lanmaganligi natijasida kelib chiqqan zararni undirishni so‘rab murojaat qiladi. Sud jarayonida shartnoma yuzasidan xisob-kitoblar bank o‘tkazmalari yordamida amalga amalga oshirilishi lozimligi, O‘zbekiston tashkiloti, shartnomada kelishilgan shartlarga ko‘ra belgilangan chet el bankiga shakar uchun pul summasini to‘liq o‘tkazganligini, lekin noma’lum uchinchi shaxs tomonidan bank hisob raqamidagi summa o‘zlashtirib (o‘g‘irlab) ketilganligini sababli, Fransiya kompaniyasi hisob raqamiga borib tushmaganligini bildiradi.
Savol: Shartnomaga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligi qo‘llanilishi taraflar tomonidan kelishib olinganligini e’tiborga olib masalani hal qiling.
3. AQShning “COCA COLA BEVERAGES LTD” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro savdo ko‘rgazmasida O‘zbekistonning salqin ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «DENA» MChJ bilan qiymati 500 ming AQSh dollariga teng salqin ichimliklar ishlab chiqaradigan dastgohlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashdi. Tomonlar shartnomaga nisbatan tadbiq etiladigan huquq sifatida O‘zbekiston Respublikasi qonunini qo‘llashga kelishdilar. Shartnomaga ko‘ra oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovar jo‘natish uchun tashuvchiga topshirilishidan oldin shartnoma qiymatining 15% oldindan to‘lanishi lozim edi.
AQShlik xaridor ushbu summani o‘zining alqaro MASTER KARD kredit kartasidan to‘lash istagini, agar pul ko‘chirish yo‘li bilan xisob-kitob qilinadigan bo‘lsa jarayon cho‘zilishi va bu taraflar manfaatiga zidligini bildirdi.
Savol: Ushbu to‘lov usuliga nisbatan e’tiroz bildirish mumkinmi? Ayni bir shartnoma yuzasidan xisob-kitoblarni qismlarga bo‘lib, xisob-kitob usullaridan bir nechtasini qo‘llash orqali amalga oshirish mumkinmi? Javobingizni asoslantiring.
TEST

  1. Fuqarolik Kodeksiga muvofiq chekning rekvizitlariga qo‘yilgan talablar aks etgan bo‘lib, unga chek tuzilgan joy ko‘rsatilmagan bo‘lsa

A) chek beruvchi turgan joyda imzolangan hisoblanadi.


B) chek beruvchining banki turgan joyda imzolangan hisoblanadi.
S) chek egasining doimiy turar joyida imzolangan hisoblanadi.
D) imzolangan joyni ahamiyati yo‘q va u yuridik kuchga ega bo‘ladi.

2. Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan hisob-kitoblar qanday shaklda amalga oshiriladi?


A) naqd va naqd pulsiz


B) naqd shaklda
A) naqd pulsiz shaklda
D) bu bo‘yicha cheklov mavjud emas
3. Xalqaro amaliyotda Inkasso orqali xisob-kitoblarni tartibga soluvchi xujjat nomini ko‘rsating

A) URC-522


B) UCP- 600,
V) URDG-503,
G) UCP- 600, URC-522 ,URDG- 458, URDG-503, URDG-758

Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin