Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Xalqaro xususiy huquqda mualliflik huquqini himoya qiluvchi konvensiyalarga alohida e’tibor qaratish lozim



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə52/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Xalqaro xususiy huquqda mualliflik huquqini himoya qiluvchi konvensiyalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Badiiy va adabiy asarlarni himoya qilish haqidagi Bern konvensiyasi (1886 yil), 1883 yil 20 martda tuzilgan sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij Konvensiyasi, Mualliflik huquqi haqidagi Butun Jahon Jeneva Konvensiyasi (1952 yil), Ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilari va radiotelevi denie tashkilotlari manfaatlarini himoya qilish haqidagi Rim Konvensiyasi (1961 yil), Olimpiya ramzlarini muhofaza qilish bo‘yicha Nayrobi shartnomasi (1981 yil). 1993 yil 24 sentyabr kuni Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari rahbarlari tomonidan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish hamkorligi to‘g‘risida"gi Bitim.
Parij Konvensiyasining 2-moddasi (7-qism)ga asosan quyidagilar intellektual mulk huquqi ob’ekti hisoblanadi.
1) adabiy, badiiy asarlar va ilmiy ishlar;
2) artistlarning ijrochilik faoliyati, fonogrammalar va radioeshittirishlar;
3) inson faoliyatining barcha sohalaridagi ixtirolar;
4) sanoat namunalari;
5) ilmiy kashfiyotlar;
6) mahsulot belgilari, xizmat belgilari va tijorat nomlari va belgilari (ramzlari);
7) g‘irrom raqobatning oldini olish;
8) sanoat, adabiy va badiiy faoliyat sohalarida intellektual faoliyatdan kelib chiquvchi boshqa huquqlardir.


Muammoli savollar


1.O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan A. ismli shaxs Ispaniyada istiqomat qilib turgan paytida o‘zi tomonidan yozilgan romanni birinchi marotaba Ispaniyada chop ettiradi. Ispaniyada mualliflik huquqi muallif vafotidan so‘ng 70 yil davomida amal qiladi. O‘zbekistonda esa, 50 yil davomida amal qiladi.
Muhokama qiling.
A.ga nisbatan mualliflik huquqining amal qilish muddati qaysi davlat qonunchiligiga ko‘ra tartibga solinadi?


2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan M. 2005 yilda o‘zining she’rlar to‘plamini nashrdan chiqaradi. 2006 yilda Turkmaniston fuqarosi hisoblangan A. M.ning she’rlar kitob to‘plamini turkman tiliga tarjima qilib o‘zining nomidan e’lon qildi.

Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin