Xalqaro xususiy huquqda mualliflik huquqi mazmuni qanday?
Ma’lumki, mualliflik huquqi mualliflarning va ularning huquqiy vorislarining fuqaroligidan qat’iy nazar, O‘zbekiston hududida e’lon qilingan yoki biron-bir ob’ektiv ko‘rinishdagi asarlarga nisbatan tatbiq qilinadi.
Mualliflik huquqi:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida e’lon qilingan yoki biron-bir moddiy ko‘rinishda bo‘lgan asarlarga tatbiq qilinadi, shuningdek, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mualliflarga yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarga tegishli deb tan olinadi;
ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida e’lon qilingan yoki biron-bir moddiy ko‘rinishda bo‘lgan asarlarga tadbiq qilinadi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomala riga muvofiq boshqa davlatlarning fuqarosi bo‘lgan mualliflarga, shuningdek, ularning huquqiy vorislariga tegishli deb tan olinadi.
Savol: O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqi qanday himoya qilinadi? O‘zbekiston mualliflik huquqiga oid bo‘lgan biron-bir ko‘p tomonlama shartnomalarga qo‘shilganidan so‘ng, respublikada shartnomaning "milliy tartib" prinsipi amalda bo‘ladi. Ya’ni, xorijiy mualliflarning huquqlari himoya qilinayotganda respublikamiz qonunchiligi normalari qo‘llanadi. Agarda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida respublikamizning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi. Qonunchilikning bu qoidasi xorijiy muallliflarning respublikamizda mualliflik huquqining himoyasini tartibga soladi va o‘rtada kelib chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday kelishmovchilikni bartaraf etadi.
"Milliy tartib" qanday prinsip?
"Milliy tartib" prinsipining mazmuni shundan iboratki, bunda har qanday davlat hududiga chet el mualliflari asarlari mualliflar yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning maxsus ruxsat berishlari (litsenziya) orqali olib kiriladi.