Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Fan bo‘yicha amaliy mashg‘ulot mavzulari



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə138/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Fan bo‘yicha amaliy mashg‘ulot mavzulari


1-mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari
1-amaliy mashg‘ulot
Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgalteriya hisobi va tahlilning ahamiyati katta bo‘lib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. CHunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot sub’ektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarili shida muhim o‘rinni egallaydi.
Iqtisodiyotimizdagi hisob turlari asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
– iqtisodiyot tarmoqlari korxona va tashkilotlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;
– kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
– korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
–maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish.
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani buxgalteriya hisobining asosiy nazariy qismi bo‘lib, unda buxgalteriya hisobining jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati, vazifasi, predmeti, ob’ekti, tamoyillari, usullari va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilsa, «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» fanlarida buxgalteriya hisobining tamoyillari, usullari amaliyotda qanday qo‘llanishi o‘rganiladi.
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani nafaqat buxgalteriya hisobi tizimi uchun balki, barcha iqtisodiy fanlar uchun ham nazariy manba hisoblanadi. Ayniqsa iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida barcha ma’muriy- boshqaruv xodimlari va ishchi-xizmatchilari iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Bunday iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar mazmuni «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanida ko‘rib o‘tiladigan usul va tamoyillar orqali ifodalanadi.
Boshqa fanlar kabi «Buxgalteriya hisobi» fani ham o‘z tarixi, vazifalari, predmeti, ob’ekti, usul va uslubiyati hamda tamoyillariga ega. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining hisob tizimidagi muammolardan biri an’anaviy «Buxgalteriya hisobi» fanini amaldagi taraqqiyotga mos holda qayta ko‘rib chiqish va zamon talablariga mos holda takomillashtirishdir. Bizga ma’lumki, hozirda buxgalteriya hisobi fan sifatida bir-biriga bog‘liq «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» kabi qismlarga bo‘linadi.
«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani buxgalteriya hisobining asosiy nazariy qismi bo‘lib, unda buxgalteriya hisobining jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati, vazifasi, predmeti, ob’ekti, tamoyillari, usullari va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilsa, «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» fanlarida buxgalteriya hisobining tamoyillari, usullari amaliyotda qanday qo‘llanishi o‘rganiladi.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin