Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Glossariy: Bank o‘tkazmalari



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə37/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Glossariy:
Bank o‘tkazmalari – bu hisob-kitobli bank operatsiyasi bo‘lib, telegraf, pochta orqali yoki o‘zgacha usulda bir bankdan boshqa bankka to‘lov topshiriqnomasini o‘tkazishdir. Bunday topshiriqnomalar – bank buyruqlari, bank-korrespondentlariga yo‘naltirilgan va benefisiarlarga aniq pul summasi to‘lovi haqidagi taqdim etilgan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlaridir.
SWIFT tizimi – butunjahon banklararo telekomunikatsiya uyushmasi. Bu bankkka 200 dan ortiq tijoriy banklar a’zo bo‘lgan, shulardan 30 dan ortig‘i Rossiyadan. Har bitta to‘lov topshiriqnomasi qayd etilgan order bilan tuziladi. Uning kopiyasi o‘z hisobidan manfaatdor tomonga ko‘chirma asosida yuboriladi.
Inkasso – bu bank tomonidan to‘lovlarni, akseptlarni qabul qilish va to‘lovlarga yoki akseptlarga qarshi shuningdek, boshqa shartlarga ko‘ra hujjatlarni yetkazishga asoslangan, hujjatlar bilan qabul qilingan yo‘riqnomalarga ko‘ra amalga oshiriladigan xisob-kitob turi.
Akkreditiv” - bank operatsiyasi bo‘lib, unga binoan bank mijozning ko‘rsatmasiga muvofiq, agar mablag‘ni oluvchi akkreditivda nazarda tutilgan hujjat va boshqa shartlarni bajarganligi taqdim etilgan bo‘lsa, uchinchi shaxsga to‘lovni bajarish majburiyatini oladi.
O‘quv mashg‘uloti natijalari - talabalarda xalqaro ko‘lamda yo‘lovchi va yuk tashishning asosiy masalalari yuzasidan chuqur bilim olishni ta’minlaydi, talabaning xalqaro ko‘lamda tashishlar tushunchasi, xalqaro ko‘lamda temiryo‘l tarnsportida tashish, xalqaro ko‘lamda avtomobil transportida tashish, xalqaro ko‘lamda havo transprotida tashish, xalqaro qo‘lamda dengiz transportira tashish munosabatlarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalariga oid mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashish, o‘rganish, to‘g‘ri sharhlash va qo‘llay olish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iborat.

6-MAVZU. DELIKTNING KOLLIZION MASALALARI.
Xalqaro xususiy huquq ma’lum bir huquq sohasida, turli huquq normalaridan tashkil topgan majmua sifatida huquqshunoslik sohasida, shuningdek huquq fani sohasida qo‘llanishidan qat’i nazar, o‘ziga xos alohida ahamiyatga ega. Uning normalari vositasida faqat bitta davlat ichidagi munosabatlar emas, balki uning doirasidan tashqariga chiqadigan, ya’ni turli davlatlar o‘rtasidagi ichki huquq qoidalariga bevosita taalluqli bo‘lgan va ularda nazarda tutilgan munosabatlar tartibga solinadi4. Bu kabi munosabatlar orasida shartnomadan tashqari majburiyatlar, ya’ni zarar yetkazish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar masalasi muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining VI bo‘limi bevosita xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlariga nisbatan tatbiq qilish masalalariga bag‘ishlangan (FKning 1158–1199-moddalari).
Shartnomadan tashqari majburiyatlar bilan bog‘liq munosabatlar Fuqarolik kodeksining 1193–1196-moddalarida belgilangan tartibda bir taraflama harakatlardan iborat majburiyatlardir. Bunda zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar, iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik, asossiz boylik orttirish natijasida vujudga keladigan majburiyatlar bo‘yicha bog‘liq munosabatlarni tartibga solish qoidalari belgilangan bo‘lib, ular mohiyatiga ko‘ra hozirgi zamon xalqaro xususiy huquqining tamoyillarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha shartnomadan tashqari majburiyatlar asosan xalqaro huquqiy xarakterdagi fuqarolik munosabatlaridan iborat bo‘ladi.
Zarar yetkazish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar haqida so‘z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, bunday hollarda asosiy kollizion mezon bo‘lib, unda zarar yetkazilgan joy qonuni tamoyili amal qiladi. Masalan, Germaniya, Italiya, Gretsiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa bir qator davlatlarda ushbu tamoyil amal qiladi.
Biroq turli mamlakatlarda delikt (huquqbuzarlik) sodir etilgan joy turlicha tushuniladi. Zarar undirilishini talab qilishga asos bo‘lib noqonuniy harakat yoki harakatsizlik sodir etilgan joy yoki shu harakat oqibati kelib chiqqan joy yoki ikkala holatning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi bo‘lishi mumkin.
Masalan, Shveysariya davlatining “Xalqaro xususiy huquq to‘g‘risida”gi qonunida belgilanishicha, agar zarar yetkazgan shaxs va jabrlanuvchi bir davlatning fuqarolari bo‘lgan taqdirda, ya’ni ikkala tomon ham bir davlatda istiqomat qilishsa, zararni undirish bo‘yicha kelib chiqqan nizo shu davlatning qonunchiligiga asosan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Zarar yetkazish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar huquqiy tabiatiga ko‘ra qoida tariqasida asosan fuqarolik huquqining, jumladan, xalqaro xususiy huquqning asosiy institutlaridan biri hisoblanadi. Demak, bu turdagi majburiyatlar fuqarolik-huquqiy majburiyat sifatida tan olinadi va jabrlanuvchi o‘ziga yetkazilgan zarar uchun tegishli tartibda ma’lum shakldagi mulk yoki boshqa bir ashyoni, shuningdek zarar yetkazish oqibatida kelib chiqqan ma’naviy zararni qoplashni aybdordan talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, ma’naviy zarar jabrlanuvchining mulkiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar qoplanishidan qat’i nazar, talab qilinishi mumkin.
Shu sababli jabrlanuvchi moddiy va ma’naviy zararning har birini o‘z xohishiga ko‘ra ham alohida, ham bir paytning o‘zida ikkalasi birgalikda qoplanishini talab qilish huquqiga ega bo‘lishi ta’minlanadi. Bu holat O‘zbekiston Respublikasi FKning 1022-moddasida belgilab qo‘yilgan. Ma’naviy zarar yetkazilganligi uchun javobgarlik shartnomadan tashqari delikt (huquqbuzarlik) xatti-harakati yoki harakatsizligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatdir. Bu turdagi majburiyatlarni xalqaro xususiy huquq normalari va bevosita fuqarolik huquqi normalari orqali tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ikkala huquq sohasi va sud amaliyoti oldida turgan asosiy muammo bu ma’naviy zararni qoplash miqdorini belgilashning yagona mezonlarini ishlab chiqish va sud amaliyotida uni odilona qo‘llash hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan masalaning murakkabligi inobatga olingani FKning
1022-moddasi mazmunidan ham yaqqol ko‘rinadi, ya’ni yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash miqdori shaxsga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy uqubatning xarakteriga, delikventning (huquqbuzarning) aybi darajasiga e’tibor berilgan holda sud tomonidan belgilanishi nazarda tutilib, shu bilan birgalikda yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash miqdorini aniqlashda sudlardan ikkita asosiy tamoyilning bajarilishiga, ya’ni oqilonalik va adolatlilikka rioya qilish talab qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qonun hujjatlarining aksariyatida yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashga qaratilgan imperativ xarakterdagi huquqiy normalar kiritilgan. Masalan, Mehnat kodeksining 187-moddasi, 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasi5, 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”6gi qonunning 12, 22, 29-moddalari, 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 38-moddasi7, 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunning 15-modda 15-bandi va hokazo8.
Agar zarar yetkazgan va zarar ko‘rgan shaxslar har xil mamlakatlarda yashasa, bu holda nizolar harakat sodir bo‘lgan joy huquqi bilan tartibga solinadi.
Masalan, Vengriyaning qonuni quyidagi qoidalarni belgilaydi. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikka nisbatan zarar yetkazgan shaxsning harakati yoki harakatsizligi sodir etilgan joyda amal qilinadigan qonun qo‘llaniladi, agar zarar ko‘rgan shaxs uchun bu afzalroq bo‘lsa, zarar yuzaga kelgan hududdagi mamlakatning qonuniga amal qilish kerak, agar zarar yetkazgan va zarar ko‘rgan shaxslar bitta davlatga mansub bo‘lsa, bu holda ushbu davlatning qonuni qo‘llaniladi, aybli harakatga qodirlik zarar yetkazganning shaxsiy qonuniga yoki delikt (huquqbuzarlik) sodir etilgan joyning qonuniga ko‘ra belgilanishi mumkin. Masalan, Xitoy Xalq Respublikasida noqonuniy harakat sodir etish joyining qonuni amal qiladi.
Shunday qilib, kollizion masalani hal qilishda delikt majburiyatlariga nisbatan ko‘pincha zarar yetkazilgan joyning qonuni qo‘llanilib, shu bilan birga u basharti zarar ko‘rgan shaxsning mamlakati huquqi unga zararni qoplashga doir yaxshiroq imkoniyatlar tug‘dirsa, tuzatishlar bilan qabul qilinadi. Zarar yetkazuvchi harakat bir mamlakatda sodir etilib, natijasi esa boshqa mamlakatda yuzaga kelsa, birmuncha murakkabroq vaziyat tug‘iladi. Ko‘p tomonli bitimlar (1960-yilda qabul qilingan “Atom energetikasi sohasida uchinchi shaxslarga nisbatan bo‘lgan javobgarlik to‘g‘risida”gi Parij konvensiyasi, 1926-yilda qabul qilingan “Atom kemalari egalarining javobgarligi to‘g‘risida”gi Brussel bitimi hamda 1963-yilda qabul qilingan “Yadroviy zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik to‘g‘risida”gi Vena bitimi) tegishli harakat (oqibat) yuz bergan mamlakatlarning sudlari vakolatliligi tamoyilidan kelib chiqadi. Bunda sud ishini ko‘rayotgan joylashgan mamlakatning huquqi qo‘llanilishi lozim. Lekin ko‘p mamlakatlar ushbu bitimlarga qo‘shilmagani sababli bu kabi masalalarga doir alohida ikki tomonlama shartnomalar amal qiladi.
1929-yilda qabul qilingan Varshava konvensiyasi hamda 1955-yilda qabul qilingan Gaaga protokoliga binoan tashuvchining yo‘lovchiga, yukiga, qo‘ldagi yukiga hamda boshqa yukka yetkazilgan zarar uchun javobgarligi miqdori alohida belgilanadigan summa bilan cheklanadi (masalan, yo‘lovchiga yetkazilgan zarar uchun 250 ming frank kompensatsiya belgilangan)9.
MDH mamlakatlari bitimida zarar yetkazish oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘yicha tomonlarning huquq va vazifalarini belgilash tartibi haqidagi kollizion normalar mavjud. Ularda zararni qoplash to‘g‘risidagi talabga asos bo‘lgan harakat (harakatsizlik) sodir etilgan mamlakat qonun hujjatlarida belgilanadi. MDH mamlakatlarining model Fuqarolik kodeksi belgilaydiki, zarar yetkazilganda iste’molchiga nisbatan quyidagi huquqlar qo‘llanilishi mumkin: iste’molchi istiqomat qiladigan mamlakatning huquqi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatgan shaxs yashaydigan mamlakatning huquqi, iste’molchi tovar sotib olgan yoki unga xizmat ko‘rsatilgan mamlakatning huquqi.


Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin