Hujjatlarni ishlatilishiga ko‘ra inkasso: Sof inkasso – yoki moliaviy hujjatlarga oid inkasso bo‘lib, xisob-kitoblarning ushbu turi kamdan-kam qo‘llanilai. Asosan cheklar, veksellar va to‘lov haqidagi tilxatlarni qabul qilishda foydalaniladi;
Hujjatli inkasso – tijoriy hujjatlar inkassosi. Hisob-kitobning bunday turi import qiluvchiga mahsulotini yuklashda qo‘shimcha kafolat beradi. Asosiy tijoriy hujjatlar sifatida moliyaviy xujjatlar yoki hisob fakturalariinobatga olinadi.
Hujjatli inkasso hardorning hohishiga ko‘ra xech qanday shubhalarsiz, siyosiy, iqtisodiy va yuridik tomonlama impoerter tomonidan qoidalarni buzilmagan holatida tovarni o‘tkazilishida ifodalanadi.
Inkassoni amalga oshirishning bir necha usullari mavjud: To‘lovga qarshi hujjatlarni berish, naqd pul to‘loviga qarshi haridorning hujjatlarni inkkaso qiluvchi bankka berishga ruxsat beradi.
Akseptlarga qarshi hujjatlar berish, veksel o‘tkazmalarining akseptiga qarshi haridorning hujjatlarni inkkaso qiluvchi bankka berishga ruxsat beradi. Eksport qiluvchi haridorning belgilangan muddat ichida majburiyatini amalga oshirishiga ishonch hosil qilganda, akseptlash uchun hujjatlarni taqdim yetishga rozi bo‘lishi mumkin. Vekselning muddati sotuvchi va haridor o‘rtasida belgilanadi. Vaqtning o‘tishi odatda Import qiluvchining akseptni qabul qilgan sanasidan boshlanadi. Import qiluvchi askeptga ega bo‘lmaguncha veksel uchun ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olmaydi. Jarayon bankning vekselga “aksept qilindi” degan muhr bosishi bilan o‘z yakuniga yetadi.
Inkasatsiya yo‘naltirilgan barcha hujjatlar o‘zida aniq va to‘liq yo‘riqnomani mujjasam qilgan inkasaatsiya topshiriqnomasini kuzatishi kerak. Shu kabi inkassatsiyali ko‘rsatmalarni banklar amalga oshirishiga ruxsat berilgan. Banklar kerakli qo‘llanmani topish uchun hujjatlarni tekshirishi shart emas.
Ёдда тутинг !
Инкассо топшириқномаси қуйидаги маълумотларни ўзида мужассам қилган бўлиши керак: банк ҳақида маълумот, инкассо топшириқномасини қаердан олинганлиги, унинг тўлиқ номланиши, манзил, телефон ва факс рақами, бошқарув ҳақида гувоҳнома, тўловчи ҳақида гувоҳнома, тақдим этувчи банк ҳақида гувоҳнома, агар мавжуд бўлса инкассога тегишли сумма ва валюта ҳақида маълумотнома, тўловнинг олиш шартлари ва муддатлари, ҳужжатларни тақдим этиш шартлари ва бошқа шартлар.